So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

2002 yilgi mundialda shov-shuv ko'targan Turkiya va o'sha murabbiy haqida Yangiliklar

2002 yilgi mundialda shov-shuv ko'targan Turkiya va o'sha murabbiy haqida

Ertaga, 2 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi Alanya shahrida Turkiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Odatimizga ko'ra bo'lajak raqibimiz haqidagi malumotlarni taqdim etamiz.

Turkiya terma jamoasi o'z tarixini 1923 yildan boshlab yuritib keladi. Turklar 1950 yildan boshlab mundial saralashida ishtirok eta boshlashdi. O'sha yil Braziliyadagi Jahon chempionati saralashida Suriya 7:0 hisobida mag'lub etilgan va yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Biroq moliyaviy muammolar tufayli Turkiya mundialga bormagan.

1954 yil Ispaniyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Turkiya debyut qilgan. Qizig'i turklarning taqdirini oddiygina tanga hal qilgan. Saralashda Ispaniyaga qarshi ilk o'yinda imkoniyat boy berilgan, safarda esa g'alaba qozonilgan. Qo'shimcha o'yinda esa 2:2 hisobi qayd etilgan. O'sha paytlarda penaltilar seriyasi bo'lmagani bois mundial yo'llanmasi oddiygina tanga tashlash yo'li bilan aniqlangan. Omad Turkiyaga kulib boqqan.

Jahon chempionati guruh bosqichida Germaniyaga 1:4 hisobida imkoniyat boy berilgan. Ikkinchi turda Janubiy Koreya 7:0 hisobida tor-mor etilgan. Guruhdan chiqish o'yinida nemislarga yirik hisobda imkoniyat boy berilgan - 2:7.

1960-1990 yillarda Turkiya terma jamoasi Evropa qitasida o'rtamiyonalardan biri bo'lgan. Bu davr mobaynida terma jamoa na Evropa, na Jahon chempionatiga chiqqan. Turkiya birinchi marta 1996 yilgi Evropa chempionatiga chiqa olgan.



Turkiya terma jamoasining eng yorqin davri 2002 yilgi mundialga to'g'ri keladi. SHenol Gyunesh boshchiligidagi jamoa Xoqon SHukur, Rushtu Rejber, Ilhan Mansiz, Hasan SHosh, Yildiray Boshturk, Umit Davala kabi futbolchilar bilan birga mo'jiza ko'rsatib yarim finalga qadar etib borgandi. Malumot uchun, bugungi kunda ham terma jamoani SHenol Gyunesh boshqarib bormoqda Uchinchi o'rin uchun bahsda turklar mezbonlardan biri Janubiy Koreyani mag'lub etib bronza medallariga ega chiqqan edi. Ushbu uchrashuvda Xoqon SHukur 11-soniyada gol urgan va bu gol hozirgacha Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'lib turibdi.

2008 yilgi Evropa chempionatida ham Turkiya yarim finalga chiqqan. Ushbu musobaqada jamoani Fotih Terim boshqargan edi. Bu safar Arda Turan, Nihat Qahvachi, Emre Belozog'lu, Semih SHenturk, Mehmet Topal kabi yangi avlod o'zini ko'rsatgandi.

Turkiyaning eng so'nggi katta musobaqasi EVRO-2016 bo'lib turibdi. Biroq Franciyada o'tgan qita chempionatida turklar guruhdan chiqa olishmadi.

Ayni paytda SHenol Gyunesh boshchiligidagi Turkiya 2020 yilgi Evropa chempionati saralashida ishtirok etmoqda. Jamoa "H" guruhida Franciya, Albaniya, Islandiya, Andorra va Moldova bilan kurash olib bormoqda. Dastlabki ikki tur ortda qolgan. Turkiya safarda Albaniya (2:0) va o'z uyida Moldovani (4:0) taslim qilishga erishdi. Iyun oyida jamoani jiddiy sinov kutib turibdi. Dastlab 8 iyun kuni o'z maydonida Jahonning amaldagi chempioni Franciya bilan, 11 iyun kuni Reykyavikda Islandiya bilan o'yinlar bo'ladi. Saralash bahslari shu yilning noyabr oyida yakuniga etadi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar keyingi yilgi Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Bugungi kunda Emre Belozog'lu, Xoqon CHalxonoglu, Burak Yilmaz, Jenk Tosun, Jengiz Under kabi yulduzlar to'p tepishmoqda.


TURKIYA FUTBOL FEDERACIYASI
Tashkil topgan:
1923 yil
FIFAga azo bo'lgan: 1923 yil
UEFAga azo bo'lgan: 1962 yil
Prezidenti: Yildirim Demiro'ren
Sayt: www.tff.org


TURKIYA TERMA JAMOASI
Laqabi: "Oy yulduzlari"
Konfederaciya: UEFA
Bosh murabbiy: SHenol Gyunesh
Sardor: Emre Belozog'lu
Eng ko'p o'yin o'tkazgan: Rushtu Rejber (120)
Eng ko'p gol urgan: Xoqon SHukur (51)
FIFA kodi: TUR
FIFA reytingi: 39 (2019 yil, aprel)
Eng yuqori o'rni: 5 (2004 yil, iyun)
Eng pastki o'rni: 67 (1993 yil, oktyabr)

Birinchi rasmiy o'yini:
Turkiya - Ruminiya 2:2 (1923 yil 26 oktyabr)

Eng yirik g'alabasi:
Turkiya - Suriya 7:0 (1949)
Turkiya - Janubiy Koreya 7:0 (1954)
Turkiya - San-Marino 7:0 (1996)

Eng yirik mag'lubiyati:

Polsha - Turkiya 8:0 (1968)
Turkiya - Angliya 0:8 (1984)
Angliya - Turkiya 8:0 (1987)

Jahon chempionati
Ishtiroklar soni: 2 marta (birinchisi 1954)
Eng yaxshi natijasi: 3-o'rin (2002)

Evropa chempionati
Ishtiroklar soni
: 4 marta (birinchisi 1996)
Eng yaxshi natijasi: yarim final (2008)

Konfederaciyalar kubogi
Ishtiroklar soni:
1 marta (2003)
Eng yaxshi natijasi: Uchinchi o'rin (2003)



SHENOL GYUNESH
Tug'ilgan sanasi
: 1 iyun 1952 yil
Tug'ilgan joyi: Trabzon, Turkiya
Futbolchilikdagi ampluasi: Darvozabon
O'ynagan klublari: "Sebat Genchlik" (1970-1972), "Trabzonspor" (1972-1987).
Turkiya terma jamoasida 31ta o'yin o'tkazgan (1975-1987 yillar).

Boshqargan jamoalari: "Trabzonspor", "Boluspor", "Istanbulspor", "Antalyaspor", "Sakaryaspor", "Seul", "Bursaspor", "Beshiktosh", Turkiya MTJ.

Futbolchilikdagi sovrinlari:
"Trabzonspor"
Turkiya chempioni - (6): 1975/76, 1976/77, 1978/79, 1979/80, 1980/81, 1983/84
Turkiya kubogi sohibi (3): 1976/77, 1977/78, 1983/84
Turkiya Superkubogi sohibi (3): 1975/76, 1977/78, 1984/85

Murabbiy sifatidagi sovrinlari:
"Trabzonspor"

Turkiya vice-chempioni (4): 1994/95, 1995/96, 2004/05, 2010/11
Turkiya kubogi sohibi (2): 1994/95, 2009/10
Turkiya Superkubogi sohibi (2): 1995, 2010

"Seul"
Janubiy Koreya vice-chempioni: 2007/08

Turkiya terma jamoasi
Jahon chempionati-2002 - bronza medal sohibi
Konfederaciyalar kubogi-2003 - bronza medal sohibi

"Beshiktosh"
Turkiya chempioni (2): 2015/16, 2016/17

SHaxsiy sovrinlari:
UEFA talqiniga ko'ra yil murabbiyi - 2002
Turkiyaning "Buyuk xizmatlari uchun" medali sohibi - 2002



SHenol Gyunesh faoliyatining avvalida "Erdogdu Genchlik" havaskorlar jamoasida darvozabon bo'lgan. Keyinroq "Trabzonspor"ga ko'chib o'tgan va 15 mavsum davomida ushbu klub bilan birga 6 marta Turkiya chempioni bo'lgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach SHenol qadrdon klubida yordamchi murabbiyga aylangan. 1994 yilda esa "Trabzonspor"ning bosh murabbiyi etib tayinlangan. 1996 yilgi mavsum so'nggida "Fenerbaxche"dan 2 ochko kam to'plab chempionlikdan quruq qolgani uchun SHenol klubni tark etgan. SHundan keyin u "Boluspor", "Istanbulspor", "Antalyaspor" va "Sakaryaspor" kabi klublarda ishladi.

2000 yil Gyunesh ko'pchilik uchun kutilmaganda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Aynan uning boshchiligida turklar 48 yillik tanaffusdan so'ng yana Jahon chempionatiga chiqishgandi. Yuqorida aytganimizda 2002 yilgi mundialda Turkiya bronza medallariga ega chiqqan, Gyunesh yil so'nggida UEFA tomonidan yil murabbiyi deb topilgandi.

Turkiya 2004 yilgi Evropa chempionatiga chiqish uchun pley-off bahsida Latviyaga yutqazib qo'ygan va Gyunesh istefoga chiqarilgandi. SHundan keyin u faoliyatida uchinchi bor "Trabzonspor" bosh murabbiyiga aylandi. 2007 yilda esa ilk bor xorijda, aniqrog'i Janubiy Koreyaning "Seul" klubida ish boshladi. Koreyadagi uch yillik faoliyatidan keyin yana "Trabzonspor"ga qaytdi. 2015 yildan buyon "Beshiktosh" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Aynan shu klub bilan ikki marta mamlakat chempioniga aylandi.

2019 yilning 28 fevral kuni Turkiya futbol Federaciyasi SHenol Gyunesh 1 iyuldan yana mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishini elon qildi. Biroq mart oyidayoq Gyunesh terma jamoadagi ishini boshlab yubordi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика