So’nggi yangiliklar

18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 18:14Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  4 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  7

2020 yilgi O'zbekiston CHempionati va Kubogi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi Yangiliklar

2020 yilgi O'zbekiston CHempionati va Kubogi uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2020 yilgi O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditaciyadan o'tkazish jarayoni boshlanganini malum qiladi.

2020 yilgi Superliga, Pro-Liga va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z hodimlari ro'yxati kiritilgan arizani 3 fevral kunidan 21 fevralgacha O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasi (uzpflmedia@gmail.com) ga jo'natishlari talab etiladi.

Akkreditaciyaga ariza berish namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining "Hujjatlar" bo'limidagi "Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi" faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.

Malumot o'rnida, 2013 yilda O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan "Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi" ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditaciya berish jarayonida etibor qaratiladigan jihatlar batafsil ko'rsatib o'tilgan.

Qayd etish joiz, akkreditaciya sportga ixtisoslashgan internet-nashrlari hodimlariga nashrning O'zbekiston qonunchiligiga asosan rasman ro'yxatdan o'tganligi va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lishiga qarab berilishi ko'zda tutilgan.

Takidlab o'tamiz, 2020 yilgi mavsum uchun barcha turdagi akkreditaciya kartalari faqat O'zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика