22 yoshli Mbappe mavsumda 40 ta gol urib, o'z shaxsiy rekordini o'rnatdi
17 may 2021 09:57
Yangiliklar
22 yoshli Mbappe mavsumda 40 ta gol urib, o'z shaxsiy rekordini o'rnatdi
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe "Reyms"ga qarshi o'yinda gol urdi.
Bu franciyalik futbolchi uchun mavsumdagi 40-gol bo'ldi. U o'z to'plarining 26 tasini Franciya chempionatida, 8 tasini CHempionlar ligasida va 6 tasini Franciya kubogi o'yinlarida raqiblar darvozasiga kiritgan.
22 yoshli Mbappe faoliyatida ilk marotaba bitta mavsumda 40 tadan ko'p gol urdi.
Fikrlar