So’nggi yangiliklar

08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  0 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  3 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3

2021 yilgi Superligada nechta jamoa ishtirok etadi? Diyor Imomxo'jaev yakuniy javobni aytdi Yangiliklar

2021 yilgi Superligada nechta jamoa ishtirok etadi? Diyor Imomxo'jaev yakuniy javobni aytdi

Futbol muxlislari o'rtasida shu savol ko'tarilishiga sababchi bo'lgan insonlar oramizda bor ekan, rivojlanish bo'lmaydi.

Quyidagi fikrlarni yaxshilab o'qib chiqishingizni va shu savol qiynayotgan insonlarga tarqatishingizni so'rayman.

28 noyabr kuni O'FA Ijroqo'mi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda O'zPFL vakilining Superligada 14 ta, Proligada 10 ta klub ishtirok etishi borsidagi taklifi tasdiqlandi. Aral klubining istisno tariqasida Proligada ishtirok etishiga hamma bir ovozdan rozi bo'ldi. Yig'ilishda O'FA prezidenti va Ijroqo'm azolari ishtirok etdi. Keyinchalik O'FA prezidentining topshirig'i bilan Murat Kamalov hamda Dilmurod Nabiev bilan shaxsan suhbatlashdik. Bu insonlarning barchasi Prezident tashabbusi to'la qo'llab-quvvatlanishi va albatta FIFA talablari hurmat qilinishini malum qilishdi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan materialda Superliga so'zi allaqachon Proliga qilib o'zgartirilgan. Biz hech bo'lmasa Superliga va Proliga o'rtasidagi sport principlarini hurmat qilishimiz kerak.

Bugungi voqealar fonida Neftchi muxlislarida ko'plab savollar paydo bo'lgani rost. Biz Neftchi klubini hurmat qilamiz, uning shonli tarixi haqida yaxshi tasavvurga egamiz. Va umid qilamizki, uning bugungi muxlislari ham Superligaga mard bo'lib, sport principi bilan chiqishni afzal bilishadi. O'z uyida ketma-ket uch o'yinni boy bergan klubning Superligada paydo bo'lib qolishi O'zPFL olib borgan shuncha mehnatni bir pul qilibgina qolmay, hammaning kulgusiga ham sabab bo'ladi.

Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidur. 2017 yil Neftchi Oliy ligada 15-o'rinni egalladi, ammo Superligada olib qolindi (qaytaga Mashal Superligadan tushirib yuborildi). Bugunimiz aniq ko'rsatib turibdiki, bundan Neftchi hech qanday xulosa chiqarmagan, o'z mehnatlari bilan elitaga qaytgan Mashal esa bugun undan yaxshiroq holatda. Biz mana shu saboqni unutmasligimiz kerak.

Ha, aytgancha, Superliga ishtirokchilari sonining 16 taga etkazilishi borasidagi intriga menga ikki yil avvalgi holatni eslatyapti. O'shanda ikki klub suniy ravishda Superligaga qo'shildi. Ammo bu na Dinamoga foyda keltirdi va na Surxonga. Biz bu kabi ishlarga to'la qarshimiz. Masalaning qiziq tarafi shundaki, o'shanda ham mish-mishlar Surxon ortida turgan murabbiy sabab bolalagandi. Bugun o'sha mutaxassis Farg'onada paydo bo'lib, ishni yana intrigadan boshlamoqchi ko'rinadi. Biz Xayrulla Bozorov bilan suhbatda Neftchini rivojlantirish masalasini muhokama qildik. Men bu insonga ishonaman va umid qilamanki, hammasi tabiiy jarayon bilan ro'y beradi. Neftchining uzoq tanaffusdan keyin Istiqlolga qaytganiyoq shuning debochasi edi. Diskvalifikaciyadan qaytayotganlar esa aql-xushlarini yig'ib, halol mehnat bilan Neftchini Superligaga olib chiqishadi deb umid bildiraman. Buyog'iga ularga omad tilaymiz.

2021 yilgi mavsum Superligada 14 ta klub ishtirok etadi!", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 



Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика