So’nggi yangiliklar

14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  5 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. "Paxtakor" Skolari va Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etgandi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. "Paxtakor" Skolari va Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etgandi?

Video arxiv ruknida 2009 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvini yodga olamiz.

Bundan 11 yil oldingi mamlakat kubogi finalida "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari to'qnash kelishgan. Ushbu to'qnashuv 2007 yilda boshlangan bo'lib, dastlabki finalda ("Loy jangi") "Paxtakor" penaltilar seriyasida g'olib bo'lgan, 2008 yilda esa Anvar Solievning qo'shimcha taymlarda urgan gollari evaziga "Bunyodkor" kubok sohibi bo'lgan. Uchinchi to'qnashuv ham oldingilaridan aslo qolishmagan edi.

Avgust oyining sakkizinchi sanasida "Paxtakor" stadioni muxlislar bilan deyarli to'lgandi. Ikkala jamoa muxlislari ilk daqiqalardanoq shiddatli hujumlar guvohiga aylanishgan. Ikkala jamoa ham gol urish uchun ilk soniyalardan oldinga o'tishgan. 

10-daqiqada Aleksandr Geynrix Ignatiy Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotganida Xayrulla Karimov bilan to'qnashadi. Bosh hakam Marat Ismoilov ushbu vaziyatda Karimovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatadi va "qaldirg'ochlar" uchrashuvning 10-daqiqasidanoq 10 kishi bo'lib qolishadi. "Bunyodkor" ustozi Luiz Felipe Skolari hujumchi Xose Luis Vilyanueva o'rniga himoyachini tushirishga majbur bo'ladi.

35-daqiqada bahs taqdirini hal qilgan gol uriladi. Murod Xolmuhammedov autdan to'pni to'g'ri jarima maydoniga otib beradi, himoyachilar qaytargan to'p bo'sh turgan Stanislav Andreevga boradi, u darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oladi - 1:0.

Ikkinchi taymda Rivaldo boshchiligidagi "Bunyodkor" har qancha urinmasin gol ura olmagan va kubok "Paxtakor"ga nasib qilgan. "SHerlar" bir yil oldingi mag'lubiyat alamini shunday olishgandi.





«PAXTAKOR» - «BUNYODKOR» - 1:0 (1:0)
08.08.2009. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 27 543 tomoshabin

Hakamlar:
Marat Ismoilov-8,5; Aleksey Mironov-9,0; Mamur Saidqosimov-9,0; Baxtiyor Tog'aev-8,0
Nazoratchi: Rahim Mo'minov

Gol: Stanislav Andreev (35).

«PAXTAKOR»: Temur Jo'raev (Erkin Jabborov 78), Ilhom Suyunov, Anzur Ismoilov, Boyan Miladinovich, Murod Xolmuhammedov, Darko Markovich, Akmal Xolmatov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev (Ildar Magdeev 68), G'ulom O'runov, Aleksandr Geynrix (Farxod Tojiev 83)

«BUNYODKOR»: Ignatiy Nesterov, Sahob Jo'raev (Viktor Karpenko 73), Xayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Aziz Haydarov, Joao Viktor, Jasur Hasanov, Server Jeparov (Anvar Soliev 46), Edson Ramos, Rivaldo, Xose Luis Vilyanueva (Ruslan Melziddinov 16)

Ogohlantirishlar: Server Jeparov 20, Odil Ahmedov 35, Ilhom Cuyunov 45, Jasur Hasanov 85, Anvar G'ofurov 87, Ruslan Melziddinov 87, Erkin Jabborov 88, Edson Ramos (uchrashuv yakunlangach).

CHetlatishlar: Xayrulla Karimov 10, Ilhom Suyunov 87 (2SK)


VIDEO NAMOYISHI 10:00DA BOSHLANADI




Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика