So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Umid Ahmadjonov: "Futbolchi kimdandir qo'rqsa, mana O'FAga murojaat qilsin" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Futbolchi kimdandir qo'rqsa, mana O'FAga murojaat qilsin"

O'FA qoshidagi qo'mitalar va nihoyat Aziz Turg'unboev masalasini yopdi.

Unga ko'ra, biryo'la 5 kishi futboldan malum muddatlarga chetlashtirildi. O'FA matbuot xizmati bu mavzu yuzasidan O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning fikrlari bilan qiziqdi.

"Aziz Turg'unboev masalasi o'z echimini topdi. Bu ishda bir emas, ikki qo'mita azolari mehnat qildi. Mojaroga aloqador deb gumon qilingan shaxslar birma-bir chaqirtirilib, so'roq qilindi. Bu esa gap nimada ekanini aniqlashga yordam berdi", — deb gap boshladi Ahmadjonov.

— Qo'mita azolari ish olib borayotgan vaqtda ular bilan ko'rishdingiz. Ularga nimalar dedingiz?
— Ish boshlangan vaqtda hamma bilan uchrashdim. Gap-so'zlar, murojaatlar, fikrlar xilma-xil bo'layotgani, ularga etibor bermay, nizomlarda belgilab qo'yilgani bo'yicha adolatli qaror chiqarishlarini so'radim. Yani, bu erda hech bir klubga yon bosish va kimnidir ayash shart emas edi. Har qanday holatda ham aybdorlar adolatli jazoga tortilsa, bu qolganlar uchun ham ogohlantiruvchi qo'ng'iroq bo'lardi.

— Bu erda futbolchiga berilgan jazo jiddiy emasmi? Milliy terma futbolchisining keyingi taqdiri haqida o'ylab ko'rildimi?
— Birinchidan, Aziz yosh bola emas. Kelajagi haqida avvalo o'zi o'ylashi shart. Ikkinchidan, u milliy terma azosi bo'ladimi yoki oddiy futbolchi — qonun-qoida hamma uchun bir. Uchinchidan, bunday holat mamlakat futbolida adashmasam birinchi bor bo'layotgani yo'q. Bungacha Ilhom Yunusov degan futbolchi ham ikki klub bilan shartnomaga imzo chekkani uchun 6 oyga chetlatilgan. Va to'rtinchidan, qanday bosim bo'lmasin, qanday ishontirishmasin, futbolchi o'z haqini talab qilishni o'rganishi kerak. Kimdandir qo'rqsa, mana O'FAga murojaat qilsin. Qaysidir futbolchining huquqlari poymol etilayotgan bo'lsa, uni himoya qilishga kuchimiz etadi.



— Ilhom Mo'minjonovning chetlatilishiga qanday qaraysiz?

— Men yanada jiddiyroq jazo berishlariga ham qarshi bo'lmasdim, aslida. Biroq komissiya shu qarorga kelgan bo'lsa, biz uni hurmat qilamiz. O'z klubi uchun borini berish o'rniga, uni talash, talon-taroj qilish haqida ko'proq o'ylaydigan kishilarga oramizda joy yo'q. U kim bo'lishidan qatiy nazar, kimningdir tuzini eb, tuzlug'iga tupurishi kerak emas. Bu hali hammasi emas, O'FA inspekciyasi boshqa masalalar yuzasidan ham tekshiruvlarni davom ettiradi. Agar kimdir totalizator yoki kelishilgan o'yinlarda ham ishtirok etgan bo'lsa, biryo'la butun umrga chetlashtirish masalasi ko'rib chiqiladi. Bu gap hammaga tegishli. Kim shunday ish qilgan, qachon qilgan, nimani istagan — ahamiyati yo'q, poezd ketib bo'ldi. Hamma qilmishiga yarasha jazosini olmasa, futbol shunday nopokliklar sabab tag-tomiridan chirib ketyapti. Ularni hoziroq to'xtatishimiz shart.

— Irismetov va Sarikov masalasida nima deysiz?

— Qo'mita ularni ham chetlashtirgan. Komissiya azolari buni izohlab berishdi. Masalan, har ikki klubni ham jarimaga tortish mumkin edi. Keyingi safar klublar o'z ishchilarini nazorat qilmasa, tiyib turmasa, ular ham jazodan chetda qolmaydi. CHunki har bir klub o'z xodimlari uchun javobgardir.

— Bu kabi ishlar bir-birining ketiga ulanib ketsa, ayni vaqtda futbolda faoliyat olib borayotgan bir qator nomlarga salbiy tasir ko'rsatishi mumkinmi?
— Bunisi endi bizni qiziqtirmaydi. Nafsi yo'lida futbol rivojini bir chetga surib qo'ygan odam xoh yulduz bo'lsin, xoh iqtidor egasi — birdek javob beradi. O'zbekiston iqtidorlarga to'la mamlakat, ularning o'rni bo'shab qolmaydi. Aslida mana shunday "bo'rilar"ning borligi sabab ham qator iqtidorlar oyoq ostida, etibordan chetda qolib ketyapti. Futbolni tozalashda davom etamiz, aybdorlarga shafqat qilinmaydi. Prezidentimizning o'zlari har sohada shunday siyosat olib boryaptilarmi, nega endi bu narsa futbolni chetlab o'tishi kerak? Futbol xalq uchun, biz ularni alday olmaymiz. SHu kabi ishlar girdobida qolgani uchun ham stadionlardan odamlarning qadami uzilgandi. Oson bo'lmaydi, sekin-sekinlik bilan muxlislarni qaytaramiz.

Reyting: +122   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика