

Myunxen klubi yozda yangi o'yinchilar uchun 255 million evro sarlamoqchi, deb xabar bermoqda SportBild nashri.
Nomzodlar orasida Atletiko vakili Lyuka Ernandes, Chelsi a'zosi Kallum Xadson-Odoi, Bayer yarim himoyachisi Kay Xavertc va Leyptsig hujumchisi Timo Verner borligi aytilmoqda.
Bild nashri xabariga ko'ra, Bavariya yozda Jerom Boateng yoki Mats Xummelsni qo'yib yuborishga tayyor.
Agar Atletikodan Ernandesni sotib olishning imkoni bo'lmasa, myunxenliklar Espanolda Mario Ermosoni xarid qilishga urinishadi.




