So’nggi yangiliklar

07:14Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  7 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19

2018 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar Yangiliklar

2018 yil o'zbek futbolida sodir bo'lgan eng muhim voqealar

Mana 2018 yil ham o'z yakuniga etib bormoqda. Bu yil ham o'zbek futbolida yutuqlar va alamli mag'lubiyatlar sodir bo'ldi.

Biz o'quvchilarimizga 2018 yilning eng muhim voqealari va o'yinlarini eslatib o'tishga  qaror qildik.

YANVAR
2018 yilning dastlabki oyi o'zbek futboli uchun ajoyib boshlandi. 9-27 yanvar kunlari Xitoy mamlakatida U-23 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etdi. Futbolchilarimiz final yo'lida Yaponiya va Janubiy Koreya kabi grandlarni yirik hisobda mag'lub etishdi. Kuchli qor ostida o'tgan final uchrashuvida O'zbekiston Vetnamni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan edi - 2:1. Qo'shimcha taymlar oxirida Andrey Sidorov tomonidan urilgan gol vakillarimizni Osiyo chempioniga aylantirgan. Toshkentda chempionlar xalqimiz tomonidan juda katta tantana bilan kutib olingandi. Ushbu jamoa azolarining har biriga Prezidentimiz tomonidan "Malibu" avtomobili sovg'a qilingandi.

30 yanvar kuni OCHL-2018 pley-off bosqichi doirasida ikki o'zbek klubi o'yin o'tkazdi. "Paxtakor" Qatarda "Al Garafa" mehmoni bo'lib 1:2 hisobida yutqazib qo'yib, guruh bosqichiga chiqa olmadi. "Nasaf" esa Qarshida "Al Faysali"ni qabul qilib 5:1 hisobida g'alabaga erishdi va guruh bosqichiga yo'l oldi.




FEVRAL
1-11 fevral kunlari Xitoy Taypei mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo CHempionati bo'lib o'tdi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi. 2016 yil Toshkentda o'tgan qita chempionatida futzalchilarimiz finalga qadar etib borib, Eronga yutqazib qo'yishgandi. Bu safarda musobaqada vakillarimiz yarim finalda Eronga mag'lub bo'lishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda Iroq penaltilar seriyasida taslim etildi va bronza medaliga ega chiqdik.

3 fevral kuni Toshkentdagi “International Hotel” mehmonxonasida Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Yangi formatdagi Superligada 12ta klub ishtirok etdi. Jamoalar ikki bosqichda kuch sinashishdi.

6 fevral kuni O'zbekiston Futbol Associaciyasi Coca Cola kompaniyasi bilan hamkorlikda FIFA World Cup Trophy Tour  doirasida jahon futbolining bosh mukofoti birinchi marta Toshkentga olib kelindi.  Jahon kubogini Franciya terma jamoasi safida JCH-1998da chempion bo'lgan Kristian Karambyo Toshkentga olib keldi. Minglab futbol muxlislari kubok bilan suratga tushish baxtiga muyassar bo'lishdi.

12 fevral kuni OCHL-2018 guruh bosqichi 1-turi bo'lib o'tdi. "Lokomotiv" o'z uyida BAAning "Al Vahda" klubini qabul qildi. Uchrashuvda "temiryo'lchilar" 5:0 hisobida g'alabaga erishishdi. "Nasaf" esa birinchi turni 13 fevral kuni Eronda "Persepolis" mehmoni bo'lib, 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

15 fevral kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qo'l ostida terma jamoamiz Senegal, Marokash, Eron va Urugvay kabi Jahon chempionati ishtirokchilariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

24 fevral kuni Toshkentda CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston Futbol Associaciyalari) Kongressi bo'lib o'tdi. Kongressda Eron, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlar hamda Janubiy Koreya va Qatar davlatidan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi. Kun tartibidagi asosiy masala CAFA tashkilotiga saylov orqali yangi rahbarni tayinlashdan iborat bo'ldi. Unga ko'ra O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi.




MART
1 mart kuni O'zbekiston Superligasida dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi. 1-turda quyidagi natijalar qayd etildi.

"Qizilqum" - "Lokomotiv" 0:3
"Neftchi" - "Nasaf" 0:0
"Buxoro" - "Qo'qon-1912" 1:0
"Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:0
"Metallurg" - "Navbahor" 0:0
"Bunyodkor" - AGMK 1:1

Superliganing birinchi goliga "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev mualliflik qildi.

15 mart kuni o'zbekistonlik futbolchi Dostonbek Hamdamov Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi Maxchaqlaning "Anji" klubi bilan shartnoma tuzdi. Yangi klubida hamyurtimiz 7-raqamni tanladi.

23 mart kuni Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Marokashda JCH-2018 ishtirokchisi Senegal terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Birinchi taymda Otabek SHukurov penaltidan gol urib jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda senegalliklar hisobni tenglashtirishdi - 1:1.

27 mart kuni O'FA majlislar zalida Pro-liga va O'zbekiston Kubogi o'yinlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra PRO-liga ikki toifa – A va V guruhlarida olib boriladigan bo'ldi. PRO-liga singari O'zbekiston kubogi ham yangi formatda o'tkazildi. Yangi qonun-qodaga ko'ra, endi har bir bosqichdan oldin ko'r qura tashlandi.

28 mart sanasida Kapadze shogirdlari JCH-2018 yana bir ishtirokchisi bo'lgan Marokash bilan bellashishdi. Mazkur bahsda afrikaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.




APREL
Aprel oyi boshida O'zbekiston Superligasi klublari direktorlari malaka oshirish uchun Angliya Premer-Ligasi vakili “Everton” klubi akademiyasiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida Superliga klublari direktorlari klub infratuzilmasi, menejmenti, akademiyasi faoliyati, marketing, klub tizimi va skauting kabi masalalarda ish o'rganishdi. Takidlash lozim, klub direktorlarini “Everton” klubi direktori Stiv Uolsh kutib oldi va mehmonlarga tashrif davomida malaka oshirishlari uchun sharoit yaratib berdi. SHuningdek, direktorlarga bir qancha vaqt davomida Angliyaning “Lester” klubiga murabbiylik qilgan Kreyg SHekspir klub qanday tarzda mashg'ulot olib borishi, mashg'ulotlar jarayoni haqida so'zladi. Tashrif davomida, klub infratuzilmasi, akademiyasi faoliyati ham o'rganildi.

16 aprel kuni OCHL-2018 guruh bosqichi 6-turida "Nasaf" BAAning "Al Vasl" klubini 2:1 hisobida mag'lub etganiga qaramay guruhda 3-o'rinni egalladi.

17 aprelda "Lokomotiv" so'nggi turda o'z uyida Eronning "Zob Ohan" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ushbu bahsda vakllarimiz g'alaba qozonishganida keyingi bosqichga chiqishardi.




MAY
4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur marosimda OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko'ra O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. Qura natijalariga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin oldi. Osiyo Kubogi 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining 4ta shahrida bo'lib o'tadi.

16 may kuni Moskva shahri mezbonligida o'tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon CHempionati o'z yakuniga etdi va unda O'zbekiston terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Final uchrashuvida o'zbekistonlik qora ko'zlar Pokiston bilan to'qnash keldi. Asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga etgan uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar etib bordi. Unda futbolchilarimiz raqiblaridan ustun harakat qildi. O'zbekiston termasining so'nggi zarbasini darvozabon Sergey Islomov aniq yo'lladi. Keyin esa o'zi raqibining zarbasini qaytarib, qahramonga aylandi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon CHempionatiga amaldagi g'olib sifatida tashrif buyurgandi. Endi esa mundial taxtiga o'zbekistonlik futbolchilar chiqishdi.




IYUN

8 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Janubiy Amerika terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. JCH-2018da ishtirok etish uchun Rossiyaga uchib ketish oldidan Luis Suares, Edinson Kavani boshchiligidagi Urugvay Montevideo shahrida O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yinda maydon egalari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiya mamlakatida 2018 yilgi Jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz ishlashdi. Hamyurtimiz guruh bosqichi doirasidagi Argentina - Xorvatiya va Ispaniya - Marokash uchrashuvlarida bosh hakam bo'ldi. Bu orqali Ermatov Jahon chempionatlari final bosqichida 11ta o'yinda ishlagan dunyodagi birinchi hakamga aylandi.




IYUL
3-10 iyul kunlari Toshkent shahrida “CAFA U-16 championship” musobaqasi o'tkazildi. Bu musobaqada O'zbekiston, Afg'oniston, Tojikiston hamda Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalari ishtirok etishdi. Bir biridan murosasiz kechgan bahslarda Usmon Toshev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi mazmunli o'yin ko'rsatib, barcha mehmon jamoalar ustidan yirik g'alabalarga erishdi.

22-30 iyul kunlari Toshkentda “CAFA U-15 championship” musobaqasi bo'lib o'tdi. 5ta tur yakuniga ko'ra barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan Eron U-15 terma jamoasi turnir g'olibligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi qo'lga kiritdi. Bronza medallar Tojikiston terma jamoasiga nasib qildi.




AVGUST

6 avgust kuni argentinalik mashhur murabbiy Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi ustozi sifatida tanishtirildi.

"O'zbekiston futbol associaciyasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladik. O'zbekiston futbol associaciyasi bilan shartnoma tuzishimning asosiy sababi O'zbekiston terma jamoasining o'z oldiga qo'ygan maqsadlaridir. Yani Osiyo chempionatidagi ijobiy natija va azaliy orzu bo'lgan jahon chempionatiga chiqish. Jahon chempionati 4 yillikning eng katta musobaqasi. Dunyodagi barcha terma jamoalar ushbu musobaqada ishtirok etish uchun katta hajmdagi ish olib borishadi. Futbolda oldindan natijani aniq aytishning ilojisi yo'q.  O'zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish uchun tinmay mehnat qilishga  vada beraman. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi", - degandi Kuper O'zbekiston terma jamoasi ustozi sifatidagi ilk matbuot anjumanida.

18 avgust kuni FIFA O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi avtobus sovg'a qildi. Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 kishiga mo'ljallangan bo'lib, 483 ot kuchiga ega. Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan. SHu paytga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o'z avtobusi bor. Ushbu avtobus milliy ramzlarimiz va O'FA logolari bilan bezatildi hamda yig'in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatda.

10 avgustdan 1 sentyabrga qadar Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etdi. Guruh bosqichida uchala raqibni mag'lub etgan vakillarimiz, nimchorak finalda Gonkongni yirik hisobda taslim qilishdi. CHorak finalda qarshimizdan Janubiy Koreya chiqdi. Qiziqarli va shiddatli o'tgan bahsda Son Xon Min boshchiligidagi koreyslar 4:3 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga chiqqandi. Yakunda aynan Koreya Osiyo o'yinlarida chempionlikka erishdi.




SENTYABR

6 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ilk o'yinni o'tkazdi. Toshkentdagi "Miliy" stadionda Suriyaga qarshi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Bizdan yagona golni Marat Bikmaev penaltidan urgan.

Oradan 5 kun o'tgach, sentyabrning 11-sanasida vakillarimiz Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bu bahsda forslar 1:0 hisobida zafar quchishdi.

26 sentyabr kuni Toshkentda o'zbek futboli tarixida birinchi OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning yurtimizda o'tishi, OFK hamda O'FA o'rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo'lida navbatdagi qadam vazifasini o'tab berishi shubhasiz. Umid Ahmadjonov Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi tarixda ilk marta O'zbekistonda bo'lib o'tayotgani haqiqatan ham o'zbek futboli uchun tarixiy voqelik ekanini takidlab, buning uchun Osiyo futbol konfederaciyasi Prezidenti janob SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifaga alohida minnatdorchilik izhor qildi va yig'ilishda qabul qilingan qarorlar Osiyo futboli rivojiga katta tasir ko'rsatishiga ishonishini bildirdi.




OKTYABR
Kuzning ikkinchi oyida ham O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. 13 oktyabrda futbolchilarimiz KXDR terma jamoasini 2:0 hisobida taslim qilishdi. Bu o'yin Marat Bikmaevning benefisiga aylanib ketdi, hujumchi ikki taymda ikkita gol urdi. Ushbu g'alaba Ektor Kuper uchun O'zbekiston ustozi sifatidagi ilk muvaffaqiyat bo'ldi.

16 oktyabrda Qatar Toshkentda mehmon bo'ldi. Odil Ahmedov hamda Marat Bikmaevning gollari O'zbekistonga g'alaba keltirdi - 2:0.

28 oktyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari to'qnash kelishdi. O'yinda olmaliqliklar tashabbusga erishishdi va yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu tariqa AGMK o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Endi jamoa 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi. Agar AGMK pley-offdan muvaffaqiyatli o'tsa, OCHLning guruh bosqichiga yo'l oladi.



 
NOYABR

7 noyabr kuni "SHanxay SIPG" klubi Xitoy Superligasi 29-turida o'z uyida "SHansi CHanba"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov mazkur o'yinda maydonga tushib hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. 30ta o'yinda 68 ochko to'plagan "SHanxay SIPG" Xitoy chempioni bo'ldi. Hamyurtimiz o'z faoliyatida ilk bor xorijda oltin medalni qo'lga kiritdi.

13 noyabr kuni PRO-liganing "A" guruhi 35-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Istiqlol" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda Eldor Sakaev boshchiligidagi maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonib, chempionat tugashiga bitta tur qolganida muddatidan avval Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. "Andijon" 2016 yil oliy ligada tushib ketib ikki mavsum davomida quyi ligada ishtirok etishdi.

Noyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliya qitasida yig'in o'tkazdi. Ushbu yig'in doirasida vakillarimiz ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. 15 noyabr kuni O'zbekiston Miodrag Radulovich boshchiligidagi Livan bilan 0:0 hisobida durang qayd etishdi. 20 noyabrda O'zbekiston Paulu Bentu qo'l ostidagi Janubiy Koreyaga 0:4 hisobida imkonyatni boy berib qo'ydi.

23 noyabr – 1 dekabr kunlari poytaxtimizda "CAFA Women’s Championship 2018" musobaqasi bo'lib o'tdi.  Tojikiston musobaqaning bronza medallariga sazovor bo'ldi. Eron terma jamoasi qizlari esa kumush medallarga ega chiqishdi. Musobaqa bosh sovrini esa O'zbekiston milliy terma jamoasiga nasib etdi. O'zbekiston terma jamoasi azosi Nilufar Qudratova musobaqa to'purari bo'ldi. Terma jamoamiz etakchilaridan biri Lyudmila Karachik esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.  

26 noyabr kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida Superliganing 31-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu o'yinda "temiryo'lchilar" asosiy raqobatchisi hisoblangan jamoani 3:2 hisobida mag'lub etib, ketma-ket uchinchi yil O'zbekiston chempioni bo'ldi. Superligada "Paxtakor" ikkinchi, "Navbahor" uchinchi o'rinni egalladi. Farg'onaning "Neftchi" klubi 12ta klub orasida so'nggi o'rinni band etib, quyi ligaga tushib ketdi.



DEKABR
1 dekabr - 4 dekabr kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari bo'lib o'tdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 Qirg'izistonni 6:3 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi turda Tojikistonga 2:7 hisobida yutqazib qo'ygan futzalchilarimiz guruhda so'nggi o'rinni band etib, Osiyo chempionatidan chetda qolishdi.  

13 dekabr kuni "Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan 2021 yilgacha shartnoma tuzdi.

"Seul" azosiga aylanganimdan xursandman. Klub tarixi boy, stadioni ham ajoyib. "Seul" vakillari meni iliq kutib olishdi. Ushbu klub safida Server Jeparov muvaffaqiyatga erishgan. Men ham "Seul" tarixiga kirishga umid qilaman" - deydi Aliboev.

17 dekabr kuni o'zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Yaponiyaning 1-ligasi ishtirokchisi "Renofa Yamaguchi" jamoasi bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi."Renofa Yamaguchi" yil yakunlariga ko'ra quyi ligada 8-o'rinni egalladi. 42ta tur davom etadigan Yaponiya 1-ligasida 22ta jamoa "J-League" uchun kurash olib  boradi.





Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика