2007 yildan beri ilk bor “Oltin butsa” A Seriya vakiliga nasib etdi
01 avg 2020 19:20
Yangiliklar
2007 yildan beri ilk bor “Oltin butsa” A Seriya vakiliga nasib etdi
Biroz oldin, “Lacio” forvari CHiro immobilening 2019/20 yilgi mavsum “Oltin butsa” sohibiga aylangani haqda xabar qilgandik.
Immobile mazkur sovrinni qo'lga kiritgan A Seriya tarixidagi 3-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunga Luka Toni – 2006 (“Fiorentina”, 31 gol) va Franchesko Totti – 2007 (“Roma”, 26) erishgandi.
Eslatib o'tamiz, CHiro Italiya chempionatining joriy mavsumida 36 o'yinda qatnashib, 35 ta to'p kiritdi va 10 golga hammualliflik qildi. SHuningdek, u bugun “Napoli”ga qarshi safardagi bahsda maydonga tushsa, o'z natijasini yanada yaxshilab olishi mumkin.
Fikrlar