So’nggi yangiliklar

23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  0 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  6 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  0 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  26 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  5 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  1 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  3 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  5 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   20 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0

208 muxlis, 23 gol - turning qiziq raqamlari bilan tanishing Yangiliklar

208 muxlis, 23 gol - turning qiziq raqamlari bilan tanishing

O'zbekiston chempionatining 22-turi yakunlandi.

AGMK 3:2 "Mashal", 208 tomoshabin

"Nasaf" 1:0 "Metallurg", 1 795 kishi

"Paxtakor" 4:2 "Qizilqum", 588 muxlis

"Turon" 1:1 "Surxon", 5 127 tomoshabin

"So'g'diyona" 1:1 "Qo'qon-1912", 2 210 kishi

"Navbahor" 2:1 "Bunyodkor", 5 127 tomoshabin

"Lokomotiv" 2:2 "Andijon", 470 kishi

Mazkur turni 15 525 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 2 376 kishiga kamroq). Bu  har o'yinda o'rtacha 2 218 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz Yaypan va Namangandagi o'yinlarda ishtirok etdi (5 127 nafardan). Eng yomon natija esa AGMK — "Mashal" o'yinida qayd etildi (208).

Malumot uchun, Toshkentda o'tkazilgan 2 o'yinni tomosha qilish uchun "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'yingohiga 1 058 nafar muxlis tashrif buyurdi.

7 o'yinda jami 23 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 7 taga ko'p). Bu har o'yinda o'rtacha 3,3 tadan gol degani. To'plarning 14 tasi mezbon, 9 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Qizilqum" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinda urildi (6). Faqat 1 jamoa raqib darvozasini ishg'ol qilolmadi ("Metallurg").  

Faqat 1 futbolchi xet-trikka erishdi. "Paxtakor" vakili Dragan CHeran Nesterov darvozasini 3 bor ishg'ol qildi.

22-turda referilar 39 marta (o'tgan turga nisbatan 13 ta ko'p) cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 5,6 tadan).

Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi — Xudoyshukur Sattorov ("Metallurg").

5 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. 

22-turda faqat bir futbolchining nomiga avtogol yozildi  — Ignatiy Nesterov ("Qizilqum").

Malumot uchun, keyingi tur bahslari 21 oktyabr kuni start oladi.

23-tur

21.10.2021. "Metallurg" — AGMK

22.10.2021. "Bunyodkor" — "Turon"

22.10.2021. "Surxon" — "Qizilqum"

23.10.2021. "Qo'qon-1912" — "Lokomotiv"

23.10.2021. "Mashal" — "Navbahor"

24.10.2021. "So'g'diyona" — "Paxtakor"

25.10.2021. "Andijon" — "Nasaf"

"Navbahor"ning g'alabasi va Toshkentdagi durang haqida

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика