So’nggi yangiliklar

09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  2 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  5 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10

2016 yilda bizning jamoalar qanday musobaqalarda ishtirok etishadi? Yangiliklar

2016 yilda bizning jamoalar qanday musobaqalarda ishtirok etishadi?

Mana yangi 2016 yil ham kirib keldi. O'tgan yil jamoalarimiz qator musobaqalarda qatnashishdi.

Biz bu yil terma jamoalarimiz va klublarimiz qanday xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari haqida malumot berishga qaror qildik. Ushbu taqvim o'quvchilarimizga tushunarli bo'lishi uchun bir necha qismga bo'lib chiqdik.   

Dastlab O'zbekiston olimpiya terma jamoasi haqida to'xtalib o'tamiz. Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz yangi yilda U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bu musobaqada sovrindor bo'lgan uchta jamoa shu yil yozda Rio De Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. Qita chempionati 12 yanvarda boshlanadi. 30 yanvar kuni chempion nomi malum bo'ladi. Olimpiyachilarimiz guruhda Janubiy Koreya, Iroq va Yaman jamoalari bilan o'ynashadi. 



2016 yil milliy terma jamoamiz JCH-2018 saralashi ikkinchi bosqichi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi. 24 mart kuni Filippin bilan, 29 mart kuni Bahrayn bilan o'ynaymiz. Bu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 12ta jamoa jamoa hal qiluvchi bosqichga yo'l oladi va 2019 yilda BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi chiptasini qo'lga kiritadi. 1 va 6 sentyabr, 6 va 11 oktyabr hamda 15 noyabr kunlari JCH-2018 saralashi uchinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.

“Bunyodkor” keyingi mavsumda ham Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-offda ishtirok etadi. 9 fevral kuni “qaldirg'ochlar” BAAning “Al SHabab” klubi bilan Toshkentda o'ynashadi. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” esa musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. Guruh o'yinlari 23 va 24 fevral kuni start oladi.



Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 10-21 fevral kunlari kunlari Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Toshkentda bo'lib o'tadigan qita chempionatida eng kuchli 5ta jamoa Kolumbiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Xose Mariya Mendez boshchiligidagi futzalchilarimiz muxlislarimiz qarshisida ilk bor Jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritishi mumkin.

23-31 iyul kunlari klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistonning amaldagi chempioni “Olmaliq” klubi qatnashadi. Hozircha musobaqa qaysi davlatda bo'lib o'tishi malum qilinmagan.



Temur Olimxo'jaev ustozlik qilayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu yil Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi (U16) Osiyo chempionatida ishtirok etadi. 15 sentyabrda boshlanadigan musobaqa 2 oktyabr kuni o'z yakuniga etadi. O'smirlarimiz Falastinda tashkil etilgan saralashda Maldiv orollari, Falastin va Yamanni mag'lub etib Osiyo chempionatiga yo'llanma olishdi.

Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 13-30 oktyabr oralig'ida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi (U19) Osiyo chempionatida ishtirok etadi. O'zbekiston Bangladesh mamlakatida bo'lib o'tgan saralashda Butan, SHri Lanka va Bangladesh jamoalarini ortda qoldirib yo'llanmani qo'lga kiritdi.



2016 yil taqvimi

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari

24 mart O'ZBEKISTON – Filippin (JCH-2018 saralashi)
29 mart O'ZBEKISTON – Bahrayn (JCH-2018 saralashi)

Olimpiya terma jamoasi o'yinlari
13 yanvar O'zbekiston - Janubiy Koreya
16 yanvar O'zbekiston - Iroq
19 yanvar O'zbekiston - Yaman

Osiyo jamoalari ishtirok etadigan musobaqalar taqvimi

12-30 yanvar U-23 Osiyo chempionati (Qatar)
10-21 fevral futzal bo'yicha Osiyo chempionati (O'zbekiston)
29 fevral-9 mart ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati (Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish uchun)
23-31 iyul futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
3-20 avgust yozgi Olimpiada o'yinlari
10 sentyabr – 2 oktyabr futzal bo'yicha Jahon chempionati (Kolumbiya)
15 sentyabr – 2 oktyabr O'smirlar o'rtasidagi (U16) Osiyo chempionati (Hindiston)
13 oktyabr – 30 oktyabr Yoshlar o'rtasidagi (U19) Osiyo chempionati (Bahrayn)
5 noyabr – OFK kubogi finali
19 va 26 noyabr – Osiyo chempionlar ligasi final uchrashuvi
9-20 dekabr – FIFA klublar o'rtasidagi Jahon chempionati
1-11 dekabr – futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati saralashi
 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика