-16 darajada sovuqdagi o'yin: futbolchi va darvozabon sovqotgani uchun almashtirildi
03 fev 2022 15:17
Yangiliklar
-16 darajada sovuqdagi o'yin: futbolchi va darvozabon sovqotgani uchun almashtirildi
JCH-2022 saralashi doirasida AQSH o'z maydonida Gonduras termasini mag'lub etdi, 3:0.
Qayd etish kerak, mehmon jamoa darvozaboni Luis Lopes hamda forvardi Romell Kioto tanaffusda sovqotgani uchun almashtirildi.
O'yin Minnesotada o'tkazildi. O'yin bo'layotgan payt havo harorati -16 darajani tashkil qilayotgan va osmondan muzli yomg'ir yog'ib turgandi.
AQSH termasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter barcha futbolchilar va murabbiylarga kuchli isitish tizimi bilan taminlanganini malum qildi.
"Qo'ldan kelgancha issiq chiqaradigan kiyimlarni taqdim qildik. Ha, +32 daraja issiqdan kelgan insonlar uchun bu erdagi ob-havo jiddiy zarba bo'ladi. Ammo biz tabiat bilan musobaqalasha olmaymiz", - dedi Berxalter.
Fikrlar