Xomyakov: "Internet va gazetalarda nima yozilayotganini o'qimayman"
06 iyu 2015 21:37
Yangiliklar

Xomyakov: "Internet va gazetalarda nima yozilayotganini o'qimayman"
"Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "SHo'rtan"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Har hafta o'ylaymizki, o'yinimiz yaxshilanmoqda, kuchaymoqdamiz. O'tgan hafta safarda "Dinamo"ni yutgandik. Afsuski, birinchi o'tkazib yuborgan golimiz, amalga oshirilmagan penalti bizga qarshi ishladi. Yana bir marotaba muxlislarimizni ranjitishga majbur bo'ldik.
Bizda penaltini tepadiganlar ko'p. Ulardan biri Zafar To'raev edi. U o'ziga ishongandi. Zarba berdi. Lekin...
Nazarimda, o'yin bo'yicha raqibga yutqazmadik.
Agar raqib ikki nafar hujumchi bilan o'ynasa biz uch himoyachi bilan o'ynaymiz. Agar raqib bir hujumchi bilan o'ynasa biz ikkita markaziy himoyachini o'ynatamiz. Ikkinchi bo'limda ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng raqiblar bir hujumchi bilan o'ynay boshlashdi. SHu sababli, SHaymanov oldinga chiqdi.
Vazifamiz, gol urib, himoyada tartibli o'ynash edi. Biroq, bunday havoda bu tarzda o'ynash oson bo'lgani yo'q. Futbolda bunday holat bo'lib turadi.
O'yinni kechroq boshlash? Albatta. Bu haqida o'ylab ko'rdik. Bu haqida yana o'ylab ko'ramiz. Soat 19:00da boshlash variantini ham ko'rib chiqamiz.
Asosiy etiborimizni o'yin sifatini kuchaytirishga qaratmoqdamiz. Bu ustida ishlayapmiz. Muxlislarni xursand qila olmaganimizdan afsusdamiz.
Eski futbolchilar ketganidan so'ng o'yinimizda ham o'zgarishlar yuz berdi.
Gazeta, internetda futbolchilarni yaxshi summaga sotganligimiz haqida yozilmoqda? Gazeta va internetda nima yozganliklarini o'qimayman. Tarkibimizni kuchaytirishga keladigan bo'lsak, hujumkor futbolchilarni olishimiz lozim.

Fikrlar