So’nggi yangiliklar

14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  0 14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  9 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  8 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21

10 nafar eng foydali osiyolik futbolchi (Ular orasida biznikilar ham bor) Yangiliklar

10 nafar eng foydali osiyolik futbolchi (Ular orasida biznikilar ham bor)

Osiyo futbolini yoritib boradigan xorij saytlaridan biri yaqinda Evropada o'ynayotgan osiyolik eng yaxshi 10 nafar futbolchi haqida maqola chop etdi.
Bizni xursand qilgan jihati shundaki, ular orasida ikki nafar yurtdoshimiz ham bor. Bular - Odil Ahmedov bilan Vitaliy Denisov. Quyida futbolchilar o'nligini reyting asosida keltirib o'tamiz.  

10-o'rin. Vitaliy Denisov
(Klubi - “Lokomotiv” Moskva, transfer qiymati: 7 mln. dollar)
Garchi O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmagan bo'lsa-da, saralash bahslarida bir qator futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. SHulardan biri chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisovdir. Hozir faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettirayotgan Denisov Rossiya chempionatida ham ko'zga ko'ringan futbolchilar sirasiga kiradi. Uning transfer bozoridagi narxi 7 million AQSH dollariga baholanyapti. “Dnepr” safida olti mavsumni o'tkazgan Denisov “Lokomotiv”ga kelgach, o'zini yo'qotib qo'ymadi va tezda yangi jamoasi o'yiniga kirishib keta oldi.



9-o'rin. Ku Ja CHol
(Klubi - “Maync”, transfer qiymati: 7 mln. dollar)
Janubiy Koreyalik Ku Ja CHol ham Osiyoda o'ziga yarasha mashhur futbolchi hisoblanadi. U hozirda Germaniya chempionatida to'p tepmoqda. Bungacha “Volfsburg” va “Augsburg” safida harakat qilgan Ku Ja CHol keyinchalik “Maync” safiga o'tib ketdi. Bu futbolchini “Bavariya” muxlislari hamon yaxshi eslab qolishgan. CHunki u 2012 yil Frank Riberi bilan janjallashib qolgandi. Koreyalik hujumchi bu yilgi jahon chempionatida Jazoir termasiga ham gol urishga muvaffaq bo'ldi.



8-o'rin. SHinji Okazaki
(Klubi - “Maync”, transfer qiymati: 7,7 mln.dollar)
Yaponiya terma jamoasi azosi SHinji Okazaki ham Evropada o'zini ko'rsatayotgan osiyoliklar sirasiga kiradi. U terma jamoa safida 39ta gol urib, to'purarlar orasida uchinchi o'rinda ketyapti. O'tgan yil Okazaki klub miqyosida 35ta o'yin o'tkazib, 15ta gol urgandi. Uning transfer qiymati 7 million dollardan sal ziyodroqqa baholanyapti. Uning jamoasi bundesligada 6-o'rinda, Okazaki esa beshta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda.



7-o'rin. Odil Ahmedov
(Klubi - “Krasnodar”, transfer qiymati: 8,5 mln. dollar)
Terma jamoamizning yana bir vakili Odil Ahmedov ham mazkur ro'yxatdan joy oldi. Transfer summasi 8 million dollardan ortiq baholanayotgan Ahmedov Rossiya chempionatining eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Avvaliga “Anji” safida o'zini ko'rsatgan Odil keyinchalik “Krasnodar” safiga o'tishni maqul ko'rdi. Bu futbolchiga shuningdek “Milan” va “Arsenal”dan ham taklif tushgandi, lekin Ahmedov hozircha Rossiyada qolishni lozim topdi.



6-o'rin. Atsuto Uchida
(Klubi - “SHalke 04”, transfer qiymati: 10 mln.dollar)
2010 yil “Kashima Antlers”dan “SHalke 04” safiga borib qo'shilgan Uchida ayni paytda Germaniya chempionatining yang yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib turibdi. Unga belgilangan transfer narxining o'ziyoq Uchida qanday saviyadagi futbolchi ekanligini aytib turibdi. 2008 yil terma jamoada o'z debyutini o'tkazgan yaponiyalik futbolchi shundan beri 71ta o'yinda ishtirok etishga ulgurdi. SHuningdek, 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatida qatnashdi.



5-o'rin. Ki Sung Yong
(Klubi - “Suonsi”, transfer qiymati: 11,5 mln.dollar)
“Sanderlend” tarkibida ijara asosida to'p tepgani Ki Sung Yong uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. U hozirda “Suonsi”ning asosiy futbolchilaridan biri. Qolaversa, koreyalik futbolchi uch yilni “Seltik” tarkibida o'tkazgan. Bu o'yinchi Janubiy Koreya milliy terma jamoasining ham asosiy o'yinchisi hisoblanadi. U terma libosida 64 o'yinda maydonga tushib, beshta gol urgan.



4-o'rin. Keysuke Xonda
(Klubi - “Milan”, transfer qiymati: 17 mln.dollar)
Keysuke Xondani muxlislarga alohida tanishtirib o'tirish shart emas. Uning o'yinlarini juda ko'pchilik ko'rgan. Xonda ayni paytda “Milan”ning eng asosiy figuralaridan biri. “Milan” yaponiyalik yarim himoyachini erkin agent sifatida CSKAdan o'z tarkibiga qo'shib olgandi. SHubhasiz, Xonda Yaponiya terma jamoasining ham eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U terma tarkibida 61 o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan.



3-o'rin. Yuto Nagatomo
(Klubi - “Inter”, transfer qiymati: 19,8 mln.dollar)
Italiyada to'p tepayotgan yana bir yaponiyalik futbolchi bu Yuto Nagatomo. Nagatomo “Inter” tarkibida ajoyib o'yinlarni o'tkazmoqda. Bungacha himoyachi ozroq muddat “CHezena” tarkibida faoliyat olib borgandi. Nagatomo uchun Osiyo Kubogi-2011 muvaffaqiyatli kelib, uning uchun katta tajriba bo'lgandi. Bu himoyachi “Inter” safida Skudettoni qo'lga kiritishni ko'zlamoqda.



2-o'rin. Son Xyong Min
(Klubi - “Bayer”, transfer qiymati: 19,8 mln.dollar)
Hozirda “Bayer”ni bu futbolchisiz tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi. Son Xyong Min maydonga tushgan o'yinlarda ham o'zi gol uryapti, ham golli paslarni amalga oshirmoqda. Bu futbolchini transfer bozoridagi narxi salkam 20 million dollarga baholangan. Mutaxassislar endigina 22 yoshni qarshi olgan yarim himoyachining kelajagi porloq deyishmoqda.



1-o'rin. SHinji Kagava
(Klubi - “Borussiya D”, transfer qiymati: 21,2 mln.dollar)
Evropada o'zini ko'rsatayotgan osiyolik futbolchilar reytingida birinchi o'rinni SHinji Kagava band etdi. MYU tarkibiga kirishib keta olmagan Kagava “Borussiya D” safiga qaytgach, yana o'zini ko'rsata boshladi. Uning transfer narxi ham osiyoliklar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. Kagava ham terma, ham klubining asosiy o'yinchisi hisoblanadi. Yaponiyalik yarim himoyachi gol urish bilan birga golli vaziyatlarni ham yuzaga keltira olishi bilan dong taratgan.



X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика