So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  4 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  9 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7

"Paxtakor"da o'ynagan portugal, isroillik va braziliyalik futbolchilar hozir qaerda? Yangiliklar

"Paxtakor"da o'ynagan portugal, isroillik va braziliyalik futbolchilar hozir qaerda?

Har tomonlama qiyin ahvolga tushib qolgan "Paxtakor"ga 2017 yilning iyunida yangi homiy (SFI Management Group) topilgach, jamoani kuchaytirish ishlari boshlab yuborildi.

Dastlab, gruziyalik mutaxassis olib kelindi. SHota Yustinovich "sherlar" boshqaruvidagi ilk yillarida ko'proq legionerlarga umid bog'ladi. U birinchi yilning o'zidayoq hujum chizig'ini kuchaytirish uchun 3 ta transferni amalga oshirdi. 

2017 yilning iyulida Turkiyaning "Adana Demirspor" jamoasidan olib kelingan Tiago Bezerra kelgusi yilning oxiriga qadar "Paxtakor" uchun o'ynadi. U bu muddat ichida O'zbekiston birinchiligi bahslarida 45 o'yin o'tkazib, 21 bor raqiblari darvozasiga yo'l topishni uddaladi. Braziliyalik futbolchi Superliganing 2018 yilgi mavsumida 17 gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari ham bo'lgandi. Bezerra O'zbekistondan keyin faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishga qaror qildi. 34 yoshli hujumchi ayni paytda Yulduzlar Ligasida "Al Sayliya" sharafini himoya qilyapti.

Gidi Kanyuk ham Tiago bilan bir kunda "sherlar" safiga kelib qo'shilgan. Toshkent klubi uning transferi uchun 600 ming evro sarflaydi. Biroq, isroillik futbolchi Bezerradan farqli ravishda SHotaning ishonchiga kira bilmadi. SHu tufayli qishki transfer oynasida Tel-Avivning "Makkabi" jamoasiga ijaraga berib yuborildi. 28 yoshli futbolchi ayni paytda Tailand chempionati vakili "CHonburi" klubida to'p tepmoqda.

Kanyuk jamoadan ketgach, SHotlandiyadan Ismail Gonsalvesh olib kelindi. 400 ming evroga xarid qilingan futbolchi "Paxtakor" uchun 1 yil o'ynab berdi. Portugaliyalik hujumchi 2018 yilgi mavsumda "sherlar" libosida 35 o'yinda maydonga tushib, 18 golga mualliflik qildi. "Paxtakor"dan keyin bir muddat Tehronning "Istiqlol"ida o'ynagan futbolchi oxirgi mavsumni Hindiston Superligasida o'tkazdi. Ismaning "CHennay" futbol klubi amaldagi mehnat shartnomasi bugun yakun topdi. U ertadan boshlab erkin agent hisoblanadi.

Quyoshli Osiyoning futboli g'alat (FR blogi)

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика