16-turda eng ko'p tomoshabin Buxoroda, eng kami Muborakda
05 avg 2015 13:39
Yangiliklar


16-turda eng ko'p tomoshabin Buxoroda, eng kami Muborakda
16-turning 8ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 47060 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 5882 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuviga keldi – 9701. Eng kam tomoshabin esa “Mashal” – “Navbahor” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun Muborakdagi “Bahrom Vafoev nomidagi” stadioniga 1572 nafar tomoshabin keldi.
Malumot uchun, hozirgacha bo'lib o'tgan 128ta o'yinni ko'rish uchun stadionlarga 714643 nafar tomoshabin kelgan. O'rtacha har bir o'yinga 5583 tomoshabin to'g'ri keladi.
Bu mavsumda eng ko'p tomoshabin 10-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o'yiniga keldi - 17143. Eng kam tomoshabin esa 3-turning qoldirilgan o'yini bo'lgan "Bunyodkor" - "SHo'rtan" uchrashuvida kuzatildi - 522.
Oliy liga. 16-tur
Buxoro (Buxoro) – Bunyodkor (Toshkent) - 1:2. 9701 tomoshabin
Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi) – 0:1. 9522 tomoshabin
So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Navoiy) - 4:1. 8153 tomoshabin
Olmaliq (Olmaliq) – Paxtakor (Toshkent) – 1:2. 6870 tomoshabin
SHo'rtan (G'uzor) – Neftchi (Farg'ona) - 4:1. 4924 tomoshabin
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Dinamo (Samarqand) – 3:1. 4499 tomoshabin
Lokomotiv (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) – 1:1. 1819 tomoshabin
Mashal (Muborak) – Navbahor (Namangan) – 2:2. 1572 tomoshabin
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar