2019 yilgi Superliga logotipi tasdiqlandi
07 mar 2019 15:57
Yangiliklar


2019 yilgi Superliga logotipi tasdiqlandi
Bilasiz, ertadan futbol bo'yicha mamlakat chempionati yangi mavsumi rasman start oladi.
Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun titul homiy bo'lish huquqini qo'lga kiritdi. Endilikda milliy chempionatimiz yuqori divizioni Coca Cola Superligasi deya ataladi.
2019 yilgi Superliga logotipi tasdiqlandi. Ushbu logotip asosan qizil va oq ranglar uyg'unligidan iborat bo'lib, Superliganing barcha uchrashuvlari anons, afisha, o'yinlarga oid dasturnoma va reklama bannerlarida aks etadi.
SHu tariqa, O'zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy logotipi bilan bir qatorda 2019 yilgi mavsum davomida Superliga uchrashuvlariga oid malumotlar taqdim etishda ushbu logotipdan ham birdek foydalaniladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar