06 sen 20:00

UEFA 11 sentyabr kuni "Vilyarreal" – "Barselona" o'yini qaerda o'tishi haqida qaror qabul qiladi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
UEFA tez orada La Liga 17-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni kelasi hafta Mayamida (AQSH) o'tkazish masalasidagi qarorini elon qiladi.

Bu haqda "Marca" malum qildi.

Manbaga ko'ra, mazkur masala tashkilot ijroiya qo'mitasining 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida ko'rib chiqiladi.

Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'yinni boshqa davlatda o'tkazishga qarshi chiqqandi. Uning takidlashicha, barcha milliy chempionat o'yinlari o'z mamlakatlarida o'tkazilishi kerak.

"Vilyarreal" – "Barselona" bahsi 2025 yilning 21 dekabriga belgilangan. U Mayamidagi "Xard Rok" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq kataloniyaliklar Mayamida tashkil etiladigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin ortidan 5 mln evro ishlab olishi malum qilingan edi. 

Manba : Marca
Bu xabar bilan bo'lishing:
  0 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+4
06/09 20:44
Madridist Real Blancos
Rayo Valekano bilan o'yinda VAR Yamalni penaltisi bo'lgan vaziyatda ishlamay qolganini boshqa saytlar yozyapti nimaga bu yerda chiqmadi umumam shu xabar La Liga tok o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan deb boshqa kompaniyani ayblab rasmiy bayonot ham berdi agar Realda shunday vaziyat bo'lganda hozir 150 marta shu mavzu haqida yozardinglar
+2
06/09 20:20
Xojakbar Xaitov
Нега Виллиреални майдони йукми Чемпионат уйинлари ташкарига чикиши керакмас Бу нарса Виллиреалга зарар булади
0
06/09 22:30
barselona7
Xojakbar Xaitov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нега Виллиреални майдони йукми Чемпионат уйинлари ташкарига чикиши керакмас Бу нарса Виллиреалга зарар булади
Бу Барселона томонидан чиққан ташаббус эмас. Бу Ла Лига раҳбари Тебес ўйлаб топган нарса.
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика