So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Yangi mavsumdan Superliga uchrashuvlari teletranslyaciyasida yangicha ko'rinishdagi andozadan foydalaniladi Yangiliklar

Yangi mavsumdan Superliga uchrashuvlari teletranslyaciyasida yangicha ko'rinishdagi andozadan foydalaniladi

Teglar :  PFL Superliga
Yangi mavsumga qizg'in hozirlik olib borayotgan PFL milliy chempionatimiz uchrashuvlari ommabop va tomoshabopligini oshirish, Superliga brendini yanada ommalashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirish arafasida turibdi.

Ularning dastlabkilaridan biri yangi – 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari teletranslyaciyasi sifati va ko'rinishini yangi darajaga olib chiqish, uchrashuvlar televizor orqali efirga uzatilganda foydalaniladigan teleeffektlar hamohang va mutanosibligini taminlash orqali milliy chempionatimizning bir xil shakldagi hamda tanib olish oson bo'lgan teleeffektlardan iborat shablonini yaratishdir. Yani, milliy chempionat o'yinlari translyaciyasi boshlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Evropaning etakchi milliy birinchiliklarida bo'lgani kabi bir xil andoza asosida futbolchilarning harakat orqali chiqib kelishi ko'rinishida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va o'yin hisobi namoyish etiladigan teleeffektlar bir xil ko'rinishda bo'lishi ham ko'zda tutilgan.

SHu maqsadda bugun O'zPFL tomonidan yangi tashkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoshuting jarayoni bo'lib o'tdi. Bugun xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va AGMK jamoalari futbolchi va murabbiylari mavsumoldi fotosessiya va videoshuting jarayonimizni rasman ochib berishdi. Qolgan klublar ham mavjud ketma-ketlik asosida shu kunlarda foto va videoshutingda ishtirok etishadi. Navbatdagi mehmon – mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” jamoasi azolari bo'ladi.

Mazkur videoshuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali tanishtirilishi uchun olingan videolavhalar yakunda milliy chempionatimiz o'yinlarini teletranslyaciya qiluvchi Sport telekanaliga taqdim etiladi.

O'z o'rnida Professional futbol ligasining ushbu tashabbusini qo'llab-quvvatlayotgan Sport telekanali rahbariyatiga buning uchun minnatdorchilik izhor etamiz.


Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика