So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   9 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

2019 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar Yangiliklar

2019 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar

Yangi yil bayrami arafasida 2019 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng ahamiyatli voqealarni yodga olamiz.

YANVAR
OSIYO KUBOGI-2019
5 yanvardan 1 fevralga qadar BAA yashil maydonlarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. Jamoamiz "F" guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiyaga qarshi o'yinlar o'tkazishadi. Ummon va Turkmanistonni mag'lub etgan futbolchilarimiz muddatdan avval guruhdan chiqishdi hamda so'nggi turda Yaponiyaga yutqazib, guruhda ikkinchi o'rinni egallashdi.

Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi o'ynagan O'zbekiston 120 daqiqa davomida mardonavor harakat qildi, afsuski futbol lotoreyasida omad "yashil qita" vakillariga kulib boqqan. Musobaqa finalida Qatar Yaponiyani mag'lub etib Osiyo Kubogini qo'lga kiritdi. Osiyo Kubogida Eldor SHomurodov 4ta gol urib chin manoda kashfiyot bo'ldi. Ignatiy Nesterov esa faoliyatidagi beshinchi Osiyo Kubogida ishtirok etib mutlaq rekordchiga aylandi.


SARDOR RASHIDOV "NASONAL"DA
Yanvar oyi o'rtalarida Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagani elon qilindi.

"Istedodli va jismoniy jihatdan baquvvat bo'lgan Sardor Rashidov asli hujumchi. Lekin u qanotlarda ham muvaffaqiyatli to'p sura oladi. Rashidov ayni paytda O'zbekiston MTJ tarkibida Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Uning terma jamoasi musobaqaning pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. Rashidovga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo'lganiga qaramay, u Evropa klubida o'ynashga qaror qildi. "Nasonal" klubi Sardor Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi", - deb xabar bergandi Portugaliya klubi rasmiy sayti.

Rashidov "Nasonal"da may oyiga qadar faoliyat olib bordi va jami 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

DRULOVICH - O'ZBEKISTON OLIMPIYA TERMA JAMOASI USTOZI
23 yanvar kuni O'zbekiston futbol associaciyasi Lyubinko Drulovichni Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.

Drulovich O'FA bilan bilan 1 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi, agar O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritsa, shartnoma muddati Olimpiada yakuniga qadar uzaytirilishi ko'zda tutilgan.

"O'zbekistonda ish boshlayotganimdan juda xursandman. Biz birgalikda oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaymiz. Buning uchun etarlicha tajribaga egamiz, deb o'ylayman. Yuqorida to'g'ri takidladingiz, agar bir oila bo'lib ishlaydigan bo'lsak, albatta Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Bunga ishonchim komil", - degandi o'shanda Lyubinko Drulovich.

Ayni paytda terma jamoamiz Dubayda Tailanddagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.


ROBERTO KARLOS TOSHKENTDA
28 yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'lgan himoyachi afsonaviy Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyurdi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o'tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashdi. SHuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilindi. Bundan tashqari, o'zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o'rtoqlik o'yini tashkil qilindi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushdi. Tashrif davomida Roberto Karlos o'zbek futboli bilan yaqindan tanishdi.



NESTEROV LEGIONERGA AYLANDI
BAA yashil maydonlarida o'tgan musobaqada o'zining 5-Osiyo Kubogida ishtirok etgan va bu ko'rsatkich bo'yicha dunyodagi yagona futbolchiga aylangan Ignatiy Nesterov terma jamoamizning yuragi ekanini barchaga yana bir bor isbotlay oldi. Uning ishonchli harakatlari ko'plab vaziyatlarda terma jamoamiz darvozasini muqarrar gollardan saqlab qola oldi. Nesterovning o'yinlari nafaqat muxlislarda, balki Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasi rahbariyatida ham katta tassurot qoldirib, klub 27 yanvar kuni Nesterov bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.


FEVRAL
ERMATOV IKKINCHI MARTA OSIYO KUBOGI FINALIDA ISHLADI

2 fevral kuni Qatar va Yaponiya o'rtasidagi Osiyo Kubogi finalini 41 yoshli o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqardi. SHu tariqa u o'z faoliyati davomida ikkinchi marta Osiyo Kubogi finalida ishladi. Bungacha Ermatov 2011 yil Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi finalni ham boshqargandi. Hamyurtimizga qanotlarda hamyurtlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishdi.

2010 yilda Ravshan Ermatov 32 yoshida JARda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishlagan va bu borada eng yosh hakam sifatida tarixdan joy olgandi. 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ish olib borgandan so'ng uning mundiallarda boshqargan o'yinlari soni 11taga etdi. Bu mutlaq rekord natija bo'lib, hozirgacha biror hakamga Jahon chempionatlarida shuncha o'yin boshqarish nasib qilmagan. Osiyoda 5 marta yilning eng yaxshi hakami sifatida etirof etilgan Ravshan Ermatov faoliyati davomida 5 marta Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqargan.

AZIZ TURG'UNBOEV DISKVALIFIKACIYA QILINDI
Bir vaqtning o'zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon qilingan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Aziz Turg'unboevning mojaroli ishi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita tomonidan o'rganib chiqildi va u 2019 yilning 9 iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikaciya qilindi. Futbolchi bir vaqtning o'zida "Navbahor" va "Paxtakor" klublari bilan shartnoma tuzgani aniqlandi hamda yozgacha hech qaysi klubda maydonga tushgani yo'q. Diskvalifikaciya muddati tugagach Turg'unboev "Navbahor" bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu ishga aralashgan murabbiy Ilhom Mo'minjonov 1 yilga, "Navbahor" vice-prezidenti SHamshod Sarikov va "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov 6 oyga diskvalifikaciya qilindi.

RUSTAM ASHURMATOV "GVANGJU"GA O'TDI
7 feval kuni Janubiy Koreyaning "Gvangju" klubi o'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov bilan shartnoma tuzganini elon qildi.

"Menga "Gvangju" o'yin uslubi yoqdi. Yangi jamoamga tezroq qo'shilish va o'zimning yaxshi o'yinlarimni namoyish etishni istayman", - degandi Ashurmatov klub rasmiy saytiga.

"Gvangju" Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etdi va birinchi o'rinni egallab Janubiy Koreya K ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Rustam Ashurmatov mavsum oxirida K-2 liganing rasmiy ramziy terma jamoasidan joy oldi.

"PAXTAKOR" OCHL GURUH BOSQICHIGA CHIQDI
19 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda "Paxtakor" va AGMK jamoalari maydonga tushishdi.

"Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarida "Al Nasr" jamoasiga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi va guruh bosqichiga chiqdi. "SHerlar" tarkibida gollarga Dragan CHeran va Doston Hamdamov mualliflik qilishdi.

AGMK esa Saudiya Arabistonida "Al Nassr" klubiga qarshi maydonga tushib, yirik 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Olmaliq jamoasi shu tariqa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.


"LOKOMOTIV" - O'ZBEKISTON SUPERKUBOGI SOHIBI
O'zbekiston Superkubogi uchun kechgan bahsda Toshkentning "Lokomotiv" klubi Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yin "temiryo'lchilar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Lokomotiv" tarkibida Temurxo'ja Abduxoliqov va Yovan Jokich gol muallifiga aylanishdi. AGMK jamoasining bitta javob golini Zafar Polvonov urdi. SHu tariqa "Lokomotiv" jamoasi o'z tarixida ikkinchi marta O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.


SUPERLIGAGA "DINAMO" VA "SURXON" QO'SHILDI

25 fevral kuni Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etishi haqida xabar chiqdi. O'zbekiston futbol associaciyasi Licenziyalash qo'mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo'llanmasini taqdim etdi.

Bungacha Professional futbol ligasi 12ta klub ishtirok etishi uchun mo'ljallangan format va reglamentni taqdim etib ulgurgandi. Keyinroq bu masala Licenziyalash qo'mitasi va O'FA Ijroqo'mi azolari o'rtasida tahlil qilindi. Unda qator fikrlar bildirildi, jamoalar sonining oshishi munozaralarga sabab bo'ldi. Yakunda O'FA Ijroqo'mi Professional futbol ligasiga yangi talab bo'yicha ayrim bandlari o'zgartirilgan reglamentni tasdiqdan o'tkazish uchun bir hafta muhlat belgiladi. SHu tariqa 2019 yilgi Superligada 14ta klub ishtirok etdi.

MART
MIRABROR USMONOV VAFOT ETDI

15 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati azosi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati", "Do'stlik" ordenlari sohibi, O'zbekiston futbol federaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov 71 yoshida vafot etdi.

Mirabror Zufarovich 2006-2017 yillar davomida O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. 2013 - 2017 yillarda esa Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida ishlagan. 2015-2018 yillar davomida Markaziy Osiyo futbol associaciyasida ham prezident sifatida ish olib borgan edi.

O'ZBEKISTON "CHINA CUP"DA 3-O'RINNI OLDI

Mart oyi oxirida O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda tashkil etilgan "China Cup" musobaqasida ishtirok etdi. Yarim finalda vakillarimiz Urugvayga qarshi o'yin o'tkazib 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa Kuper shogirdlari Fabio Kannavaro boshchiligidagi Xitoyni 1:0 hisobida taslim qilishdi. Terma jamoamiz safida yagona golni Eldor SHomurodov urgandi.

OLIMPIYA TERMA JAMOAMIZ OSIYO CHEMPIONATIGA CHIQDI

22-26 mart kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashini o'tazdi. Guruhda Hindistonni mag'lub etgan va Tojikiston bilan durang o'ynagan Lyubinko Drulovich shogirdlari Osiyo CHempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.


APREL
ILHOM MO'MINJONOV 5 YILGA FUTBOLDAN CHETLATILDI

2019 yil 1 aprel kuni O'FA Etika qo'mitasi “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov borasida qaror qabul qildi.

Unga ko'ra Mo'minjonov 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilish, jumladan, o'yin natijasiga tasir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun, O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan 50.000.000 (ellik) million so'm miqdoridagi jarimaga tortilgan va 5 (besh) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

AXBOR IMOMXO'JAEVNING YANGI KITOBI DUNYO YUZINI KO'RDI
16 aprel kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Axbor Imomxo'jaevning “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taniqli futbol faxriysi, o'zbek futbol sharhlovchiligi maktabining asoschilaridan biri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati, xalq talim alochisi Axbor Imomxo'jaev ushbu kitobni o'zbek futbolining 100 yilligiga bag'ishlab chop etdi.

Takidlash joiz, kitob Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi ko'magi ostida nashrdan chiqdi. 800 sahifadan iborat ushbu kitobda o'zbek futboliga oid ko'plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlarni ko'rishimiz mumkin. SHuningdek, unda futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, hakam, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator qimmatli malumotlar uchraydi. Takidlash lozimki, Axbor Rustamovich ushbu kitob ustida roppa rosa 12 yil ishladilar.


MAY
IGNATIY NESTEROV DISKVALIFIKACIYA QILINDI

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida taqiqlangan modda aniqlandi.

Osiyo futbol konfederaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi 11 may kuni mazkur masala bo'yicha o'z yakuniy qarorini elon qildi. Unga ko'ra milliy terma jamoamiz posboni 8 oyga diskvalifikaciya qilindi. Diskvalifikaciya muddati 13 oktyabr kuni nihoyasiga etdi. Ignatiy Nesterov diskvalifikaciya muddati yakuniga etishiga ikki oy muddat qolganida, yani 13 avgustdan boshlab mashg'ulotlarda ishtirok etishi va boshqa klublar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega bo'ldi. Nesterov diskvalifikaciya muddati yakunlangach Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida maydonga tushdi.

OTABEK SHUKUROV VA “SHARJA” – BAA CHEMPIONI

16 may kuni "SHarja" BAA Pro-ligasining 25-turi doirasida o'z maydonida "Al Vahda" jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi va oltinchi marta BAA chempioni bo'ldi. Ushbu klub bilan birga o'zbekistonlik Otabek SHukurov ham BAA chempioniga aylandi.


IYUN
RAVSHAN ERMATOV - O'FA BIRINCHI VICE-PREZIDENTI

14 iyun kuni O'zbekiston futbol associaciyasida Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'FAning amaldagi vice-prezidentlari Umid Ahmadjonov va Po'lat Bobojonov o'z lavozimlaridan muddatdan oldin ozod etish masalasida arizalar qanoatlantirildi. O'FA vice-prezidentligiga Ijroqo'm azolarining ovozlari bilan FIFA referisi Ravshan Ermatov va IIV vaziri o'rinbosari Muhiddin Jo'raev vaqtincha vazifani bajaruvchi sifatida saylanishdi.

SHuningdek, O'FA prezidenti Achilboy Ramatovning taklifiga asosan, amaldagi bosh kotib Sardor Rahmatullaev o'rniga Avaz Maksumov Ijroiya qo'mitasi tomonidan tayinlandi.

"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan katta rahmat aytaman", - degandi o'shada Ermatov.



DAVRON SHAKURBANOV - PFL BOSH DIREKTORI
17 iyun kuni O'zbekiston Professional futbol ligasida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Omon G'ofurovning tashkilot rahbarligidan bo'shash to'g'risida ariza yozganidan so'ng Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlash masalasi ko'rildi. O'zPFL bosh direktori lavozimiga futbol sohasida uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borib tajriba to'plagan Davron Gayratovich SHakurbanov tayinlandi.


IYUL
ABDUSALOM AZIZOV - O'FA PREZIDENTI

15 iyul kuni O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tdi. Konferenciya kun tartibidan O'FA Prezidenti, Vice-prezidentlar va Ijroiya qo'mitasi azolarini saylash masalalari o'rin olgan edi.

O'FA Ijroiya qo'mitasi tomonidan qo'yidagi nomzodlar taklif qilindi va delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi:

O'zbekiston futbol Associaciyasi prezidenti lavozimiga - Azizov Abdusalom Abdumavlonovich
O'zbekiston futbol Associaciyasi Birinchi vice-prezidenti lavozimiga – Ermatov Ravshan Sayfiddinovich
O'zbekiston futbol Associaciyasi Vice-prezidenti lavozimiga – Jo'raev Muhiddin O'tkirovich



JCH-2022 SARALASHI 2-BOSQICHGA QUR'A TASHLANDI

17 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari bilan birga ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan joy oldi.

"Guruhimizdan o'rin olgan terma jamoalar orasida kuchsizlari yo'q, deb o'ylayman. Hamma o'z oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun harakat qiladi. Barcha o'z mamlakati shani uchun o'ynaydi. Bu esa o'yinlar oson o'tmasligini anglatadi. Lekin barchasi o'zimizga bog'liq, deb hisoblayman. CHunki agar har bir o'yinga jiddiy hozirlik olib borsak va maydonga har gal yaxshi ruhiy tayyorgarlik bilan tushsak, har qanday raqibni mag'lub etishga kuchimiz etadi, deb o'ylayman. Nasib etsa, ushbu saralash bosqichi yakunida guruhda 1-o'rinni olishga harakat qilamiz", - degandi Eldor SHomurodov.

HAYDAROV VA KAPADZE O'FADA ISH BOSHLASHDI
Iyul oyida yurtimiz va xorijning bir qancha klublarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan tajribali yarim himoyachi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi. O'zbekiston terma jamoasida ham uzoq yillar to'p surgan futbolchining keyingi faoliyati ham mamlakatimiz bosh jamoasi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Azizbek Haydarov O'FA terma jamoalar bo'limida ish boshladi. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish kabi masuliyatli vazifa topshirildi.

Haydarov bilan bir davrda terma jamoada to'p surgan o'zbek futbolining yana bir afsonaviy vakili, uchrashuvlar soni va titullar bo'yicha O'zbekistonda rekordchilardan biri hisoblangan Timur Kapadze ham O'FA tizimida ish boshladi. Avval milliy terma jamoada vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlab, keyinchalik “Lokomotiv” klubi o'rinbosarlar tarkibiga murabbiylik qilgan Kapadze, to'plagan tajribasini selekciya ishlariga yo'naltiradi. Kapadze oktyabr oyida milliy terma jamoamizda yordamchi murabbiyga aylangan bo'lsa, dekabr oyida U-19 terma jamoasi bosh muabbiyi etib tayinlandi.

SARDOR RASHIDOV - QATARGA QAYTDI

29 iyul kuni Sardor Rashidov Qatarning "Qatar SK" klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan shartnomani bekor qilib Qatar klubiga ko'chib o'tdi. Hozirga qadar Rashidov "Qatar SK" safida hozirga qadar 10ta o'yinda maydonga tushdi va 5ta gol urdi.

SENTYABR
FALASTIN - O'ZBEKISTON 2:0

JCH-2022 saralashini O'zbekiston terma jamoasi safarda Falastinga qarshi bahs bilan boshladi. Unda kutilmaganda O'zbekiston milliy terma jamoasi 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu mag'lubiyat yakunda Ektor Kuperning istefoga chiqishiga sabab bo'ldi.

SHAVKAT MIRZIYOEV OFK PREZIDENTINI QABUL QILDI
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 16 sentyabr kuni Osiyo futbol konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston va OFK o'rtasidagi samarali sheriklik mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani va izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi. Uchrashuvda Osiyo futbol konfederaciyasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.


U-19 OSIYO CHEMPIONATI MEZBONI – O'ZBEKISTON

17 sentyabr Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo'mitasining ilk yig'ilish o'tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O'zbekiston nomzodi maqullandi. SHu tariqa, mamlakatimiz o'z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qita chempionatiga mezbonlik qiladigan bo'ldi. Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga ko'ra, kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

KUPER KETDI
23 sentyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o'rtadagi mavjud shartnomani o'zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. 2018 yilning avgust oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.


VADIM ABRAMOV KELDI

Kuperning o'rniga O'FA Vadim Abramovni O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladi. Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo kubogi-2011da qita birinchiliklaridagi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etgan.

"PAXTAKOR" – CHEMPION
2019 yilgi Superligani deyarli mag'lubiyatsiz o'tkazgan Toshkentning “Paxtakor” klubi 20-turda Bekobodda “Metallurg”ni mag'lub etib, chempionat tugashiga 6ta tur qolganida muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. “SHerlar” 3 yillik tanaffusdan so'ng yana mamlakat chempioniga aylanishdi.



OKTYABR
“PAXTAKOR” – O'ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI!

26 oktyabr kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Paxtakor" va AGMK klublari to'qnash kelishdi. Mazkur bahs Dragan CHeranning benefisiga aylandi. Serbiyalik futbolchi AGMK darvozasiga uchta gol urib (3:0) jamoasiga mamlakat kubogini keltirdi.


NOYABR
O'ZBEKISTON – SAUDIYA ARABISTONI 2:3

Bu yilgi eng alamli mag'lubiyatlarimizdan birini 14 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida qabul qilib oldi. JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi yil o'yinida 2:1 hisobida oldinda borib so'nggi daqiqalarda 2ta gol o'tkazib yuborgan O'zbekiston terma jamoasi alamli tarzda mag'lub bo'ldi.


DEKABR
“PAXTAKOR”DAN TREBL!

4 dekabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida tarixda ilk bor o'tkazilgan O'zbekiston Liga kubogi final bahsi bo'lib o'tdi. Unda yana “Paxtakor” va AGMK jamoalari kuch sinashishdi. Bu safar ham SHota Arveladze boshchiligidagi “sherlar” raqib ustidan yirik hisobda (6:2) g'alaba qozonib Liga kubogining tarixiy birinchi sohibiga aylanishdi. O'zbekiston futboli tarixida aynan “Paxtakor” ilk bor “oltin trebl” qayd etdi.

KAPADZE – BOSH MURABBIY
4 dekabr kuni O'FA O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik sohasida o'z mahoratini oshirib kelayotgan, yaqin o'tmishning etuk futbolchilaridan biri Temur Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinladi. Temur Kapadze Otabek G'ulomxo'jaevning o'rnini egalladi va O'zbekiston U-19 terma jamoasini kelasi yilning 14–31 oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlaydi.

PREZIDENT FARMONI

6 dekabr kuni O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni elon qilindi.

Ushbu farmondan O'zbekistonda futbolni aholi o'rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo'yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida jahon va qita birinchiliklarini o'tkazish masalalari o'rin olgan.


ELDOR SHOMURODOV - YILNING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI
Yil so'nggida O'FA va PFL birlashgan holda eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazdi. Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov 2019 yil O'zbekistoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi ustozi Vadim Abramov esa yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Tadbirda yana qator yo'nalishlarda g'oliblar taqdirlandi:

"O'zbek futboli nuroniysi" - Narimon Jalolov
"Fidoyilik ramzi" - Odil Ahmedov
"Muxlislar tashrifi" - "Navbahor" klubi
"Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti" - Qahramon Aslanov
"Eng yaxshi hududiy associaciya" - Andijon
"Eng yaxshi yoshlar murabbiyi" - Ro'ziqul Berdiev
"Eng yaxshi yosh futbolchi" - Jasur Jaloliddinov
"Eng chiroyli gol" - Muzaffar Muzaffarov
"Eng yaxshi hakam" - Valentin Kovalenko
"Fair Play" sovrini - "Nasaf"
"Eng yaxshi futzalchi" - Akbar Usmonov
"Jasorat" sovrini - O'zbekiston amputntlar terma jamoasi
"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" - Umidaxon Zoirova
"Superliganing eng yaxshi futbolchisi" - Dragan CHeran
"Superliga to'purari" - Dragan CHeran
"Superliganing eng yaxshi murabbiyi" - SHota Arveladze
"O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi" - Vadim Abramov
"O'zbekistonning eng yaxshifutbolchisi" - Eldor SHomurodov


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика