So’nggi yangiliklar

14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   4 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  9 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  2 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   14 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  19 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7

1982 yildan buyon Jahon chempionatlarining har bir finalida "Inter" futbolchisi o'ynagan + FOTO Yangiliklar

1982 yildan buyon Jahon chempionatlarining har bir finalida "Inter" futbolchisi o'ynagan + FOTO

Xabaringiz bor, keyingi yil Rossiyada futbol bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ana shu mundialga yo'l olish uchun kurashmoqda. Hozir esa to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi finallariga oid bitta qiziqarli faktni suratlar yordamida etiboringizga havola etamiz.

Demak, 1982 yilgi Jahon chempionatidan buyon har bir final o'yinida albatta "Inter" o'yinchisi to'p tepib kelmoqda. Bular:

1982 - Juzeppe Bergomi (Italiya)
1986 - Karl-Xaync Rummenigge (Germaniya Federativ Respublikasi)
1990 - Yurgen Klinsman (Germaniya Federativ Respublikasi)
1994 - Nikola Berti (Italiya)
1998 - Ronaldo (Braziliya)
2002 - Ronaldo (Braziliya)
2006 - Marko Materacci (Italiya)
2010 - Uesli Sneyder (Gollandiya)
2014 - Rodrigo Palasio (Argentina)

JCH-1982. Final. Italiya - Germaniya FR 3:1. Juzeppe Bergomi 3-raqamda.

JCH-1986. Final. Argentina - Germaniya FR 3:2. Karl-Xaync Rummenigge argentinaliklar sardori Diego Armando Maradona bilan, o'sha finalda Rummenigge gol ham urgan.


JCH-1990. Final. Germaniya FRArgentina 1:0. O'sha paytda "Inter" futbolchisi hisoblangan Yurgen Klinsman mundialda 3ta gol urish bilan birga ramziy terma jamoadan ham o'rin olgan.

JCH-1994. Final. Braziliya - Italiya 0:0 (penaltilar seriyasi - 3:2). Nikola Berti Braziliyaning o'ng qanot himoyachisi Kafuga qarshi.

JCH-1998. Final. Braziliya - Franciya 0:3. Ronaldo o'sha finalda mag'lub bo'lgan, lekin mundialda 4ta gol urishga muvaffaq bo'lgan va eng yaxshi o'yinchi deb tan olingan. Va albatta ramziy terma jamoaga kiritilgan.

JCH-2002. Final. Germaniya - Braziliya 0:2. Ronaldo o'sha finalda dubl qayd etgan. Butun musobaqa davomida esa 8ta gol bilan to'purar bo'lish bilan birga ramziy terma jamoaga ham kiritilgan.

2002 yilgi finaldan keyin afsonaviy Ronaldoni futbol qiroli hisoblangan boshqa bir afsona Pele tabriklamoqda.


JCH-2006. Final. Italiya - Franciya 1:1 (penaltilar seriyasi - 5:3). Materacci o'sha finalda Italiya uchun hammadan ham foydali futbolchi bo'lgan. O'yinda Zidanning 7 daqiqada penaltidan kiritgan goliga 19 daqiqada javob qaytargan va hisobni tenglashtirgan. Keyin esa o'yindan keyingi penaltilar seriyasida ham gol urgan va ...


Va Franciyaning asosiy yulduzi Zinedin Zidanning qizil kartochka olishiga sababchi bo'lgan. Rahmatli Xojiboy Tojiboev aytib ketganday, Zidanning "kallasi"ni hozirgacha hamma eslab turadi.


JCH-2010. Final. Gollandiya - Ispaniya 0:1. O'sha yili Uesli Sneyder "Oltin to'p"ni olish uchun eng munosib futbolchi edi. U "Inter" bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqqan, keyin Jahon chempionatida Gollandiya bilan kumush medallarini qo'lga kiritgan. Har ikki frontda ham Sneyder eng asosiy etakchi rolini bajargan. Mundialda 5ta gol urgan va ramziy terma jamoaga ham kiritilgan.


JCH-2014. Final. Germaniya - Argentina 1:0. O'sha paytda "Inter"ning asosiy tarkibida to'p tepgan Palasio terma jamoada zaxiradan o'yinga qo'shiladigan futbolchi bo'lgan.


Bu surat esa bonus sifatida ;)


GettyImages suratlari va FourFourTweet malumotlari yordamida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика