“Yuventus” yarim himoyachisi “Jenoa”ga o'tadi
08 jan 2019 08:50
Yangiliklar


“Yuventus” yarim himoyachisi “Jenoa”ga o'tadi
“Yuventus” yarim himoyachisi Stefano Sturaro faoliyatini “Jenoa”da davom ettirishga yaqin turibdi.
Jurnalist Romer Agresti malumotlariga ko'ra, “Jenoa” 25 yoshli futbolchini mavsum oxirida 10 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Sturaro “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yilda “Yuventus”ga kelgan. O'tgan mavsum esa u “Sporting”ga ijara asosida o'tgandi. Ammo jarohat sabab Lissabon klubi tarkibida bitta o'yinda ham maydonga tushmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar