So’nggi yangiliklar

11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  2 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  2 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  6 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  8 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0

2012 yilda Marokash FIFA reytingida O'zbekistondan pastroq o'rinda edi, hozir esa jahon chempionatining yarim finalida. Nega bunday bo'ldi? Yangiliklar

2012 yilda Marokash FIFA reytingida O'zbekistondan pastroq o'rinda edi, hozir esa jahon chempionatining yarim finalida. Nega bunday bo'ldi?

2022 yilgi jahon chempionatining asosiy sensaciyasi kutilmaganda yarim finalga chiqqan Marokash terma jamoasidir.

Qizig'i shundaki, 2012 yilda Marokash FIFA reytingida O'zbekistondan pastroq edi.

Aslida Marokash bunga qanday erishgani malum. Mamlakat ko'p yillik sarmoya va davlat tomonidan futbolni qo'llab-quvvatlagash sabab yarim finalga chiqish orqali taqdirlandi. Ko'pchilik natijaga erishish uchun 11 nafar futbolchi va bitta murabbiy bo'lsa kifoya, deb o'ylaydi. Lekin futboldagi muvaffaqiyat ko'plab kichik detallar va unga kiritiladigan qimmat sarmoyalardan iborat.

Futbol Marokashda eng mashhur sport turi, shuning uchun monarx Muhammad VI unga katta etibor qaratadi. Uning tashabbusi bilan 2009 yilda Afrikaning hech bir joyida analogi bo'lmagan futbol akademiyasi ochildi. U 30 gektar maydonda joylashgan bo'lib, uning qurilishiga 65 million dollar miqdorida katta mablag' sarflangan. U erda 13 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar shug'ullashadi.

Birinchi katta natijalar Marokashga darhol kelmadi. 2012 yilda terma jamoa O'zbekistondan pastroq bo'lib, FIFA reytingida 74-o'rinda joylashgan bo'lsa, terma jamoamiz 67-o'rinda edi. Endilikda Afrika terma jamoasi O'zbekiston terma jamoasidan sezilarli darajada yuqori – 22-o'rinda, termamiz esa 77-o'rinda.

SHu bilan birga, Marokash tarixi futboli hozirda endi tug'ilayotgan Qatarnikidan farq qiladi. Marokashda futbolning rivojlanish darajasi tarixan ancha yuqori bo'lib, hududiy joylashuvi tufayli ko'plab marokashliklar Evropada o'ynashadi. SHu legionerlarning katta tasiri tufayli Marokash terma jamoasi shunday natija qayd etdi.

Lekin bir narsa aniq: yaxshi futbol kelajagini taminlash uchun hozirdanoq futbolga sarmoya kiritish va ko'plab mayda narsalar natijaga tasir qilishini unutmaslik kerak. Natija esa ertami-kechmi keladi.


Emil Bekmuhamedov


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика