So’nggi yangiliklar

10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  10 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  3 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  7 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9

Vitaliy Levchenko: "Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.

"Bugun o'yin qiyin bo'lishini kutgandik. "Dinamo" 1-turda "Navbahor"ga yutqazgandi, raqib agressiv o'ynaydi deb o'ylagandik. Bizning vazifamiz emas bu bosimga dosh berish va qarshi hujumda gol urish edi. Bunga erishdik ham. Hozir biz uchun o'yin sifati emas natija muhim", - dedi Vitaliy Levchenko.

- "Neftchi" tarkibi juda ham yaxshi, natijalar ham yaxshilanmoqda. Farg'ona klubi nihoyat uzoq kutilgan chempionlikka erisha oladimi?

- "Neftchi" klubi oldiga doim katta vazifalar qo'yiladi. SHonli tarixga ega klubning katta natijalarini takrorlashga urinamiz.

- Effiong Nsungusi haqida nima deya olasiz?

- Uni uzoq vaqtdan buyon kuzatgandik. O'tgan yili ham unga qiziqqandik. Uning oldida ko'plab takliflar bor edi. Bir amallab uni ko'ndira oldik. Afsuski Turkiyadagi yig'inimizda ishtirok eta olmadi. Sababi negadir nigeriyaliklarga Turkiya vizasini berishmaydi. Ikki marta urindik, baribir viza berishmadi. Futbolchi O'zbekistonga uchib keldi va shartnoma tuzdik.

- "Navbahor" va "Paxtakor" o'yinlarini ko'rdingiz. Ular "Neftchi"dan kuchlimi?

- Bu mening ishim emas. Kim kuchliligini siz jurnalistlar aytishingiz kerak.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика