So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  3 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

2 kun qoldi. "Nasaf" final ostonasida Yangiliklar

2 kun qoldi. "Nasaf" final ostonasida

Qarshinining "Nasaf" klubi 10 yillikdan tanaffusdan keyin OFK kubogida takror zafar quchishi mumkin.

Ha, klubning moliyaviy holatini oldingisi bilan taqqoslab bo'lmaydi, tarkibda yulduzlar yo'q. Ammo musobaqadagi barcha raqiblaridan iliqroq taassurot qoldirayotgan "ajdarlar" uchun finalgacha 1 qadam qoldi. Buning uchun 20 oktyabr kuni "Markaziy" o'yingohda Gongkongning "Li Man" jamoasi taslim qilinishi kerak.

Nasaf Qarshi

AFC Cup Final Stage . Semi Finals-tur

20/10/2021, 19:00

2
:
3
Finished AET

Lee Man FC

45'
90'

Raqib nomdor emas. Buning ustiga "Mohun Bagan" darvozasiga 6 ta gol urgan Berdiev shogirdlarini Superligada ham to'xtatib bo'lmayapti. Jamoa haqiqatan  ham ajoyib formada. 

Biroq, futbolning yozilmagan qoidalariga ko'ra, xotirjamlikka berilgan yoki bir lahzaga "balans"ni yo'qotgan tomon darhol "tarsaki" qabul qilib oladi. Bunday holatga "Nasaf" futbolchilari "Ahal"ga qarshi o'yinda duch kelishgan edi.

"Li Man" klubini oldingi turdagi "Mohun Bagan"ga qiyoslash xato bo'ladi. Garchi jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilmagan bo'lsa-da, gonkongliklar tarkibida yarimta imkoniyatdan bitta gol yasay oladigan 2 nafar legioner bor. Gap 30 yoshli braziliyalik hujumchi Jil hamda 33 yoshli argentinalik xavbek Jonatan Akosta haqida boryapti. Bu futbolchilar tandemi "Nasaf" himoyachilari uchun ancha muammolar yaratishi mumkin.

Bilamiz, Ro'ziqul Berdiev hech qachon raqiblariga past nazar bilan qaramaydi. Umid qilamizki, u ayni paytda ajoyib sport formasida bo'lib turgan shogirdlarini o'yinga ruhan tayyorlashda xatoga yo'l qo'ymaydi. Zero, "Nasaf" futbolchilari xotirjamlikka berilishmasa, final yo'llanmasi muqarrardek tuyulmoqda. Muhimi, koncentraciyani yo'qotmaslik kerak.

Norchaevning kumiri kim? Uning gollari otasini xursand qilmadimi?

Muallif :
Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика