So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12

18-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Ramziy terma jamoadan "Navbahor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "SHo'rtan", "Paxtakor", "Olmaliq", "Qizilqum" va "Nasaf" klublaridan futbolchilar o'rin olishdi.

Darvozabon
Akmal Ortiqov ("Navbahor")

Darvozani vodiy derbisida g'olib bo'lgan "Navbahor" posboni Akmal Ortiqovga ishonib topshirdik. "Neftchi" bilan bahsda Ortiqov raqibning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. Aynan uning ishonchli harakatlari tufayli ham namanganliklar 3 ochko egasiga aylanishdi.



Himoyachilar
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor")
Darko Stanoevich ("SHo'rtan")
Boburjon Akbarov ("Navbahor")

Himoyadan bu turda dublga erishgan Islom To'xtaxo'jaev o'rin oldi. "Loko" vakiliga "So'g'diyona"ga qarshi bahsda himoyada u qadar ko'p ish bo'lgani yo'q. Asosan qanot himoyasida o'ynagan To'xtaxo'jaev ikkinchi bo'limda o'ng qanotda harakat qildi va ikkita gol urishga erishdi.

"Bunyodkor" G'uzorda "SHo'rtan" bilan durang o'ynab qaytdi. Sergey Lushan shogirdlari safida himoyada Akmal SHorahmedov ishonchli o'ynadi. Tajribali futbolchi o'z qanotida raqiblarga imkon bermadi.



Xuddi shu o'yinda "SHo'rtan" himoyasida legioner Darko Stanoevich yaxshi o'ynadi. Bo'ydor himoyachi Eldor SHomurodov va Zabihillo O'rinboevga tinchlik bermadi. Havodan uzatilgan to'plarni ham Darko qaytarib turdi.

"Navbahor" himoyachisi Boburjon Akbarov ham ramziy terma jamoaga kiritildi. Futbolchi vodiy derbisida jamoasining g'alabasiga xissa qo'shganlardan biri bo'ldi. Aynan uning mehnatlari evaziga raqib hujumchilari deyarli imkoniyatga ega bo'la olishmadi.

Yarim himoyachilar
Akbar Ismatullaev ("Paxtakor")
SHavkat Salomov ("Olmaliq")
SHerali Jo'raev ("Qizilqum")
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")

"Buxoro"ga qarshi bahsda tayanch yarim himoyachisi rolida o'ynagan Akbar Ismatullaev raqiblar hujum boshlanishiga imkon bermadi. Onda sonda asosiy tarkibga kirayotgan futbolchi o'ziga berilgan imkoniyatdan muvaffaqiyatli tarzda foydalandi.



"Olmaliq" yarim himoyachisi SHavkat Salomov navbatdagi bor ramziy termadan o'rin oldi. U "Andijon" bilan o'yinda gol urishdan tashqari jamoasining hujumlarida ancha faol ishtirok etdi va g'alabaga katta xissa qo'shdi.

"Qizilqum" vakili SHerali Jo'raev "Dinamo" bilan bahsda urilgan yagona golga hammualliflik qildi. Aynan uning qanotdan uzatgan to'pini G'ayrat Jumaev darvozaga yo'lladi. Yodingizda bo'lsa SHerali o'tgan turda ham "Bunyodkor" bilan o'yinda golli pas oshirgandi.



"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov ham Islom To'xtaxo'jaev kabi "So'g'diyona"ga qarshi bahsda dublga erishdi. Futbolchi har ikkala bo'limda bittadan to'p kiritib jamoasining yirik g'alabasiga zamin yaratdi.



Hujumchilar
Azamat Allaniyozov ("Nasaf")
Ulug'bek Baqoev ("Navbahor")

"Nasaf" hujumchisi Azamat Allaniyozov "Qo'qon-1912" bilan o'yinda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Jarohatini davolab safga qaytgan hujumchi ketma-ket gollar urmoqda. Allaniyozov o'tgan turda "Olmaliq" bilan bahsda va kubok yarim finalida "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ham to'p kiritgandi. Allaniyozov o'z sport formasini tiklab bormoqda.



Tajribali Ulug'bek Baqoev ham jamoaga foydali ekanini ko'rsatmoqda. 36 yoshli hujumchi bu turda "Neftchi" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushib bahs taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi. Baqoev bu bilan o'zining mavsumdagi 6-golini urdi.



Bosh murabbiy: Vadim Abramov ("Lokomotiv")

Tur ramziy terma jamoasi bosh murabbiyi "Lokomotiv" ustozi Vadim Abramovga ishonib topshirildi. Vadim Karlenovich shogirdlari "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda juda hujumkor va chiroyli o'yin namoyish etishdi. Natijada "temiryo'lchilar" mavsumdagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика