"Barselona" Mayamida tashkil etiladigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin ortidan 5 mln evro ishlab oladi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025, 19:56
"Barselona" Ispaniya chempionatining AQSHda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yindagi ishtiroki uchun qancha pul ishlab olishi ma'lum bo'ldi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 5-6 million evro atrofida daromadli bo'ladi. Shu bilan birga, "Vilyarreal" uchun uy uchrashuvini boshqa stadionga ko'chirish bo'yicha xarajatlari ortishi mumkinligi xabar qilingan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi klublarga ushbu o'yinni Amerikaning Mayami shahriga ko'chirishga ruxsat bergan edi. Ammo yakuniy qarorni UEFA qabul qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es