22 yil oldin Martin Palermo Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U bitta uchrashuvda 3 ta penaltini urolmadi!
04 iyu 2021 22:40
Yangiliklar
22 yil oldin Martin Palermo Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U bitta uchrashuvda 3 ta penaltini urolmadi!
Uchrashuvning o'ziga xos xususiyati nimada bo'lishi mumkin deb o'ylarsiz. Gap shundaki, 1998 yilda Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi va Argentinaning eng mashhur o'yinchilaridan biri Martin Palermo uchta (!) penaltini urolmadi. Ushbu noaniq ijrolar natijasida argentinaliklar Kolumbiyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hakam hushtagi yangragach, darhol Palermoning ota-onasi istiqomat qiladigan La-Plata shahridagi uyi toshbo'ron qilindi va telefon orqali oilasiga tahdid qilish alanga oldi.
Kolumbiyaliklardan uchralgan mag'lubiyat argentinaliklar uchun ayanchli oqibatlarga olib keldi. Ular guruhda ikkinchi o'rinni egalladi hamda chorak finalda Braziliya taslim bo'ldi (1:2).
Ammo Martin Palermo bir o'yinda uchta penaltini aniq amalga oshira olmagan ilk futbolchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Fikrlar