So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  11 18:37Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  13 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  23 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  10 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4

2012 yil "Andijon" bosh murabbiyiga kim 3ga3 taklif qilgan edi? "Metallurg" yoki "Lokomotiv"? Yangiliklar

2012 yil "Andijon" bosh murabbiyiga kim 3ga3 taklif qilgan edi? "Metallurg" yoki "Lokomotiv"?

2012 yili Andijonda ulkan rejalar tuzib, uzoq muddat faoliyat yuritishni maqsad qilib kelgan rossiyalik murabbiy Aleksandr Averyanov bir qiziq voqeani hikoya qilib bergandi.

Munosabatlarimiz hamon alo darajada va hozirgacha chetlatilishi nohaq bo'lgan deb hisoblaymiz. Klub byudjeti kamtarona ekanligi tufayli, chetdan o'yinchi olib kelishga urg'u bermay, mahalliy yigitlarga etibor qaratgandi. Ko'tarma puli emas, yakuniy natijadan kelib chiqib bonuslar to'lanishini shartnomaga kiritshga erishgandi. Hammasi bilan emas albatta. Hujumga Vladimir SHishelovni qo'shib olishgandi va ancha foydasi tegayotgandi. Baxtiyor Hamidullaevga nega ishonch bildirmaganligini tushunishimiz qiyin bo'lgan. Ammo tajribali insonning qarorlariga hurmat bilan qaraganmiz. Jamoa azolari yashil maydonda haqqoniy kurash olib borganliklari uchun raqiblardan engilganlarida ham muxlislar jamoaning o'yinidan norozi emasdilar. Aksariyat yosh ijrochilarni munosib tarbiyalab, oxirigacha kurashishni shakllantirishga erishayotgandi.

Nechanchi tur va qaysi jamoaga qarshi bahs ekanligini ochiqlamay qo'ya qolaylik. Bellashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun mehmondagi stadionga kirib kelib, raqib jamoa murabbiylari bilan salom-alik qilishadi. SHunda mezbon jamoadagi yordamchi ustozlardan biri Aleksandr Nikolaevichning oldiga kelib, "katta" 3x3 o'ynashga rozi bo'lganligini bildiribdi. SHunda rossiyalik murabbiy tushunmay, qayta so'rab, nima demoqchi ekanligi bilan qiziqqan. Suhbatdoshi tushuntirib, hozir andijonliklar jiddiy qarshiliksiz engilishsa, 2-davrada muammolarsiz 3 ochko ularga hadya etilishini izohlagan.

Bunday jirkanch o'yinlarda ishtirok etishni o'ziga or bilgan Averyanov taajjubini yashira olmay, nahotki shunday yaramas illat O'zbekiston futbolida borligidan ranjigan. Qatiy ohangda rad javobini qaytargan va andijonliklar yakunda durang qayd etishgan edi. Kelishuvchanlik avj olgan mavsumda bunday murabbiyga oliy ligada o'rin yo'q edi va bir amallab yo'qotishning ham uddasidan chiqilgandi. Agar oqimga qo'shilib "suzish"da davom etganlarida, barvaqt istefosi yuz bermasmidi? Hanuz shu haqda o'ylaymiz. Haqqoniy tarzda fikrlab, millionlar o'yiniga xiyonat qilmaydigan murabbiylar nega aksariyat hollarda chetda qolib ketayotganlarini tushungandek bo'lamiz", - deb yoziladi "Futbol Taym" telegram kanalida.


Malumot uchun, 2012 yil "Andijon" klubi birinchi davrada safarda ikkita uchrashuvda durang qayd etgan ekan. 1-turda Bekobodda "Metallurg" va 8-turda Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi bahslarda. 


Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика