So’nggi yangiliklar

12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  0 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  0 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  23

19 yoshli Deyan Kulusevski Pavel Nedveddan ham qimmat. Nega?! Yangiliklar

19 yoshli Deyan Kulusevski Pavel Nedveddan ham qimmat. Nega?!

SHved o'tgan mavsum A Seriyada debyut qilgan edi.

— Messi yoki Ronaldu?
— Messi.
— Totti yoki Del Pero?
— Totti.

Aftidan, barchasi Deyan Kulusevski uchun ham kutilmaganda sodir bo'ldi. 28 dekabr kuni SHveciyaning SVT Sport kanalining internet saytida bir futbolchi bilan blic-intervyu bo'lib o'tdi. Aslida u savollarga "Yuventus"ning bo'lajak o'yinchisi sifatida javob bermagandi. "Yuve" unga qiziqish bildirayotgani haqidagi gap-so'zlar kuzda tarqagan, biroq o'yinchiga katta qiziqish bildirgan klub "Inter" bo'lgandi.

19 yoshli Kulusevski nima uchun Milan klubiga emas, aynan Turin jamoasi safiga o'tganiga 2ta sabab bor (aprelda 20 yoshga qadam qo'yadi). Birinchidan, "Inter" go'yoki qishda transferni amalga oshirishga imkoni yo'qligi, shuning uchun yozgacha kutib turishlarini so'ragan. Ikkinchidan esa, Deyan ikkilandi — Antonio Kontening 3-5-2 sxemasida o'zini ko'ra olmadi chog'i.

Ikkala variant ham biroz shubhali: "Yuventus" "Atalanta"ga 35 mln evro to'laydi, ammo beshga bo'lib-bo'lib beradi. Kulusevski o'tgan yozda o'ng qanot vingeri poziciyasida (avval qanotda umuman harakatlanmagan) o'ynash uchun "Parma"ga o'tgan edi. "Bu dunyodagi eng buyuk klublardan biri. Futbol o'ynashni boshlasang, albatta, "Yuve" safida harakatlanishni orzu qilasan. Bunday imkonga ega bo'lishimni eshitgan zahotim, o'ylab ham o'tirmay rozilik berdim", — deydi Kulusevski.


Kulusevski ilk bor A Seriyada bir yil avval paydo bo'ldi. Nega u bunchalik qimmat?

Kulusevski A Seriyada o'tgan yil yanvar oyida debyut qilgan. O'shanda u "Atalanta" safida "Frozinone"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan. SHved mavsum so'ngiga qadar yana ikkita bahsda ishtirok etdi va umumiy 103 daqiqa o'ynadi. Jan Pero Gasperini 2018 yil noyabrda "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida Deyanning birinchi jamoada paydo bo'lganini shunday tariflagan: "Keyingi safar Kulusevski debyut qiladi. U to'p bilan ajoyib harakatlanadi. Uning paslari juda yaxshi, faqat zarba berish ustida ishlashi kerak. Biroq yosh iqtidor sohibi birinchi jamoasi bilan bir necha oy mashq qilganidan keyingina uni tayyor o'yinchi deb hisoblash mumkin. Og'ir sharoitlarda insonning haqiqiy xarakteri namoyon bo'ladi".

Gasperini ilk bahsdan so'ng yosh futbolchini maqtadi: "Men juda tasirlandim. Uning darajasiga shubham qolmadi. Aql, jismoniy kuch va qatiyat — bularning barchasi unda mujassamLekin uning poziciyasida (hujumkor markaziy yarim himoyachi) Gomes o'ynaydi, shuning uchun biroz sabr qilishga to'g'ri keladi. Ammo tez orada Deyan maydonga iloji boricha ko'proq tushishiga ishonchim komil".

2016 yil. "Atalanta" Kulusevskini SHveciyaning "Brommapoykarna" yoshlar jamoasidan topgan va o'yinchi uchun 160 ming evro to'lab, "Arsenal"ni dog'da qoldirgandi. "Bizning xodimlar yiliga 200tadan ortiq o'yinga boradi, — deydi klubning asosiy skauti Davide Kandjini. — Bizga "WyScout" katta yordam beradi. Ushbu dastur tufayli kimlarni kuzatish kerakligini tushunib olamiz. Lekin Kulusevski bilan bog'liq vaziyat — bu topilma va ichki sezish edi".

Deyan "Atalanta" U-17 jamoasida ilk mavsum 17ta gol urdi va 15ta assist qayd etdi. Keyin bu ko'rsatgich "11+14"ni tashkil qildi. SHu tariqa, u yoshlar jamoasida Italiya chempioniga aylandi va pley-off bosqichining eng yaxshi futbolchisi sifatida Permario Morozini nomidagi mukofotga loyiq deb topildi. "U ham jismonan, ham texnik tomondan tengdoshlaridan bir bosh ustun", — deydi yoshlar jamoasi murabbiyi Massimo Brambilla.

Kulusevski yozda jamoadan ketish uchun izn so'radi. Sababi "Atalanta"da ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lolmasligini tushunib etgandi. Futbolchiga "Kalyari" va "Parma" davogarlik qildi: orolliklar transfer qilishni, "Parma" esa uni ijaraga olishni taklif qildi. "Kulusevski "Parma"da o'zi istagan ishni bajara olishi uchun ideal sharoitni topdi", — deydi Gasperini. — Yozda Malinovskiy ham jamoaga kelib qo'shildi. Qolaversa, Gomes va Ilichich bor. SHu sababli ham uni qo'yib yubordik, chunki u ko'proq o'ynashi zarur".

30 sentyabr kuni Kulusevski 79-sekundda "Torino" darvozasini ishg'ol etdi — bu Deyanning A Seriyadagi debyut goli hamda joriy mavsumdagi eng tezkor gol bo'ldi. SHu vaqtgacha uning hisobida 3ta assist bor edi. "Opta" malumotiga ko'ra, 19 yosh va 5 oylik bo'lgan Kulusevski — 4ta gol urilishida bevosita ishtirok etgan (1+3) top-5 chempionatlarida eng yosh o'yinchi ekan. Dekabr oyi boshlarida statistika yangilandi — formulirovka o'sha-o'sha, ammo sonlar o'zgardi (4+7).

Deyan hozirda assistlar bo'yicha Luis Alberto ("Lacio")dan keyingi o'rinni egallamoqda — ispaniyalik 11ta golli uzatma bergan. Zarba berish uchun qulay vaziyat yaratish (40) va muvaffaqiyatli dribling bo'yicha (35) — u beshinchi pog'onani band etgan. Kulusevski dekabr oyidagi "Napoli"ga qarshi kechgan bahsda o'yin qahramoniga aylandi — to'rtinchi daqiqada gol urdi, qo'shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Jervino bilan qarshi hujumga o'tdi va sherigi gol urishida yordam berdi. Natijada "Parma" g'alaba qozondi (2:1), Deyan esa A Seriyaning o'sha oydagi eng yaxshi o'yinchisi deb etirof etildi. "Men ko'plab ajoyib o'yinchilarni shug'ullantirganman, biroq agar yoshni hisobga olsak, Deyan — eng yaxshisi", — deydi "Parma" murabbiyi Roberto D’Aversa.


Uni De Bryuyne va Salax bilan taqqoslashdi. Kulusevski Azarning o'yinidan hayratlanadi

D’Aversa maydonda Kulusevskini yangi poziciyaga qo'yib ko'rdi. U "Parma"ga qadar hech qachon markazda harakatlanmagan, lekin Roberto uni erkin ijodkor deb hisoblaydi: "U chiziqlar orasida ajoyib harakatlanadi. Qanotda o'ynaydi, ammo markazga juda xavfli tarzda kirib boradi. Ehtimol kelajakda ajoyib yarim himoyachi bo'lar, ammo hozircha unga, ayniqsa to'psiz bo'lganida, kuch va chidamlilik etishmayapti".

Kulusevskining "Brommapoykarna"dagi murabbiyi Andreas Engelmark ham deyarli shunday so'zlarni aytgandi: "U dribling qilishni, hujumda o'ynashni yaxshi ko'rardi. Biroq himoyada deyarli yordami tegmasdi. Unga doimo himoyalanish kerakligini aytardim. U nima qilish kerakligini tushunar edi, harakat qilardi. Lekin buning uddasidan chiqolmasdi. Ammo Deyan — mehnatkash yigit. Hujumga kelsak, u boshidan fenomen bo'lgan".

Kulusevskida esa boshqaroq fikr: "Menga ko'p marotaba professional futbolchi bo'la olmaysan deb aytishgan". U 13 yoshigacha bunga shubha qilgan. "Brommapoykarna" Evropaning top jamoalari bilan turnirda ishtirok etgan. Bir o'yindan avval Deyanning tizzasi qattiq og'rigan va zo'rg'a yurayotgan edi. Lekin maydonga tushdi va 2ta gol urib, assist qayd etishga erishdi. "Faoliyatimni himoyada boshladim, keyin yuqoriroqda (trekvartista) o'ynadim", — deydi Kulusevski. — Keyin esa ko'p poziciyalarda o'ynab ko'rdim. Men qanot yarim himoyachi bo'ldim. Murabbiylar aytganiga moslashishga harakat qilaman, lekin baribir o'zimni trekvartista deb his qilaman".

Kulusevski "Parma"da vinger bo'ldi, biroq klub skauti Vinchenco Marketta uni Kevin De Bryuyne bilan taqqosladi: "Deyan — hujumda istalgan poziciyada o'ynay oladigan zamonaviy yarim himoyachining yorqin namunasi". Deyan kuz faslida SHveciya U-21 terma jamoasida hujum markazida o'ynadi va islandiyaliklar darvozasiga 2ta gol urdi. "Kalyari" va "Bolonya"ning sobiq murabbiyi Perpaolo Bizoli boshqa bir o'xshashlikni keltiradi: "U menga birinchi 10 metrda barchani "yanchib tashlagan" Salaxning yoshligini eslatadi. Kulusevski to'p bilan bo'lganida o'ziga bo'lgan ishonchi oshib ketadi. U doimo raqibidan o'zib ketishga harakat qiladi. Bugungi kunda bu ishni ko'pchilik uddalay olmayotgani esa hech kimga sir emas".

Uni De Bryuyne bilan solishtirganlari shunchaki tasodif emas — Deyan unga Kevinning o'yin uslubi yoqishini tan olgan, biroq Eden Azarning o'yinidan ko'proq hayratlanishini ham yashirmagan. "Azar men uchun Messi va Ronaldudan ham kuchliroq o'yinchi. Uning o'yinini ko'rib, fintlarini o'rganaman, ularni takrorlashga harakat qilaman. Yosh o'yinchilar orasida esa eng yaxshisi — Mbappe. U jismoniy tomondan yirtqichlardek kuchli. A Seriyaning eng kuchli futbolchisi? Papu Gomes".

Biroq Kulusevskining so'zlariga qaraganda, uning chinakam kumiri yo'q ekan. Deyanning opasi (undan 4 yosh katta) xonasi devorini Ronaldinoning suratlari bilan to'ldirib tashlagan emish. Ammo Deyan ularga shunchaki qarab, qanday o'ynashini tomosha qilgan xolos. Ishonasizmi, u o'z raqamini ham yulduz-futbolchi sharafiga tanlamagan ekan. Kulusevski 13 yoshida otasi bilan Adnan Yanuzay debyut qilgan "Manchester Yunayted" o'yinini tomosha qilgan: "U jamoada xuddi 10 yildan buyon to'p tepayotgandek o'ynagandi. Men o'shanda o'zimga xuddi shu nomerda o'ynayman deb vada bergan edim".

Sevimli futbolchisining yo'qligi o'yin uslubiga ham tasir ko'rsatadi — Kulusevski eng yaxshi o'yinchilardan namuna olishga harakat qiladi, lekin ularga taqlid qilib qolishdan qochadi. Uning eng sevimli finti — o'ng tomonga borib, keyin yo'nalishni keskin o'zgartirish. U "Parma"da vinger bo'ldi, ammo to'p bilan raqib jarima maydoniga deyarli etib bormadi (90 daqiqa ichida 1.66) va tabiiyki, jarima maydoniga ko'p pas bermadi (90 daqiqa ichida 1.6 zarba). SHunday bo'lsa-da, to'p bilan juda yaxshi muomalada bo'ladi, dribling ishlatadi, jarima maydoni yaqinida kutilmagan variantlarni topa oladi. Deyanning asosiy quroli — erlatib so'nggi pas bera olish. Aynan uning to'p uzatishlaridan keyin sheriklari ko'p bor qulay vaziyatga chiqib borishgan. "U "Yuventus"ga katta yordam berishi mumkin", – deydi Luchano Modji.


Kulusevski "Yuve" tarixidagi eng qimmat yarim himoyachi bo'lishi mumkin

"Yuventus" Kulusevski uchun 35 mln evro to'ladi, "Atalanta" yana 9 mln bonus olishi mumkin. Bularsiz ham Deyan — "Yuve"ning qishdagi eng qimmat transferi bo'ldi (2011 yil Alessandro Matri 20,5 mln edi). Yana ozgina bonuslar — va u klub tarixidagi eng qimmat yarim himoyachiga aylanadi. Pavel Nedved zamonaviy kurs bo'yicha 38,5 mln edi. Miralem Pyanich "Yuventus"ga 38 mlnga tushgandi. Kulusevskiga juda ko'p pul sarflashga to'g'ri keldi, sababi raqiblarini ortda qoldirish edi — birinchi o'rinda "Inter"ni.

2000 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida (yoki keyinroq) Kulusevski narx bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Undan faqatgina Vinisius qimmatroq ("Real" unga 45 mln evro to'ladi). "Men PlayStationda ko'p o'ynayman", — deydi Deyan. Biroq "Parma"ga borganida unga 3 oygacha WI-FI ulab berishmaganidan shikoyat qildi. Natijada FIFAda g'alaba erisha olmadi. Bo'sh vaqtida kino ko'rdi (Kulusevskining sevimli filmi — Sandra Bullok o'ynagan "Ko'rinmas tomon") va kitob o'qidi.

SHuningdek, Kulusevski basketbolni juda yaxshi ko'radi — u Makedoniyadagi uyi atrofiga o'yin maydonchasi qurgan. Deyanning oilasi yozda Makedoniyaga boradi, onasi o'sha erda tug'ilgan. Ular Stokgolmda yashaydilar. Futbolchining otasi — shved. Goran Pandevning so'zlariga qaramay, Kulusevski ham shved bo'lishga qaror qilgan. Noyabr oyida u kattalar termasida debyut qilgan.

Deyan mavsumni "Parma"da yakunlaydi, Mauricio Sarri esa chempionat so'ngiga qadar yosh o'yinchini qaysi poziciyada ko'rayotganini aniqlab olishi kerak. "Sarri — fantastik murabbiy. Men uning o'yinini o'rgandim. Jamoaga foydam tegadi degan umiddaman, — deydi futbolchi. — Men doim jamoa g'alabasi uchun maydonga tushaman. Gol hamda assistlarni hisoblab yurmayman".

Kulusevski bu gaplarini qaysidir manoda OAV va omma uchun aytib qo'ydi. Mavsum boshida u o'z oldiga maqsad qo'ygani haqida aytib bergandi — gol+pas tizimi bo'yicha 15 ball. "Yuventus"ga o'tishi uchun 11 ball etardi. Futbolchi uchun ana endi eng qiyin davr boshlanyapti-mi? Kulusevski "Atalanta" safida "Frozinone"ga qarshi bahsda debyut qilganidan keyin ham bir jurnalist qiz xuddi shu savol bilan futbolchiga yuzlangan edi. Deyan hayron bo'lib, shunday degan: "Qiyin? Endi eng zo'r davr boshlanyapti!".

Ko'ramiz, kimsan Pavel Nedveddan qimmatroq bo'lgan yigitcha umidni oqlay olarmikan? Agar tahminlar o'zini oqlasa, u dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'ladi, aks holda...  


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика