So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

23 ming muxlis qarshisidagi o'yinda Dinamo Xo'jand bilan durang o'ynadi Yangiliklar

23 ming muxlis qarshisidagi o'yinda Dinamo Xo'jand bilan durang o'ynadi

Teglar :  DinamoXo'jand
Xabar berganimizdek, O'zbekiston va Tojikiston davlatlari o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keng qamrovli ishlar doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasi Xo'jand shahrida mahalliy jamoa mehmoni bo'ldi.

Qayd etish joiz, Xo'jand - Samarqand biznes forumi doirasida kechgan ushbu bahs oldidan tojikistonliklar Samarqand delegaciyasi va “Dinamo” klubini katta tantanalar bilan kutib olishdi. Xo'jand shahri O'zbekiston va Tojikiston bayroqlari bilan burkandi. SHaharda qo'shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlovchi yirik tadbirga katta tayyorgarlik ko'rilgani sezilib turardi.


“Xo'jand” - “Dinamo” uchrashuvi o'tadigan markaziy o'yingoh xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi oldidan qariyb 1 soat oldin 23 ming muxlis bilan liq to'lib bo'ldi.
O'yin oldidan so'zga chiqqan Tojikistonning So'g'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda har ikki davlat prezidentlarining o'zbek-tojik qo'shnichilik aloqalarini yanada yaxshilash va har sohada hamkorlik qilish borasidagi tashabbuslarini ikki mamlakat ham katta quvonch bilan qarshi olganligini takidladi.


O'zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangragach, o'rtoqlik o'yiniga rasmiy manoda to'pni So'g'd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda kiritib berdi. Do'stona ruhda kechgan uchrashuvning 30-daqiqasida “Dinamo” yarimhimoyachisi Dilmurod Karimov ajoyib goli bilan hisobni ochgan bo'lsa, 53-daqiqada Jahongir Ergashev “Xo'jand” jamoasi goliga mualliflik qildi. O'yin davomida 23 ming muxlis bilan to'lgan stadion “O'zbekiston”, “Tojikiston” deya hayqiriq va olqishlar bilan jamoalarni qo'llab-quvvatlab turdi. Bahsda do'stona hisob – 1:1 natijasi qayd etildi. Qayd etish joiz, Samarqandda o'tgan aprel oyidagi dastlabki bahsda 2:2 hisobi kuzatilgandi.


Samarqand delegatciyasi biznes-forum, Samarqand va So'g'd viloyati sanatkorlari ijrosidagi koncert dasturi va Tojikiston Mustaqilligining 27 yilligi bayram tadbirlaridan so'ng Samarqand shahriga qaytib keladi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.
7 sentyabr (juma)
«Xo'jand» (Tojikiston) - «Dinamo» (O'zbekiston) - 1:1.
Xo'jand, 23 000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Xurshed Dadoboev (Xo'jand).
Gollar: Dilmurod Karimov, 30′ (0:1) - Jahongir Ergashev, 53′ (1:1).
«Xo'jand»: Aleksey Matrosov, Manuchehr Ahmedov, Xurshed Beknazarov, Vusal Magerramov, Dmitro Bondar, Baxtiyor CHoriev, Obidjon Hakimov, Mehroj SHarifzoda, Hasan Rustamov, Farhod Toxirov, Jahongir Ergashev.
«Dinamo»: SHohruhjon Raimov, Mirkomil Lokaev, Komil SHarofuddinov, Firdavs Abdusalimov, Otabek Narzullaev, Dilmurod Karimov, Damir Temurov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, SHerzod Jalilov, Sanjar Barotov.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика