So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

2014 yilda bu Argentina terma jamoasi qaerda edi? Messi va Di Mariya JCH finalida yutqazishdi, tarkibning yarmi esa maktab bolalari edi Yangiliklar

2014 yilda bu Argentina terma jamoasi qaerda edi? Messi va Di Mariya JCH finalida yutqazishdi, tarkibning yarmi esa maktab bolalari edi

Otamendi va De Paul finalni Banega bilan birga ko'rishgan.

Argentina – jahon chempioni! Bu faqatgina Messining g'alabasi emas. Qiziqarli fakt: Argentina terma jamoasining maydon o'yinchilari ushbu JCHda hech bo'lmasa bir bor maydonga chiqishdi.

Ulardan ko'plari uchun JCH-2014 finalidagi Argentina va Messining mag'lubiyati tragediya va motivaciya bo'lgandi. Ushbu terma jamoa o'yinchilari 8 yil oldin qaerda edilar?


Emiliano Martines – 21 yosh. "SHeffild Uensdey"dagi ijaradan "Arsenal"ga qaytdi. Mavsum davomida atigi 15ta o'yin o'tkazdi va o'z darvozasidan 19ta to'p olib chiqdi. Atigi 2ta "quruq" o'yin o'tkazdi. 2014 yilgi finalni oilasi bilan ko'rdi va ular barbekyu uyushtirishdi.



Xeronimi Ruli – 22 yosh. Iyul oyining boshida Argentinaning "Estudiantes" klubini Urugvayning "Maldonado"siga almashtirdi, bir oydan so'ng esa Evropaga, aniqrog'i "Real Sosedad"ga ijaraga yo'l oldi. Final oldidan instagramda Argentina terma jamoasi libosi bilan Papa Franciskning suratini joyladi.



Franko Armani – 27 yosh. Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasida o'ynagan va JCHga bir oy qolganda Libertadores Kubogida 1/4 finalda yutqazgan.



Kristian Romero – 16 yosh. "Tottenxem"ning bo'lajak himoyachisi Teves va Saviolasi bor Argentinaning Olimpiada-2004dagi g'alabasidan so'ng futbolchi bo'lishga qaror qildi. Yigitcha 2014 yilning yozida "Taleres de Kordoba"ni "Belgrano"ga almashtirdi. U yangi klubida ikki yildan so'ng kattalar futboli darajasida debyut qildi.



Lisandro Martines – 16 yosh. Lisandro o'zining jonajon shahri Gualeguay (u erda 1986 yilgi finalda g'alaba golini kiritgan Burruchaga ham tug'ilgan)dan Rosarioga ko'chib o'tdi. Bundan maqsad Maradona va Messi faoliyatini boshlagan "Nyuells Old Boys" jamoasida o'ynash edi. Finaldan bir necha kundan so'ng Martinesning singlisi dunyoga keladi.



Xerman Pesselya – 23 yosh. Himoyachi "River Pleyt" tarkibiga kirdi. O'sha yili faoliyatidagi yagona chempionlikni Fernando Kavenagi, Matias Kranevitter, Manuel Lancini va Ramiro Funes Mori bilan qo'lga kiritdi. Terma jamoada esa 2017 yilga kelibgina Rossiyaga qarshi o'yinda debyut qildi.



Nikolas Otamendi – 26 yosh. 2014 yilning qishida "Portu"dan "Valensiya"ga yo'l oldi, ammo Evroittifoqdan bo'lmagan o'yinchilarning ko'pligi sabab yangi klubida yozga qadar o'ynay olmadi. "Atletiko Mineyro"ga yarim yillik ijaraga yo'l oldi va jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Otamendi 2014 yilgi finalni Ever Banega va Rodrigo De Paul bilan ko'rgan bo'lsa kerak – "Valensiya"da shunday jamoa yig'ilgandi.



Markos Akunya – 22 yosh. Markosda 2014 yilning yozida ikkita muhim voqea ro'y berdi: u kamtargina "Ferro"dan Avelyanedaning "Rasing" klubiga o'tdi, shuningdek qiz farzand ko'rdi. Markos "Rasing"dagi o'yin vaqtida Diego Milito, Lautaro Martines va Rodrigo De Paullar bilan harakat qildi.



Nikolas Talyafiko – 21 yosh. Futbolni "Banfild"dagi jamoadoshlari bilan birga tomosha qildi, jamoa o'shanda yig'inda edi.



Xuan Foyt – 16 yosh. Bu vaqtga kelib "Estudiantes"ning umidli hujumkor yarim himoyachisini himoyachilikka o'rgatishgan edi. Xuan katta futbolda 3 yil o'tibgina debyut qildi.



Nauel Molina – 16 yosh. Yigitchani o'sha paytda "Barselona" akademiyasining Janubiy Amerikadagi filialida vingerlikdan laterallikka qayta o'rgatishgandi. Molina 16 yoshda "Boka"ning asosiy jamoasidagi debyutga tayyorgarlik ko'rayotgandi.



Gonsalo Montel – 17 yosh. Penaltilar seriyasidagi g'alaba goli muallifi bu vaqt davomida "River Pleyt"da tahsil olayotgandi. Asosiy jamoadagi debyut ham o'zini uzoq kuttirmadi.



Gido Rodriges – 20 yosh. Yarim himoyachi bu paytga kelib Marselo Galyardo boshchiligidagi "River Pleyt"ning asosiy tarkibigacha ko'tarildi, bo'sh vaqtini esa bir yoshli qizchasi bilan o'tkazdi. Yozda oilasi va do'stlari bilan jahon chempionatini ko'rdi. Yarim finaldan so'ng "Braziliya, o'zingni qanday his qilyapsan?" nomli izoh bilan post qoldirdi.



Leandro Paredes – 20 yosh. "Boka"ning yosh yarim himoyachisi "Kevo"ga yarim yillik ijaraga yo'l oldi, klub safida A Seriya da 15 daqiqa o'ynadi va "Roma"ga yangi ijaraga loyiq ko'rildi. Finalda qattiq qayg'urdi va instagramda avvaliga terma jamoani qo'llab-quvvatlagan post qo'ydi, mag'lubiyatdan keyin: "Argentinalik ekanligimdan faxrlanaman. Maydonda bor kuchlaringizni qoldirganlaringiz uchun rahmat!".



Rodrigo De Paul – 20 yosh. Ever Banega va Nikolas Otamendi bilan yoqimli jamoada JCH-2014ning finalini ko'rish uchun endigina "Valensiya"ga o'tgandi.



Enco Fernandes – 13 yosh. "River Pleyt" maktabidagi bolakay finalda asosiy tarkibga boshqa bir Enco (Enco Peres) chiqqanini tomosha qildi. Aytgancha, ikkinchisini ham urugvaylik Francheskoli sharafiga nomlashgan. Finaldan 7 yil o'tib Fernandes va Peres birgalikda "River Pleyt"ning yarim himoyasida o'ynashmoqda.



Aleksis Mak Allister – 14 yosh. Ikki akasi bilan allaqaon Buenos-Ayresdagi asosiy bolalar jamoalaridan biri "Klub Deportivo Park"ni bitirib, "Argentinos Xuniors"ning o'smirlar jamoasida o'ynagandi. Otasi (u Maradona bilan o'ynagan va futbol agenti bo'lib ishlagan) bazida skautlik hisobotlari bilan yordam bergan.



Eksekiel Palasios – 16 yosh. "River Pleyt"ning yana bir tarbiyalanuvchisi. Asosiy jamoadagi debyutga bir yildan sal ko'proq vaqt qolgan.



Tyago Almada – 13 yosh. MLSdagi "Atlanta" jamoasi yarim himoyachisi 4 yil Karlitos Tevesning birinchi klubi "Santa-Klara"da to'p ortidan yugurdi. Beshinchi yili esa "Veles"ga yo'l oldi va undan bo'lajak jahon chempionini tarbiyalashdi.



Papu Gomes – 26 yosh. Di Mariya, Serxio Romero va u bilan yoshlar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan Agueroning qanday qilib kattalar o'rtasidagi JCH finalida mag'lub bo'lganini ko'rdi. Papuning o'zi esa Ukrainaning "Metallist" (Xarkov) jamoasida o'ynayotgandi, keyinchalik esa sentyabrda "Atalanta"ga o'tdi.



Leo Messi – 27 yosh.



Anxel Korrea – 19 yosh. Rim Papasi Franciskning sevimli klubi bo'lmish "San-Lorenco"ning asosiy tarkib o'yinchisi edi. "Atletiko" uni mayda xarid qildi, Argentina klubi uni Libertadores Kubogi yarim finali va finaliga qolishga ko'ndirdi. Anxel qoldi, ammo baribir hal qiluvchi o'yinlarda harakat qilmadi, bunga sabab yurak bilan bog'liq muammolar edi. Ammo, "San-Lorenco" yosh yulduzsiz ham epladi va sovrinni qo'lga kiritdi.



Anxel Di Mariya – 26 yosh. Finalda og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynashga tayyor edi, ammo murabbiy Sabelya Anxelni baribir maydonga tushirmadi. Di Mariya butun o'yin davomida zaxira o'rindig'ida o'tirdi.



Paulo Dibala – 20 yosh. "Palermo"ga A Seriyaga qaytishga yordam berdi va bir yildan so'ng "Yuventus"ga yo'l oldi. O'sha yozda esa terma jamoaga muxlislik qilgandi.



Lautaro Martines – 17 yosh. 2014 yilda o'zining "Liners" jamoasini 17 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi mamlakat kubogi finaligacha olib chiqdi, ammo penaltilar seriyasida "Rosario"ga yutqazdi. Umidli hujumchini o'sha yozda Avelyanedaning "Rasing" jamoasi o'z safiga qo'shib oldi.



Xulian Alvares – 14 yosh. Yigitcha Argentinada o'zining yoshida porladi. "Atletiko Kalchin" hujumchisi haqidagi mish-mishlar skautlarni o'ziga jalb qildi: Alvaresni hatto "Real"ga ko'rikka ham olib borishdi va u erda Xulian barchaga manzur keldi. O'tish esa 13 yoshdan kichik o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdagi muammo sabab bekor bo'ldi.

Xulian 14 yoshida Messi va Di Mariyaning Germaniyaga yutqazganini ko'rdi, ammo 15 yoshida esa "River Pleyt"da paydo bo'ldi. U suratda "Boka" libosida.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика