13 iyun kuni jonli efirda O'zbekiston kubogi saralash bosqichiga qura tashlanadi
04 iyu 2020 18:23
Yangiliklar


13 iyun kuni jonli efirda O'zbekiston kubogi saralash bosqichiga qura tashlanadi
13 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
SHu kuni Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvning tanaffusida "Bunyodkor" stadionida Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qura tashlanadi. Qura "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ushbu bosqichda Pro liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Qura sakkiz jamoani to'rt juftlikka ajratib beradi. Ikkinchi bosqichga yo'l olgan to'rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G'oliblar Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi.
Takidlash joiz, "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" o'yini 13 iyun kuni soat 19:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar