U-22 OCH tashkiliy qo'mitasi: Ummon OCH bahslarini yuqori saviyada o'tkazishga tayyor
26 dek 2013 12:53
Yangiliklar


U-22 OCH tashkiliy qo'mitasi: Ummon OCH bahslarini yuqori saviyada o'tkazishga tayyor
Ummon Futbol Federaciyasi prezidenti Holid Hamad Al Busaydi Ummon poytaxti Muskatda OAV hodimlari bilan uchrashuvda turnir yuqori saviyada o'tishi uchun tashkiliy qo'mita katta hajmdagi ishlarni amalaga oshirayotganini takidladi. Osiyo CHempionati final bosqichi o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdik. CHempionatni o'z uyimizda qabul qilishimiz biz uchun katta sharaf va katta masuliyat. Bizni ajoyib chempionat kutib turibdi, - deydi Ummon Futbol Federaciyasi prezidenti.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon Ibrohim Al-Halifa OFKning 64 kishidan iborat delegaciya azolari qatorida mazkur chempionat o'yinlariga tashrif buyuradi. Ummonda start oladigan Osiyo CHempionati bahslari OFK uchun ham muhim turnir. OFK hamda qator Futbol Federaciyalari rahbarlari mazkur chempionat o'yinlariga tashrif buyurishi kutilmoqda, - deydi OFK prezidenti SHayx Salmon Ibrohim Al-Halifa.
Ummondagi Osiyo chempionati o'yinlari Muskatdagi Sulton Qobus, Bashir, Ummon Qirolligi Policiyasiga qarashli sport majmualarida va Vatayyya hamda Sib sport komplekslariga qarashli stadionlarda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, turnirda SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. Maqsudov shogirdlari musobaqaning D guruhida Xitoy, Saudiya Arabistoni hamda Iroq U-22 yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar. Mazkur guruh o'yinlari Muskatdagi Sib sport kompleksiga qarashli stadionlarda bo'lib o'tadi.
U-22 Osiyo CHempionati. 11-26 yanvar. Muskat. (Ummon)
D guruhi.
1-tur. 12 yanvar.
O'zbekiston - Xitoy
Iroq - Saudiya Arabistoni
2-tur. 14 yanvar
Xitoy - Saudiya Arabistoni
Iroq - O'zbekiston
Iroq - Xitoy
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

Fikrlar