So’nggi yangiliklar

18:29"Реал" Чемпионлар Лигасидан чиқиб кетганидан кейин сардори тақдирини ҳал қилди  0 18:00Суперлига. "Хоразм" – "Бунёдкор" 0:0 (матнли трансляция)  1 17:59Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Олимпик"дан устун келди  1 17:47Суперлига. "Қизилқум" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:31Месси ва Роналду бир жамоада бирлашиши мумкин  4 17:05Мурод Исмоилов "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйини олдидан: "Турнир жадвалидаги фарқ эртага ҳеч нарсани англатмайди"  0 16:35Рэшфорд "Барселона"га ўтишдан умидвор  0 16:10"Ал Мумтоз" тарихидан. 2012 йилги Ўзбекистон чемпиони "Пахтакор"ни мағлуб этган "Нефтчи"  2 15:30Канада жамоаси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирган  4 14:48"Байер" Хаби Алонсонинг "Реал"га ўтиши учун 10 млн евро талаб қилади  8 14:20Суперлига. 6-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Насаф" ва "Бунёдкор" 1 нафардан йўқотишга эга  10 13:45"Манчестер Сити" Ҳусановга Италия А Сериясидан рақобатчи топди  14 13:18"Бешиктош" қозоғистонлик футболчини трансферга қўяди  1 12:50Тарихда шу кун. "Бунёдкор" - "Гамба Осака" 3:2. Шарқда учган "қалдирғоч"  3 12:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти ФА U-16дан йирик ҳисобда устун келди  1

2020 yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Berdiev eng yaxshi murabbiy, Masharipov eng yaxshi futbolchi Yangiliklar

2020 yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Berdiev eng yaxshi murabbiy, Masharipov eng yaxshi futbolchi

Bugun Toshkentdagi "Zarafshon" kinokoncert zalida 2020-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdagi hisobot kongresi ham o'tkaziladi.

YANGILASH


Tadbir o'z yakuniga etdi. Salomat bo'linglar.

16:50. O'FA prezidenti Abdusalom Azizov so'zga chiqdi.

16:46. Superliga yil ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Abduvohid Nematov ("Nasaf")

Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"), Egor Krimec ("Paxtakor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Marko Stanoevich ("Nasaf"), Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), Murod Toshmatov (AGMK), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Dragan CHeran ("Paxtakor").

Hujumchi: Bobir Abdixoliqov ("Nasaf").


16:43. O'zbekiston MTJ va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. O'FA prezidenti Abdusalom Azizov topshirgan sovrinni futbolchining otasi Qadamboy Masharipov qabul qilib oldi.

16:40. Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov va Ro'ziqul Berdiev yakuniy uchligini hosil qilgan jurnalistlar o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra Qarshining “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 4-bor “O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qo'lga kiritdi. Sovrinni O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov topshirdi. 

16:37. "Paxtakor" klubi va O'zbekiston MTJ yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Superliganing eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Sovrinni uning otasi Qadamboy Masharipov qabul qilib oldi.

16:35. O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra “Bunyodkor-W” klubi azosi Lyudmila Karachik “Eng yaxshi ayol futbolchi” sovrini bilan taqdirlandi. Unga sovrinni O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov topshirdi.

16:32. "Superliganing eng yaxshi murabbiyi" deb "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze topildi. MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov topshirgan sovrinni "Paxtakor" klubi bosh direktori Dmitriy Adisman qabul qilib oldi.


16:28. "Superliganing eng yaxshi to'purari" — Dragan CHeran (“Paxtakor”). Dragan ayni paytda O'zbekistonda bo'lmagani sabab unga maxsus statuetka keyinroq topshiriladi.

16:25. O'zbekiston Birinchi ligasidagi “Paxtakor 2” – “Rubin” uchrashuvida qiyin vaziyatda qolgan mehmonlar jamoasi futbolchisi Husan Hasanovning hayotini saqlab qolganligi uchun “Rubin” shifokori Hasan Rahimjonov “Jasorat” sovrini bilan taqdirlandi. Sovrinni hayoti saqlab qolingan o'yinchi Husan Hasanovning o'zi topshirdi.

16:23. Coca Cola Superligasining "eng chiroyli goli" — Sanjar Tursunov (AGMK – “Qo'qon-1912 uchrashuvida). Sovrinni Tursunovga Jahongir Usmonov topshirdi.


16:20. "Fair play sovrini" — “Oq-Tepa” (Toshkent). Sovrinni Rashid Tolipov topshirdi.


16:19. "Neftchi" klubi Pro-liga so'nggi turidagi o'yindagi janjalli vaziyat sabab aziyat chekkan hakam SHavkat Nasibullaevga to'p sovg'a qildi va shu orqali uzr so'raldi.


16:16. "Yilning eng yaxshi hududiy associaciyasi" sovrini "Farg'ona FA"ga nasib qildi. Sovrinni O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov topshirdi.

16:15. "Sport" telekanali sharhlovchisi Zuhriddin Qilichev "Yilning eng yaxshi jurnalisti" deb topildi. Unga sovrinni O'FA vice-prezidenti SHoakram Isroilov topshirdi.

16:13. O'zbekiston MTJ va "Paxtakor" klubi azosi Akbar Usmonov "Yilning eng yaxshi futzalchisi" deb topildi. Unga sovrinni Jenizbek Piyazov topshirdi.


16:06. "Yilning eng yaxshi hakami" deb Ahrol Risqullaev topildi. Unga sovrinni "Sport TV" direktori Zohid Karimov topshirdi.


16:05. Yosh istedodlarni kashf etishda davom etayotgan Qashqadaryo viloyatining “Nasaf” klubi joriy mavsum Superliganing kumush medallari sohibiga aylandi va "Muxlislar mehri" sovriniga sazovor bo'ldi. Sovrinni MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov topshirdi.


16:04. Ikkinchi marotaba tasis etilayotgan mazkur sovrinni “Paxtakor” jamoasining O'zbekiston chempionati va kubogi g'olibligi hamda OCHL bahslaridagi munosib ishtirokida o'z hissasini qo'shgan “Paxtakor” muxlislar klubiga "Fidoiylik ramzi" topshirildi.


16:02. "Pro liganing eng yaxshi futbolchisi" — Abdulazizxon Abdurashidov (“Turon”). Sovrinni Dzyudo federaciyasi raisi Aziz Kamilov topshirdi.


16:01. 2020 yilning kashfiyot klubi, ketma-ket 3 mavsumda o'zi ishtirok etgan chempionatlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan, 2021 yilgi O'zbekiston Superligasi yo'llanmasiga ega chiqqan Yaypanning “Turon” jamoasi "Maxsus sovrin" bilan taqdirlandi.

15:59. "Samarali hamkorlik uchun" "Sport TV" ham taqdirlandi. Dilmurod Nabiev topshirgan sovrinni telekanal bosh direkutori Zohid Karimov qabul qilib oldi. Bundan tashqari, "UzReport" bosh direktori Ravshan Jo'raev ham samarali hamkorlik uchun sovrinini qabul qilib oldi.

15:57. "Samarali hamkorlik uchun" Coca Cola kompaniyasi taqdirlandi. Maxsus sovrinni Baxtiyor Nazarov qabul qilib oldi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev topshirdi.

15:55. O'zbekiston MTJ va "Nasaf" klubi darvozaboni Abduvohid Nematov "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi. Unga sovrinni eng yaxshi yoshlar murabbiyi bo'lgan Zayniddin Tojiev topshirdi.


15:53.  O'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi ajoyib hujumchisi Zayniddin Tojiev "Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi" deb topildi. Unga sovrinni MTRK raisi Alisher Xodjaev topshirdi.


15:51. To'lagan Isoqov "O'zbek futboli nuroniysi" nominaciyasini Evgeniy Valickiyga topshirdi.

15:49. Taqdirlash marosimi boshlandi. Uni Davron Fayziev va Marina Yakubova olib borishmoqda.

15:46. Katta ekranda maxsus rolik ketmoqda, unda O'FA matbuot xizmati boshlig'i Davron Fayziev ortda qolgan yilda amalga oshirilgan ishlarni sanab chiqmoqda.



15:44. Baxtiyor Hakimov va Narimon Jalolov (vafot etgan) O'FA ijroiya qo'mitasidan chiqarildi.

Yil ramziy terma jamoasidan o'rin olgan va eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun 3 nomzoddan biri bo'lgan Jaloliddin Masharipovning otasi tadbirda ishtirok etmoqda. Futbolchining o'zi esa ayni paytda O'zbekistonda emas. Agar Masharipov taqdirlansa, uning sovrinini katta ehtimol bilan otasi qabul qilib oladilar.


O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov 2020 yilda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotini o'qib eshittirmoqda.


15:24. Avaz Maksumov hisobot kongressi haqida gapirmoqda.

Kongress kun tartibidan o'rin olgan masalalar ro'yxati:

1. 2019-yil 24-dekabrda bo'lib o'tgan Kongress bayonnomasini tasdiqlash

2. 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi O'FA hisoboti

3. Moliyaviy hisobotni tasdiqlash (mustaqil auditor hisoboti)

4. O'FAning 2020, 2021 va 2022-yillar moliyaviy ko'rsatkichlarini tekshiruvchi mustaqil xalqaro auditorlik tashkilotini tasdiqlash

5. O'FA ustaviga qo'shimchalarni kiritish va ustavni yangi tahrirda tasdiqlash

6. O'FA Ijroiya qo'mitasi azolari tarkibiga o'zgartirish kiritish va taklif etilayotgan nomzodlarni saylash

15:17. Tadbir boshlandi. Dastlab O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov O'zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdagi hisobot kongressini ochib bermoqda. Maksumovning aytishicha, kongresda ishtirok etishi kerak bo'lgan 72 nafar delegatdan 68 nafari shu erda, 4 nafari esa uzrli sabablarga ko'ra tadbirda ishtirok eta olishmayapti.


O'zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov ham bugungi tadbirda ishtirok etadi. U ayni paytda "Zarafshon" zalida.

15:12. Zaldagi katta ekranda maxsus rolik  qo'yilmoqda. Unda o'tib borayotgan yildagi futbol voqeliklari tasvirlangan.

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Yosh kiperning kayfiyati alo darajadaligi ko'rinib turibdi.

Farruh Sayfiev "Sport" telekanali jurnalistlariga intervyu bermoqda. "Paxtakor" himoyachisining fikricha, eng yaxshi futbolchi uchligi quyidagicha: 1.J.Masharipov, 2.E.SHomurodov, 3.O.Bozorov.

Ayni paytda futbol jamoatchiligi "Zarafshon" zaliga birin-ketin etib kelishmoqda.


Unda quyidagi nominaciyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:

- O'zbek futboli nuroniysi

- Eng yaxshi yoshlar murabbiyi

- Coca Cola Superligasining eng yaxshi yosh futbolchisi

- Samarali hamkorlik

- Maxsus sovrin

- Pro liganing eng yaxshi futbolchisi

- Fidoiylik ramzi

- Muxlislar mehri

- Yilning eng yaxshi hakami

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi

- Eng yaxshi futbol jurnalisti

- Eng yaxshi hududiy associaciya

- Fair Play sovrini

- Coca Cola Superligasining eng chiroyli goli

- Jasorat sovrini

- Coca Cola Superligasining eng yaxshi to'purari

- Coca Cola Superligasi-2020 ramziy terma jamoasi

- Coca Cola Superligasining eng yaxshi murabbiyi

- Coca Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi

- O'zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi

- O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi

- O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi


Taqdirlash marosimini soat 14:55 dan etiboran Sport TV orqali jonli efirda tomosha qiling!

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика