So’nggi yangiliklar

18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  0 17:43Венгер: "Менимча, Клублар ўртасидаги ЖЧ зарур"  0 17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  0 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  16 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  7 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  5 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  5 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  7 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  15 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  6

"0:2dan so'ng ortga yo'l qolmagandi, g'alaba uchun 3ta gol urishimiz shart edi.". Qarshidagi o'yin qahramoni Ibrohimhalil Yo'ldoshevning fikrlari Yangiliklar

"0:2dan so'ng ortga yo'l qolmagandi, g'alaba uchun 3ta gol urishimiz shart edi.". Qarshidagi o'yin qahramoni Ibrohimhalil Yo'ldoshevning fikrlari

Piter Xyuistra murabbiyligidagi "Paxtakor" jamoasi Superliga birinchi turida safarda "Nasaf"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

"SHerlar"ning g'alaba goliga 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev mualliflik qildi. Qiziqarli kechgan dramatik o'yindan so'ng futbolchi saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Paxtakor" avval ham bunday qiyin vaziyatlardan chiqib ketib, "kambek"larni amalga oshirgan. G'alaba qozonishimizga ishongan edik. Birinchi va ikkinchi golni urib olganimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch va shasht yuqori darajaga chiqdi. 0:2dan so'ng ortga yo'l qolmagandi, g'alaba uchun 3ta gol urishimiz shart edi. "Nasaf" uchrashuv avvalidan tashabbusni qo'liga oldi. Birinchi bo'limning o'zida qulay vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Foydalanishga kelganda omad etishmadi. Sardor Rashidov penaltidan to'p kiritgach, jon-jahdimiz bilan hujumga o'tdik. 

Jamoamizda xarakter bor. Buni bosh murabbiyimiz ham o'yindan keyingi matbuot anjumanida takidlab o'tdi. Qiyin holatlardan qanday chiqib ketish ustida nazariy mashg'ulotlarda ish olib borilgandi. Biz buni maydonda isbotladik. 

Bundan avval "Nasaf" bilan Superkubokda ham to'qnash kelgan edik. Lekin bu ikki o'yin o'rtasida farq sezildi. Superkubok bitta o'yindan iborat edi. CHempionat esa uzoq davom etadi. Safarda, uyda o'ynaymiz. Raqib jamoa ishqibozlari kecha stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Futbol shunisi bilan zavqlidir", - deydi Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

 "Nasaf" va "Paxtakor" o'rtasidagi trillerdan GALEREYA

 Piter Xyuistra: "Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi"

 Superliga. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3. O'yin sharhi

"Paxtakor" Qarshida "kambek" amalga oshirdi

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика