So’nggi yangiliklar

11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  0 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  1 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  2 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  7 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   13 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  21 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  13 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13

18 yoshli Jonsning fantastik goli va Minaminoning debyuti. Klopp derbida ikkinchi tarkib bilan g'alabaga erishdi Yangiliklar

18 yoshli Jonsning fantastik goli va Minaminoning debyuti. Klopp derbida ikkinchi tarkib bilan g'alabaga erishdi

"Liverpul" 10 yildan beri "Everton"ga yutqizmayapti, "Enfild"da esa 21 yil.

Kloppning qizil mashinasini to'xtatib bo'lmayapti. Dushanba kuni u "Everton"ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 finalida eng yosh tarkibni maydonga tushirdi.


3 o'smir - Xarvi Elliot, Neko Uilyams va Kertis Jons "Liverpul" asosiy tarkibida edi. Bunaqasi oxirgi marta 7 yil oldin, 2012 yilning oktyabrida Brendan Rojers asosiy tarkibda Sterling, Suso va Uisdom (bahs 2:2 hisobida yakunlangan) maydonga tushgan. Bundan tashqari, uchrashuv davomida 19 yoshli Yasser Larusi zaxiradan o'yinga qo'shilgan.


Ammo "Liverpul" xatto ikkinchi tarkib bilan ham raqibni taslim etdi.


Hammasini 18 yoshli Kertis Jonsning kosmik zarbasi hal qildi. Uni bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.

"Zaxirada qolib, keyin bir qancha vaqt o'yin tamini his qilish va yana zaxiraga o'tish - odamni xafa qiladi" - dedi Jons o'yindan keyin. "Jamoamizda dunyo darajasidagi futbolchilar yig'ilgan, biroq maydonda nimaga qodirligimni ko'rsatib qo'ydim.


To'p menga tushdi va faqat bir narsa haqida - zarba berishni o'yladim. Baxtimga, bu qarorim g'alabaga va chiroyli golga sabab bo'ldi. Bu men va boshqa yosh futbolchilar uchun katta ahamiyatga ega. Men uchun asosiy jamoa bilan birga bo'lish juda muhim. Ko'p narsalarni niyat qilaman, ammo derbidagi g'alaba goli - orzularimdan ham ortiqrog'idir".


Jons (18 yosh va 340 kunlik) Robbi Fauler (18 yosh va 338 kun) davridan so'ng (1994 yil) mersisaydliklar derbisida "qizillar" safida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.


Kertis Liverpulda tug'ilgan va Angliya terma jamoasining 16dan 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarida o'ynagan. U birinchi marta 2018 yilning aprelida "qizillar" qaydnomasiga kiritilgan. O'shanda ham "Everton"ga qarshi bahs edi, ammo Jons butun uchrashuvni zaxirada o'tkazgan. U 2019 yilning yanvarida "Vulvz"ga  bilan o'yinda asosiy tarkibda debyut qildi. Yosh yarim himoyachining APLdagi dastlabki bahsi 2019 yilning dekabrida, "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda bo'lgan.

Klopp kechagi uchrashuvdan so'ng Jons goliga baho berdi: "Biz qo'rqmasdan o'ynadik. Bolalar o'zlarining individual mahoratini namoyish etishdi, ha, kattalar ham shunday. Adam Lallananing o'yini hayratlanarli. Jo Gomes butun himoyani boshqardi, menimcha, bu uning hayotida birinchi marta sodir bo'ldi. Kertis Jons fantastik o'yin ko'rsatib, fantastik gol urdi - bundan ortiq nimani kutish mumkin?"


Keyin murabbiy Jonsning o'zi haqida to'xtatdi: "U ajoyib futbolchi, skauzer (liverpullik), o'ziga ishonadi va asosiy tarkibga kirishni xohlaydi. Uni 3,5 yildan beri taniyman va bu vaqt ichida yigitcha o'sishga erishdi. Agar kutilmagan voqea sodir bo'lmasa, u "Liverpul" futbolchisiga aylanadi. U bunday chiroyli gol ura olganidan hayron bo'lmadim. Jons shunday vaziyatlar uchun yaralgan va hali ko'p narsani o'rganishi mumkin. Bazida u endi 18 yoshga to'lganini unutib qo'yamiz. Germaniyada tizim tufayli u kamida yana bir yil yoshlar jamoasida o'ynagan bo'lardi. Bu erda esa deyarli asosiy tarkibda".


Endryu Robertson ham yigitchani maqtadi: "Jons, qanday zarba! Aleks (Oksleyd-CHemberlen), bahs boylaymizmi, u senga pas bermaganidan xursandsan. Ajoyib natija!"

O'yindan keyin Klopp boshqa yosh futbolchilar haqida gapirishni unutmadi: "Hamma Jonsni tilga olyapti, ammo bugun boshqa futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi. Ha, ajoyib futbolchidan chiroyli gol ko'rdik. Ammo nega hech kim Pedro CHirivele, Neko Uilyams yoki Yosir Laruchi haqida so'ramayapti? Futbolchi faqat gol ursagina u haqida gapiriladimi?" - dedi murabbiy.


SHu bilan birga nemis mutaxassisi Takumi Minaminoning debyuti haqida ham to'xtaldi: "Super, ajoyib o'yin. Bu bizga kerak bo'lgan futbolchi. Agar tarkibdagilar bir-birini yaxshi tushunsa, notanish jamoada birinchi o'yinni o'tkazish qiyin. Biroq bugun maydonga tushirganlarim bor-yo'g'i 2ta mashg'ulotni birga o'tkazishgan. Takumi o'yinni yaxshi tushunishini isbotlab, qarorlarni to'g'ri qabul qilishini ko'rsatib qo'ydi".

Yurgen Klopp jamoasi so'nggi 6ta o'yinda umumiy 11:1 hisobida g'alaba qozondi. Karlo Anchelotti esa "Everton"dagi ikkinchi mag'lubiyatni (birinchisi "Manchester Siti"dan - 1:2) qabul qilib oldi. Italiyalik bungacha 2ta o'yinda ("Byornli" 1:0, "Nyukasl" 2:1) zafar quchgandi.


Mersisayd derbisi haqida yana bir nechta qiziq malumotlar:

- Bu Yurgen Klopp uchun Liverpul derbisidagi ketma-ket 10-mag'lubiyatsiz o'yin. Klopp bu ko'rsatkich bo'yicha "Liverpul" bilan 6 marta Angliya chempioni va 3 bora Evropa chempionlari Kubogi g'olibi bo'lgan Bob Peysliga etib oldi.


- "Liverpul" "Everton"ga 10 yildan beri yutqazmayapti, "Enfild"da esa 21 yil. So'nggi bor "irislar" 1999 yil "Enfild"da g'alaba qozonishgan.


- Qizillarning mersisaydliklar derbisidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 21ta o'yinga etdi - 11ta g'alaba va 10ta durang.


- "Liverpul" 23ta uchrashuvdan beri uyida "Everton"ga taslim bo'lmayapti (13ta g'alaba, 10ta durang).


- "Liverpul" 1986/86 mavsumdan so'ng ilk marotaba bitta mavsumda "Everton"ni o'z uyida ikki marta mag'lub etdi. Dekabrda Klopp jamoasi qo'shnilari ustidan 5:2 hisobida zafar quchgandi. SHundan so'ng "irislar" Marku Silvani haydab yuborishgan.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика