So’nggi yangiliklar

22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  3 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  17 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  28 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   24 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  20 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0

2 yilda "Bunyodkor-2"dan ECHLgacha... MTJning uzoq yillik "qalqoni" Yangiliklar

2 yilda "Bunyodkor-2"dan ECHLgacha... MTJning uzoq yillik "qalqoni"

Har bir ishda hikmat bor.

Bugun siz bilan ro'y bergan va sizga yoqmaydigan ish boshqa bir muvaffaqiyatingizga sabab bo'lishi mumkin. Buni o'sha pallada anglab bo'lmaydi, hammasini vaqt ko'rsatadi.

Bugungi qahramonimiz 2021 yilda "Bunyodkor-2" jamoasiga o'tkaziladi. SHundan so'ng 17 yoshli futbolchini "Bunyodkor" akademiyasidan  Belarusga olib ketishadi. Bu qaror uning kelajagi uchun tashlangan juda katta qadam bo'lib chiqdi. U 18 yoshga to'lmagani sabab "Energetik-BGU" tarkibida o'ynay olmasdi. To 18ga to'lgunicha himoyachi Vladimir Belyavskiy hamda Anatoliy Yurevich qo'l ostida mashg'ulotlarda katta mehnat qildi va faqat o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushib turdi. Mana shu taxminan yarim yillikda olingan jismoniy yuklamalar uning hozirgi holatida muhim rolni o'ynamoqda. Yani,u ishonch bildirilmagan joydan umuman boshqa joy va muhitga ketdi. Bu esa unga ijobiy tasir qildi. U jismonan etuk futbolchiga aylanib bordi. 18 yoshga to'lganidan keyin u "Energetik-BGU" asosiy tarkibida tusha boshladi va qisqa muddat ichida jamoa etakchilaridan biriga aylandi. Gap kim haqida ketayotganini allaqachon anglagandirsiz...

Abduqodir Husanov 2 yil ichida "Bunyodkor-2" jamoasidan O'zbekiston MTJ darajasiga chiqdi. Juda qisqa muddat... 


Abduqodir jismonan baquvvat, o'yinni yaxshi o'qiy oladi, tezligi markaziy himoyachi uchun zo'r, bosh bilan yaxshi o'ynaydi, "korpus"da ham zo'r. 30-40 metrga aniq pas bera oladi, bu qadrlanadigan jihat. Uning ko'rsatkichlari barcha talablarga javob beradi.

Husanov Belarusdagi o'yinlari bilan tez ko'zga tashlandi, unga qishdayoq ko'plab takliflar bo'ldi. Ammo, futbolchi va uning vakillari (agentlari) ketishga biroz erta deb hisoblashdi va o'tgan mavsumni "Energetik" tarkibida tugatishga qaror qilishdi. 2022 yilning 8 sentyabr kuni Vengriyada Evropa ligasidan o'rin olgan "Ferencvarosh" - "Trabzonspor" (3:2) uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish nasib qilgandi. O'shanda Stanislav CHerchesov boshqaruvidagi "Ferencvarosh" ham Abduqodirga qiziqish bildirgan. Himoyachi ular safiga o'tgan taqdirda birinchi mavsumni klubning 1-diviziondagi jamoasida o'tkazishi, faqatgina 2-mavsumdan asosiy jamoaga o'tkazilishi nazarda tutilgan. Mana shu punkt sabab vengriyaliklarga o'sha zahoti rad javobi berilgan. "Energetik"da asosiy o'yinchi bo'lib turgan futbolchini "Ferencvarosh" ikkinchi jamoasiga olib borishdan mano yo'q edi. Husanovga qishda va ungacha bo'lgan qiziqishlarni hammasini yozib o'tirishim shart va muhim emas.


Belarusda mamlakat vice-chempioni bo'lgan Abduqodir O'zbekiston U-20 terma jamoasi azosi edi. Yanvar oyidan boshlab olimpiya terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze uni jiddiy kuzata boshladi va OTJga chaqirmoqchi bo'ldi. Ammo, Ravshan Haydarov oldinda U-20 Osiyo chempionati va JCH borligi sabab uning terma jamoasidagi yigitlarni OTJga chaqirmay turishni iltimos qiladi. SHu tariqa, Husanovning OTJ yig'iniga chaqiruvi keyinroqqa suriladi.

Husanov O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'ladi. Keyin U-20 Jahon chempionatida qatnashib qaytadi. Mundialdan qaytib biroz dam olgach uni olimpiya terma jamoamizga chaqirmoqchi bo'lib turishganida milliy terma jamoamiz ustozi Srechko Katanec MTJ yig'iniga chaqiradi. Mana bu jiddiy qadam edi, U-20 terma jamoasidan keyin darhol MTJga. SHu o'rinda Katanecni Husanov va Fayzullaevni bosh jamoaga chaqirgani uchun minnatdorchilik bildirib qo'ysa bo'ladi. Ularni har ikkisi "CAFA" musobaqasida ishonchni oqladi deyish mumkin. Bugungi kunda u OTJ va MTJ uchun ajoyib topilma.

MTJda "CAFA Nations Cup-2023"da o'z o'yini bilan muxlislar mehrini qozondi. Xotirjam va jismonan kuchli. Turkmanistonga qarshi o'yinda  elkama-elka kurashda raqibni qanday uchirib yuborganini 4-5 metr masofada o'z ko'zim bilan ko'rgandim va o'sha kadrni tarixga ham muhrlab qo'yganman. Maqolaning bosh suratida o'sha epizod aks etgan.


SHu erda Abduqodirning Belarus chempionatidagi ayrim statistikalarini keltirib o'tishni maqul bildim. Quyida keltiradigan statistikalarimning barchasi "wyscout" platformasidan olingan va Belarus chempionatining o'tgan mavsumiga oid. A.Husanovning Belarus chempionati-2022dagi statistikalari:

- To'pni olib qo'yish va to'pga egalik qilish bo'yicha butun chempionatdagilar orasida uchinchi. O'rtacha 90 daqiqada 16.61 marta buni uddalagan;

- Kontrpressingda to'pni qaytarishda Belarus chempionatida to'rtinchi eng yaxshi ko'rsatkich: har 90 daqiqada 7.38 marta buni uddalagan;

- To'pni uzatishning o'rtacha uzunligi (metr) - 25.54 m. Bu borada chempionatda beshinchi. Yuqorida Husanov uzoq masofaga aniq bera olishi haqida yozgandim, bu statistika ana o'sha fikrning isboti;

- 54 bor yakka kurashda ustun kelgan, 39 marta havodagi yakka kurashda yutib chiqqan.

O'zbekiston MTJ tarkibida "CAFA Nations Cup-2023"dagi 3ta o'yindagi paslar aniqligi: O'mon bilan o'yin (3:0)da 11 daqiqa o'ynagan va paslar aniqligi 100 foiz. Turkmaniston bilan o'yin (2:0)da to'liq harakat qilgan paslar aniqligi 90.1 foiz. Tojikiston bilan bahs (5:1)da to'liq o'ynagan va paslar aniqligi 92.3 foiz.


Ushbu yozning o'zbek futboli bilan bog'liq eng katta bomba transferi ham aynan Abduqodir Husanov bilan bog'liq bo'ldi. 19 yoshli himoyachimiz Franciyaning amaldagi vice-chempioni "Lans" tarkibiga borib qo'shildi. Bu o'tish haqiqiy shov-shuv bo'ldi. Abduqodirga nafaqat "Lans", balki "Sautgempton", "Fulxem", "Sevilya", "Beshiktosh", "Fenerbaxche", "Sochi" va qator nisbatan kichik klublardan jiddiy takliflar bo'ldi. Aynan francuz klubi varianti tanlanishida jamoa bosh murabbiyi va rahbariyati asosiy rolni o'ynadi deyish mumkin. Bosh murabbiy Frank Ezning shaxsan o'zi futbolchi va uning agentlari bilan suhbatlashgan. Aynan o'sha suhbat transferda muhim ahamiyat kasb etgan. Murabbiy Husanovni asosiy tarkibda ko'rayotganini aytgan va himoyaning qaysi joyida qanday o'yin kutishini tushuntirgan. Yani, bosh murabbiyning shaxsan o'zi uni jamoasida ko'rishni va asosiy tarkibda o'ynatishni xohladi. Bu esa yangi jamoa tanlashda eng muhim omil hisoblanadi. Boz ustiga "Lans" yangi mavsum Evropa CHempionlar ligasida o'ynaydi. Tasavvur qilyapsizmi, Evropaning katta stadionlarida ECHL madhiyasi yangraydi va u erda o'zbek futbolchisi ham to'p tepadi. Bu har birimiz uchun faxr.


Abduqodir "Lans"da boshqa jamoaga ijaraga berib yuborish uchun emas, asosiy tarkibda o'ynash uchun bordi. SHaxsan o'zim uning keyingi jamoasi Evropaning TOP klubi bo'lishini kutyapman. U buni uddalaydi. O'zbekiston U-20 terma jamoasida u bilan ishlagan murabbiylardan biri bilan suhbatlashganimda Husanov haqiqiy professional va "yulduzlik kasali" yo'q futbolchi ekanligini aytgandi. Mashg'ulotlarda bir og'iz ortiqcha gap gapirmaydi va jimgina ishlab ketadi deya ishga munosabatini ham, xarakterini ham juda maqtadi.

Abduqodir xuddi Anzur Ismoilov kabi milliy terma jamoaning uzoq yillik asosiy himoyachisi bo'ladi. Parij olimpiadasi yo'lida OTJ tarkibini ham kuchaytirib berishi turgan gap. Faoliyatining yangi bosqichida Husanovga omad va zafarlar tilab qolamiz. O'zbek futbolining yangi "qalqoni"!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика