10 yillik tanaffusdan so'ng Tailand bilan o'ynaymiz
06 iyu 2017 08:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/257991_original.jpg)
![](/upload/storage/257991_220.jpg)
10 yillik tanaffusdan so'ng Tailand bilan o'ynaymiz
Ushbu jamoalar shu kunga qadar 7 marta to'qnash kelishgan. Natijalar Tailandning ustunligini ko'rsatmoqda. SHarqiy Osiyo jamoasi 5ta uchrashuvda g'olib chiqqan. O'zbekiston hisobida esa ikkita g'alaba mavjud.
Toshkentda bu jamoalar faqat bir marta, 2003 yil Osiyo Kubogi-2004 saralashi doirasida, to'qnash kelishgan. O'sha bahsda O'zbekiston raqibni 3:0 hisobida taslim qilgan.
So'nggi marta ushbu jamoalar 2007 yil Tailand Qiroli kubogi doirasida o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bu uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishgan.
O'zbekiston va Tailand o'rtasidagi barcha o'yinlar:
1994 yil 7 oktyabr - O'zbekiston - Tailand 5:4
1999 yil 24 iyul - Tailand - O'zbekiston 1:0
2000 yil 18 may - Tailand - O'zbekiston 2:0
2000 yil 3 sentyabr - Tailand - O'zbekiston 4:2
2003 yil 8 noyabr - O'zbekiston - Tailand 3:0
2003 yil 21 noyabr - Tailand - O'zbekiston 4:1
2007 yil 22 dekabr - Tailand - O'zbekiston 3:2
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar