So’nggi yangiliklar

21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  0 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  10 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  8 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  5 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  6 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  4 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2

"Superligada 2-3 o'rinlarni o'ylayotganimiz yo'q. Men uchun jamoadagi hamma eng zo'ri" - "Navbahor" hujumchisi kubok,chempionlik va vodiy derbisi haqida Yangiliklar

"Superligada 2-3 o'rinlarni o'ylayotganimiz yo'q. Men uchun jamoadagi hamma eng zo'ri" - "Navbahor" hujumchisi kubok,chempionlik va vodiy derbisi haqida

CHempionlik uchun kurashda davom etayotgan "Navbahor" kecha Farg'onada muhim uch ochkoga ega chiqdi.

"Istiqlol" stadionida "Neftchi" bilan kechgan vodiy derbisida omad namanganliklarga kulib boqdi. Uchrashuvda "Navbahor"ning g'alaba goliga Zoran Marushich mualliflik qildi. O'yindan so'ng serbiyalik hujumchining fikrlari bilan qiziqdik. Marushich kecha Superligadagi sakkizinchi golini urdi. 

Neftchi

Fozil Musayev - 4'

Superliga. 22-tur

18/10/2022, 18:30

2
:
1
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 29', Zoran Marushich - 64'

45'
90'
4'  Fozil Musayev
29'  Jamshid Iskanderov
64'  Zoran Marushich

- Kechagi bahs ko'proq qaysi jihatlari bilan yodda qoldi? Umuman derbi qanday taassurot qoldirdi?

- Mazkur bellashuvda jamoa va muxlislarni boshqa uchrashuvlarga qaraganda o'zgacha hissiyotlar qamrab oladi. CHunki  derbi, degan nomi bor. Stadiondagi futbol muhitidan malum ediki, o'yin muxlislarda katta hurmat uyg'otgandi. Yomg'ir va noqulay havo ularga aslo to'sqinlik qila olgani yo'q. Yakunda biz o'z ishqibozlarimizga xursandchilik keltirdik. G'alaba doim yoqimli. 


Coca Cola Superligasi. Vodiy derbisida "Navbahor" mehmonda "Neftchi"dan ustun keldi


- Orada malum vaqt zaxirada qolishingizga to'g'ri keldi. O'rningizda Aleksandr Kasyan harakat qildi. Bu nima bilan bog'liq edi?

- Jarohatim bilan bog'liq muammolarim bor edi. Murabbiy bilan maslahatlashib tavakkal qilmay, dam olgan maqul, degan qarorga keldik. "Dinamo" bilan o'yinni o'tkazib yubordim. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. 

- "Navbahor"da chempionatni ham, kubokni ham yutish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan. Sizningcha qaysi sovrin muhimroq?

- Biz mavsum boshidanoq oldimizga katta maqsad qo'yganmiz. Qo'limizdagi imkoniyatni qochirib yuborish niyatida emasmiz. Ikki frontda kurash oxirigacha davom etadi. 

- Superligada 2-3 o'rinlar qanchalik qoniqtiradi?

- Kubok va chempionatda oldimizga qo'ygan maqsadimizga jamoadagilar bilan birgalikda erishishimiz mumkin. Namanganga 2ta kubok va quvonch keltiramiz, degan umiddaman. 2-3 o'rinlar haqida o'ylayotganimiz yo'q. 

- "Navbahor" tarkibida qaysi futbolchi bu yil eng yaxshi bo'lishga munosib?

- Ayni damda shu jamoadagi hamma eng zo'ri. CHunki barchamiz bitta vazifa yo'lida mehnat qilyapmiz. Mag'lubiyat va  g'alabani birga qabul qilamiz. Men uchun chempionat oxirigacha shunday bo'lib qoladi. 

- Mavsum yakunlanmoqda. Bu pallada o'ziga yarasha xulosalar chiqarish, avvalgi o'ynagan ligalaringiz bilan taqqoslashingiz mumkin. Gruziya va O'zbekiston chempionati o'rtasida qanday tafovut sezdingiz?

- Buni hamma o'ziga hos tarzda ko'radi. SHuning uchun solishtirish qiyin. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика