11 yoshli bolakay Angliya liga kubogini boshi uzra yuqoriga ko'tardi
02 mar 2022 19:37
Yangiliklar
11 yoshli bolakay Angliya liga kubogini boshi uzra yuqoriga ko'tardi
Bolakayning ismi Bo Braun, u 11 yoshda va Liverpulda yashaydi. The Athletic xabariga ko'ra, u L4 Barca (U-11) va Liverpool Schoolboys mahalliy yoshlar jamoalarida himoyachi sifatida o'ynaydi.
"Bu hayotimdagi eng yaxshi voqea edi", dedi Bo The Athletic nashriga.
“Futbolchilar zinapoyadan yuqoriga ko'tarilayotganda ularning yonida edim. Alisson men bilan gaplashib, nima uchun ko'zim ko'karganini so'radi (yoshlar jamoasining boshqa o'yinchisi bilan kalla urishtirib olganman). Keyin u meni ko'tardi".
"Hammasi ajoyib bo'ldi. O'zimni jamoa futbolchilaridan biridek his qildim. Virjil van Deyk mening sevimli o'yinchim".
"Yurgen Klopp meni quchoqlab, kubokni ko'tarishni xohlaysanmi, deb so'radi. Do'stlarim bunga ishonmadi. Menga shunday imkoniyat bergani uchun Alissonga rahmat aytib qolaman".
Fikrlar