Zlatan Ibragimovich MLSda qolishiga shama qildi
18 dek 2018 00:00
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich MLSda qolishiga shama qildi
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining tvitterdagi sahifasida o'ziga xos xabar qoldirdi.
37 yoshli shveciyalik afsona quyidagicha tvit qoldirgan:
"MLS, hali sen bilan qiladigan ishlarimni tugatganim yo'q", - deb yozadi Ibragimovich.
Avvalroq, Zlatan "Milan"ga qaytishi mumkin degan xabar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Zlatan Ibragimovich joriy mavsumda "Los-Anjeles Gelaksi" safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli pas berishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar