2019 yilning eng yaxshi to'purari kim bo'ladi?
10 dek 2019 00:03
Yangiliklar
2019 yilning eng yaxshi to'purari kim bo'ladi?
2019 yilgi kalendar yilida hozircha faqat bitta futbolchiga klub va terma jamoasi safida 50 tadan oshiq gol urish nasib etdi.
“Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski yil boshidan buyon raqiblari darvozasiga 51 ta gol (55 o'yin) urishning uddasidan chiqdi. Ikkinchi o'rinda “Oltin to'p” sohibi Lionel Messi bormoqda. U hozirgacha 49 ta gol (55 o'yin) urishga erishdi.
Uchinchi pog'oanada esa 38 tadan gol urgan “Man Siti” vingeri Rahim Sterling (57 ta bahs) va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (45 ta o'yin) borishmoqda.
Kuchli beshlikda 35 tadan gol urgan Krishtianu Ronaldu va Serxio Aguero joy olishgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili eng yaxshi to'purarlar bahsida g'olib chiqish uchun Messiga 51 ta gol kiritish kifoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar