So’nggi yangiliklar

21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  45 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

123 soniya va "Manchester Yunayted"ning sharmandaligi Yangiliklar

123 soniya va "Manchester Yunayted"ning sharmandaligi

Teglar :  Manchester Yunayted
Mourino so'kinishni biladi, nima qilishni yo'q.

"Manchester Yunayted" taxminan 0:1 hisobida mag'lub bo'lishini taxmin qilgandim. Marsyalni asosiy tarkibda ko'rganimda biroz xursand bo'lgandim. U Sanchesni butunlay zaxiraga o'tkazib qo'ysa kerak deb o'ylagandim.

Biroq MYU muxlislarini jiddiy alamzadalik kutib turgandi. Bu shunchalar kuchliki, so'kinmaslikning iloji yo'q. Huddi yomon o'ynagan futbolchilarini Joze so'kkandek.

Marsyal faqatgina bir epizodda o'yinga chanqoqligini ko'rsatdi. Ikki raqibini aldab o'tdi va uchinchisiga qarab to'pni tepdi. Bo'ldi, u haqda yoddan chiqaring. Marsyal haqida boshqa gapirmang. Uning passivligini tanqid qilsa bo'ladi. Bir vaziyat yodga tushdi: Marsyal SHouning zonasiga yaqin joyda to'pni to'xtatdi va shu epizodda Mourino ko'rinib qoldi. Murabbiy jaxldor va barchasidan norozi edi. U o'tirdi va inglizlarning "F" xarfi bilan boshlanadigan so'zi bilan so'kdi.

MYU futbolchilari nima maqsadda maydonga tushishdi? Birortasi ham hujum haqila o'ylamadi. Jamoaning golga tortadigan yagona vaziyati raqib himoyachisining xatosi orqali yuzaga keldi va u Lukakuning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

Qani sharmandalik va erga urilish? Siz bu so'zni qanday ishlatasiz? MYU tarkibida Nemanya Matich yo'q edi. Serbning yo'qligi - butun jamoa uchun minusga ishladi. Ammo markazdagi Fred va Andres Pereyra raqibdan bir bosh ustun bo'lishlari kerak edi.

123 sekund, yigitlar. Ikki gol, sharmandalik va hurmatsizlik. MYUni yoqtirmaydigan boshqa jamoaning muxlislari o'sha vaqtda nimalar deganini tasavvur qilib ko'ring! Kimlardir jamoa muxlislari ustidan maza qilib kulgan bo'lardi. MYUchilarning og'zi esa ochilmasdi.

Oradan 6 daqiqa vaqt o'tib, Lukaku tasodifiy golni kiritdi. Keling bahslashmaymiz: mankunianliklar o'sha vaqtlarda gol urish uchun intilmayotgandi. Bir vaqtlar Fergi shunday vaqtlarni gapirardiki, futbolchilar maydondan yoki yutib yoki o'lib chiqib ketishardi. U davrlar esa o'tib ketdi... O'yinni taxlil qilishda davom etamiz.

Ikkinchi bo'limning boshida to'pni ushlab turish borasidagi ustunlik MYU tomonida edi - 80-20%. Bundan foyda bormi? Hech qanday! "Brayton" raqibiga qarshi qattiq bosim uyushtirganida, "Manchester"ning kamchiliklari ochilib qoldi:

- Pogba fint qilmoqchi bo'ldi-yu, to'pni yo'qotdi.
- Bayi to'pni to'xtata olmadi va poziciyasini yo'qotdi.
- Yang ko'plab vaziyatlarda to'pni oldirdi.

Mourino taymlar oralig'ida Mata va Pereyrani olib tashladi. Ularning o'rniga Lingard va Reshford o'yinga tushdi. Birinchisi biroz harakat qildi. Ikkinchisi esa o'yinga tushganidan 10 daqiqa vaqt o'tibgina to'pga tegdi.

"Manchester Yunayted" raqibni bosim ostida ushlab turadi deb o'ylaganmidingiz? MYU ikkinchi bo'limning 20-daqiqasidagina burchak to'pini amalga oshirdi. Bu nimadan dalolat?

78-daqiqaga yaqinlashayotganda Mourinoning gaplari eshitildi: "Move, move, move". O'shanda jamoa maydon markazida to'pni o'zaro oshirib, hujumga o'tgisi kelmayotgandi. Joze esa sharmandalikdan qutulib qolishni istadi.

Yo'q, azizlar. Hujumga o'tmagani emas, jamoaning o'zaro pas o'ynab, oldinga ketmayotgani sharmandalik.

Bayi va Lindelof juftligi esa doimiy tarzda raqibiga ochib zona taqdim qilib turdi.

"Siti" transferlar uchun katta mablag' sarfladi deyishingiz mumkin. Ammo ularning "Arsenal" bilan uchrashuvdagi sovuqqonligi va "Xaddersfild"ning qon-qaqshatganini ko'rdingizmi? Gvardiola arab shayxlarining pulini qaerga va qanday sarflashni biladi. Mour esa shuncha mablag' sarflasa ham Pep kabi jamoasini shakllantira olmaydi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика