So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  5 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  7 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

10 ta poziciyada o'ynay oladigan Urbi Emanuelson hozir qaerda? Yangiliklar

10 ta poziciyada o'ynay oladigan Urbi Emanuelson hozir qaerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

Niderlandiyaning barcha yosh toifadalaridagi terma jamoalarida o'ynagan Urbi Emanuelson "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U katta futbolga 2005 yilda aynan Amsterdam klubi orqali kirib kelgandi. 

Bilasiz, futbol olamida universal o'yinchilar qadrlanadi. SHu tufayli "Ayaks" akademiyasi tizimida bunga alohida etibor qaratiladi. Odatda mudofaaning markaz va qanot chiziqlarida o'ynay oladigan himoyachilarga nisbatan ham universal sifati qo'llaniladi. Urbi esa faoliyati davomida 10 ta poziciyada o'ynashga ulgurgan kam sonli futbolchilardan.

Emanuelson aynan shu xususiyati tufayli 2011 yilda "Milan" tomonidan xarid qilindi. "Rossonerilar" bu orqali jamoadan ketgan Marek Yankulovskiyning o'rnini to'ldirish bilan birga lozim paytda maydon markazini kuchaytirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

"Milan"dan keyin "Roma", "Verona" va "Atalanta" singari jamoalar sharafini himoya qilgan futbolchi allaqachon 35 yoshga qadam qo'ydi. Biroq, sportdan ketish haqida o'ylayotgani yo'q. Urbi bugungi kunda "Utrext" sharafini himoya qilyapti. Uning niderland klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Man Yunayted"da Ouendan keyin 7-raqamni olgan futbolchi hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика