11 kunda 3ta "El-Klassiko" ko'rishimiz mumkin, agar...
06 apr 2018 11:41
Yangiliklar
11 kunda 3ta "El-Klassiko" ko'rishimiz mumkin, agar...
3-4 aprel kunlari CHempionlar ligasi chorak final ilk o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Barselona" hamda "Real" ushbu bahslarda deyarli keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. Kataloniyaliklar "Roma"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi, "Qirollik klubi" esa "Yuventus" darvozasiga 3ta javobsiz gol urdi.
Agar ushbu klublar keyingi bosqichga chiqishsa va CHempionlar ligasi yarim finali qurasida bir-biriga qarshi o'ynaydigan bo'lsa biz 11 kun ichida 3ta "El-Klassiko" ko'rishga muvaffaq bo'lamiz. Yarim final bahslari 24-25 aprel va 1-2 may kunlari bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, 6 may kuni LaLiganing 36-turida Kataloniya klubi "Kamp Nou"da "qaymoqranglilar"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar