So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  16 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

2020 yil qahramonlari noananaviy tarzda yoxud tandem Yangiliklar

2020 yil qahramonlari noananaviy tarzda yoxud tandem

Teglar :  O'FATFANFA
Bitta kalla yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi naqli bejizga aytilmagan. 2020 yil hech kimga oson bo'lgani yo'q.

Lekin shunda ham, qiyin vaziyatda bolalar futbolini rivoji yo'lida to'xtab qolmagan, mavjud imkoniyat va vaziyatdan kelib chiqib kelajak avlod vakillarini xursand qila olgan insonlar juftliklariga to'xtalib o'tishni lozim topdim. Aslida bunday insonlar juda ko'p, men faqat 2020 yil pandemiya yumshaganidan keyin o'zaro hamkorlikda ko'z oldimda, qahramonlik ko'rsatgan insonlar juftliklari borasida to'xtalib o'tishni lozim topdim. Yana bir bor aytaman, aslida bunday men bilmagan insonlar ko'p. O'z hududlarida ishlaganlar ko'p. Men shunchaki, birga ishlagan insonlarni etirof etib ketishni istadim. Demak, ularni hech biriga reyting raqamini qo'ymasdan, ketma-ketlikda beraman. Ular birinchi bo'lishni emas, bolalar futboliga hissa qo'shishni o'ylab xizmat qilayotgan mutaxassislar.


Odil Ahmedov / Sodiq Ahmadaliev

Terma jamoamiz sardorining bolalar futboliga qo'shayotgan hissasi haqida reklama shart emas. Uni 3 yildan beri qilayotgan mehnati va internatdan beri yonida bo'lib kelayotgan do'sti, Sodiq Ahmadalievni To'raqo'rg'onda amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiq. Bu ikki inson Respublika miqyosida bo'lib o'tayotgan juda ko'plab musobaqalarga homiylik qilish bilan birga, o'yinlar davomida futbolchilarni qo'llab-quvvatlashdan charchamayaptilar. Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida qurilgan birinchi shaxsiy akademiyani bunyod etilishida mana shu ikki insonning hissasi juda katta bo'ldi. Buni mevalarini 5-6 yil ichida ko'rishimiz aniq.



Zayniddin Tojiev / Jahongir Usmonov

O'tmishning afsonasi, endi mana shu natijalarini bolalar futbolida boshlashga harakat qilgani shahsan meni quvontirgan edi. 2017 yil birga-bir o'tirib suhbatlashib olganimizda, 5 nafar farzandning otasidan yaxshi bolalar murabbiyi chiqishiga shubham qolmagandi. Uning tandemi sifatida Jahongir Usmonovni ko'tarish mumkin. Adolatsizliklar tufayli murabbiylikni tark etgan mutaxassis, 2017 yil yana katta sahnaga kirdi va 2020 yilda Tojiev va Usmonov o'zlari ishtirok etgan 9ta musobaqaning 8tasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Ayniqsa 36ta jamoa qatnashgan, yakunda "Milan" va "Krasnodar"ning finali bilan tugagan musobaqada yarim finaliga etib borishi katta natija bo'ldi. Bu mutaxassislar oldida endi katta masuliyat turibdi, bu - O'zbekiston U-14 jamoasi bilan Xitoyda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari!



Nosir Otaqo'ziev / Rasul Yo'ldoshev

Farg'ona viloyatining sobiq hokimi SHuhrat G'aniev haqida turli fikrlar mavjud. Lekin men bu kishiga bolalar futboli yo'lida tan berdim. 4ta suniy maydon, 60 kishilik yotoq, mini futbol bo'yicha jahon standartlariga mos zamonaviy zal, basseyn va ofis xonalari mavjud bo'lgan katta kompleks Farg'ona viloyati futbol associaciyasiga taqdim qilindi va bu ishni aynan sobiq hokim bolalar yo'lida FFAga sovg'a qilib yubordi. Tashkilot qiynalmasligi uchun, uni saqlash xarajatlarini hokimiyatni nazoratiga qoldirdi. Bu masuliyatni his qilgan Nosir Otaqo'ziev o'zining birinchi yordamchisi bo'lgan Rasul ... bilan keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirishdi. 2004 va 2006 yillar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi muvaffaqiyatli o'tkazdilar. Yil yakunida bejizga bu tashkilot yilning eng yaxshisi deb topilmadi.


Ravshan Ermatov / Avaz Karimov

2017 yil Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida futbol bo'limini yopilishi, bu futbolga berilgan og'riqli zarba edi. 2020 yil mazkur dargoh yana ochildi va u erga 2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar tahsil olish uchun kirdilar. Futbol bo'limini qayta ochilishida o'z yordamini bergan ikki insonni alohida qayd etib o'tishni lozim topdim. Bular, Ravshan Ermatov va tashkilotni o'sha paytdagi rahbari, bugun sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov. O'z navbatida yig'ilgan 2007 yillar bolalar rahbariyatni uyaltirib qo'yishmadi va birinchi urinishni o'zidayoq Toshkent shahar chempioni degan unvonga sazovor bo'ldilar. ROZSKni 8 nafar futbolchisi 18 kishilik Toshkent terma jamoasi safida O'zbekiston chempionati va Superkubogi sohibi bo'ldilar. 



Mamur Saidqosimov / Mamur Sultonov

Sobiq hakam va uning yoshligidan tarbiya qilib kelgan shogirdlar. Adashlar o'rtasida tashkil topgan O'FAning bolalar futbolini rivojlantirish bo'limi pandemiya sharoitida qiyin vaziyatga tushib qolishiga qaramay, 2019 yilning dekabr oyida reja qilingan (pandemiyadan avval) barcha bolalar futboliga oid musobaqalarni bekam-u ko'st, kech bo'lsada o'tkaza oldilar. Avvalgi yillardan farqli ravishda bu yilgi musobaqalar ancha tartibli o'tdi. Avvalgidek ochiqdan, ochiq o'yinlarga aralashuvlarga deyarli barham berildi. Adolat birinchi o'ringa chiqa olishida mana shu ikki mutaxassisning mehnati katta bo'ldi. Ular qatorida bo'limda ishlagan, Jahongir Grigoriy va Otabeklarni ham alohida aytib o'tishim mumkin. 



Baxtiyor SHirinov / Oybek Ikromov

O'FA tomonidan eng katta qilingan ishlardan biri, bu hududiy associaciyalarni moliyaviy holatini yaxshilash bo'ldi. Mazkur ishni do'ndirib maromiga etkazgan va ilk marotaba barcha hududiy associaciyalarni moliyaviy taminotini "besh" qilib qo'ygan mutaxassis, bu Baxtiyor SHirinov. Uning bo'limdagi yagona yordamchisi Oybek Ikromov bilan birgalikda yil davomida juda katta ishlar qilindi. 2-liga musobaqalari tartibga solindi. Yil yakunida bo'lib o'tgan pulka o'yinlariga masul shaxs sifatida, barcha o'yinlar tartibli o'tishini taminlashni uddasidan chiqa oldilar. Eng muhimi, associaciyalar o'rtasida do'stona hamkorliklar yo'lga qo'yildi.



Asker Jadigerov / Azizxo'ja Kattaxo'jaev

Toshkent viloyati geografik jihatdan juda katta bo'lib, shahar va tumanlari o'rtasida qatnov biroz qiyin. SHunga qaramay, 2020 yil ikkinchi liga musobaqasini ajoyib tarzda tashkil qila olgan viloyat futbol associaciyasining ishiga ijobiy baho berish mumkin. Ayniqsa bolalar ligasini qayta tashkil qilinganligi viloyat o'smirlari uchun yutuq bo'ldi. Toshkent shahar FA bilan yangi loyihaga qo'l urayotgan Asker Jadigerov boshchiligidagi tashkilotning asosiy qurollaridan biri bu Azizxo'ja Kattaxo'jaev bo'ldi.


Orif Anorov / Madi Badalov

Yurtimizning olis nuqtalaridan biri bo'lgan Surxondaryo 90-yillar boshida bizga ne-ne yulduzlarni taqdim etmagan edi, to'g'rimi? Bugun Italiyani zabt etgan futbolchimiz ham, aynan shu o'lka farzandi. Ro'yxatimdan o'rin olgan ikki nafar murabbiy, aynan mana shu viloyat vakillari, biri Termizdan, "Toj" jamoasi rahbari Orif Anorov, ikkinchisi tizim xatoligi tufayli endigina "D" licenziyani olgan, ammo tinmasdan istedodlarni tayyorlayotgan Madi Badalov va Orif Anorovning tandemiga Namanganda bo'lib o'tgan 2008 yillar musobaqasida tan berdim. Denov va Termiz futbolchilari negizida tashkil topgan terma jamoa muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. Orif Anorov 2007 yillar o'rtasida bo'lib o'tgan BO'SM terma jamoalari musobaqasi g'olibiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, futzal bo'yicha Respublika Kubogida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 4 nafar shogirdi esa Toshkent shahar chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. Madi Badalovning sardori 2008 yillar o'rtasida bo'lib o'tgan poytaxt chempionatida birinchi o'rinni oldi. U boshchiligidagi Denov Surxondaryo 2 ligasi kubogi sohibi bo'lgan holda, Kubok pulkasida g'alaba qozondi.



Begzod Karimov / Nasibullo Madrahimov

Respublikadagi eng yaxshi futbol mahorat maktabi shubhasiz Andijonda. SHuning uchun ham 2007, 2005 va 2003 yillar o'rtasida bo'lib o'tgan akademiyalar o'rtasidagi Respublika Kubogi va chempionatida g'olib chiqdilar. O'FA Superkubogida kimsan, Toshkent terma jamoasi mag'lub etildi. SHubhasiz, bu mehnatda tashkilot rahbari Nasibullo Madrahimov tomonidan tuzilgan ahil kollektiv va AFA birinchi Vice-prezidenti Begzod Karimovning xizmatlari katta bo'ldi. 



Qahramon Mahamadjanov / Nuriddin Akbarov

Bu ikki mutaxassisni bugungi kunda To'raqo'rg'onda tutgan o'rni katta. "Odil Ahmedov FA" stadionida bo'lib o'tadigan barcha tadbirlarni boshidan oxirigacha turadigan, kadr orti qahramonlari bo'lgan Qahramon Mahamadjanov va Nuriddin Akbarovlar bugun u erda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirayotganligi hech kimga sir emas. Akbarov 10 yoshgacha bo'lgan avlod vakillariga masul bo'lsa, Mahamadjanov 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni tarbiya topishida muhim rol o'ynayapti. Ularning oldida turgan eng katta vazifa, endi 2032 yili bo'lib o'tadigan Olimpiyada o'yinlariga yaxshi saviyadagi futbolchilarni tarbiyalab berish.


SHuhrat Mirxoldirshoev / G'olib Oxunov

Taqvimdan tashqari musobaqalarni o'tkazish bo'yicha, bugun Namangan viloyati, Toshkentdan keyingi ikkinchi o'ringa chiqib oldi deb ayta olaman. Ayniqsa To'raqo'rg'on tumani, vodiy markaziga aylanib bo'ldi. U erda nafaqat vodiyning, balki Respublikaning eng yaxshi musobaqalari o'ta boshladi. Bu borada Namangan viloyati futbol associaciyasi tomonidan ham keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilyapti. Barcha musobaqalarda SHuhrat Mirxoldirshoevning shahsan o'zi ishtirok etib kelyapti. Uning bosh yordamchisi G'olib Oxunov ham bu borada chetda turayotgan yo'q. SHuning uchun ham 2007 va 2008 yillar o'rtasidagi Respublika Kubogi yaxshi saviyada o'tdi. "Olimjon Ahmedov" Kubogi esa yilning eng yaxshi musobaqasi bo'lib o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. 


Iskandar Anarqulov / Jovhar Xatamov

Toshkent futbol akademiyasiga FIFA tomonidan yangi maydon qurib berilgach, poytaxtdagi eng yaxshi final o'yinlari aynan shu stadionda o'ta boshladi. Boshqa hamkasblarimizdan farqli ravishda, istagan paytda stadionni bolalar va 2-liga jamoalari uchun VIP qilib bergan va o'zi tepasida turib amaliy yordam ko'rsatib turgan tashkilot rahbari Iskandar Anarqulov va stadionda bo'lib o'tadigan tashkiliy ishlarda yordam berib kelgan Jovhar Xatamov.


Alisher Ahmedov / SHuhrat Aliev

Samarqand futboli bitta katta mavzu! Hattoki O'FA tomonidan echilishi qiyin bo'layotgan murakkab vazifa. Ammo shunday sharoitda ham bolalar futboli ravnaqi yo'lida tinim bilmay mehnat qilayotgan va imkon qadar qo'lidan kelganicha musobaqalar o'tkazib kelayotgan Alisher Ahmedov haqida alohida to'xtalib o'tmasam bo'lmaydi. Yo'q sharoitda ishlashiga qaramay, 2 nafar shogirdi bugun 2007 yillarda tavallud topgan O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak azolari sifatida qayd etilyapti. 2009 yillarda tarbiyalanayotgan 3 nafar futbolchisi esa To'raqo'rg'onda loyihalashtirilayotgan Olimpiya-32 loyihasiga grand asosida o'tdi. Juda ko'p qiyinchiliklarga qaramay mehnat qilib kelayotgan bu mutaxassisni yonida turgan SHuhrat Alievga ham o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tardim. 



Elyor / Xushbek Qosimov

Farg'ona viloyatida birinchilardan bo'lib xususiy klubni tashkil qilib, qator musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan "Farovon" jamoasi bilan bir paytlar shaxsan kelisha olmagan bo'lsam-da (u odamlar yo'q hozir) ammo bugun bolalar yo'lida biz kelisha oldik. Yani, har qanday adovatni chetga surib, bu jamoa bolalari uchun yana musobaqalarimiz eshiklarini ochdik. Klub rahbari Elyor va uning katta murabbiyi Xushbek Qosimov tomonidan tuzilgan 2007 yillar jamoasini vodiyda reklama qilish shart emas. Klub vakillari imkon qadar barcha musobaqalarda ishtirok etishni istaydilar va buning natijasida bolalar hududda eng ko'p musobaqalarni ko'rayotgan jamoalardan biri hisoblanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика