So’nggi yangiliklar

00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  2 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  8 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  34 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  12 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  26 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  3

18 yoshida ilk chempionatimiz to'purari va eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Valeriy Kechinov bugun 45 yoshga to'ldi Yangiliklar

18 yoshida ilk chempionatimiz to'purari va eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Valeriy Kechinov bugun 45 yoshga to'ldi

Bugun o'zbekistonlik mashhur hujumchi, ilk mustaqil chempionatimiz to'purari hamda eng yaxshi futbolchisi Valeriy Kechinov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Millionlar o'yinidagi ilk qadamlarini Toshkentning “Traktor” futbol maktabida qo'ygan Valera shahar chempionatida to'purarlik mahoratini namoyish etadi. Ilk murabbiyi otasi - “Paxtakor” jamoasining sobiq futbolchisi, Respublika toifasidagi hakam Viktor Petrovich Kechinov bo'lgan. Istedodni payqagan “Paxtakor” skautlari uni o'z saflariga qo'shib olishadi.

Kechinov 1992 yilda o'tkazilgan futbol bo'yicha ilk mustaqil O'zbekiston chempionatida “Paxtakor” sharafini himoya qilgan. 18 yoshli o'smir o'sha mavsum chempionatining eng yaxshi futbolchisi va to'purariga aylandi. Valeriy yosh bo'lishiga qaramay, oliy ligada 24 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi. 

Kechinov faoliyati davomida “Spartak”, “Saturn-REN TV”, “SHinnik” kabi klublarda to'p tepgan. 1993 yili Moskvaga ko'chib ketgan Valeriy Rossiya futboli bayroqdori “Spartak” klubi bilan shartnoma imzolaydi. U 1993, 1994, 1996, 1997, 1999 va 2000 yillarda aynan “qizil-oqlar” tarkibida Rossiya chempioni bo'lgan. 1993 va 1994 yillarda Rossiya kubogi sohibiga aylangan. 

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, murabbiylik kurslarida o'qiydi. 2006 yildan 2008 yilgacha Kechinov “Spartak” yoshlariga ustozlik qilgan. 2008 yilda esa “Tom” bosh murabbiyi Miroslav Romashenko yordamchisi vazifasida ishlagan.

Futbolchilik faoliyati

1992 - 1993 “Paxtakor” (38 ta o'yin - 30 ta gol)

1993 - 2000 “Spartak” (112 ta o'yin - 35 ta gol)

2001 - 2002 “Saturn-REN TV” (36 ta o'yin - 13 ta gol)

2002 - 2004 “SHinnik” (42 ta o'yin - 7 ta gol)

Alisher Nikimbaev Kechinov haqida:

“Valeriy Kechinov O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida ham maydonga tushgan va xatto gollar ham urgan. Lekin mustaqilligimizning ilk yillaridagi o'yinlar FIFAga kiritilmagani uchun keyinchalik unda Rossiya terma jamoasida o'ynash imkoniyati yuzaga keladi va u bundan foydalanib qoladi. Valeriy 1993 yilgi chempionatning 10-turidan so'ng Moskvaga ko'chib ketgan. Qiziq tomoni shundaki, aynan 10-turda Kechinov va Mirjalol Qosimov “Paxtakor” safida maydonga tushishgan. Bu uchrashuv Kechinov va Qosimov birga o'ynagan yagona bahs sifatida tarixga kirgan. Valeraning o'zi uchun bu “Paxtakor” libosidagi so'nggi o'yin bo'lib qolgan. 

1993 yili men tatilni o'tkazish uchun Moskvaga, keyin u erdan Minsk shahriga borganman. O'sha paytda Belarus poytaxtida olimpiya terma jamoamiz yig'in o'tkazayotgandi. Kechinov yoshi bo'yicha olimpiyachilarimiz tarkibida o'ynay olardi. Moskvada “Spartak” - “Lokomotiv” (3:0) uchrashuvidan keyin jurnalist sifatida Nikolay Starostinga Valeriy haqida savol berganman. Nikolay Petrovich o'sha paytda “Spartak” klubi boshlig'i edi. Valera “Spartak” bilan rasman shartnoma imzolaganidan keyin, uni terma jamoa o'yinlariga qo'yib yuborasizlarmi, deb so'raganimda, Starostindan ijobiy javob olganman. Lekin o'shandan keyin Kechinov umuman milliy terma jamoamizda o'ynamagan. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston futboli tarixidan joy olgan Valeriy Kechinovga tug'ilgan kun muborak bo'lsin, deb qolamiz!

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика