2022 yilning oxirgi va 2023 yilning ilk rasmiy goli kimlar tomonidan urildi?
02 jan 2023 08:20
Yangiliklar
2022 yilning oxirgi va 2023 yilning ilk rasmiy goli kimlar tomonidan urildi?
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) ajoyib malumotni ulashdi.
Unga ko'ra, 2022 yilning oxirgi rasmiy goli Saudiya Arabistoni chempionatida urildi. 11-tur doirasida o'tgan “Al Hilol” bilan bahsda “Damk” himoyachisi Hasan Al SHamroni 90+1-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.
2023 yilning ilk rasmiy goli esa Avstraliya birinchiligida urildi. 10-tur doirasidagi “Nyukasl Jets”ga qarshi bahsda (2:0) “Sidney”ning angliyalik 36 yoshli legioneri Adam Le Fondr hisobni ochishga erishdi. Bu yangi yildagi ilk gol sifatida tarixdan joy oldi.
*Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) asosida hisoblangan.
Fikrlar