So’nggi yangiliklar

21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  0 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  5 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   3 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  3 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  12 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  48 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  12 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4

Timur Kapadze va Azizbek Turg'unboev ishtirok etgan matbuot anjumanida qanday fikrlar yangradi? (To'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze va Azizbek Turg'unboev ishtirok etgan matbuot anjumanida qanday fikrlar yangradi? (To'liq matbuot anjumani)

CAFA turniri oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoamiz azosi Azizbek Turg'unboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze: Musobaqa ertadan boshlanadi. Hamma tayyor. Hech qanday jarohatlar yo'q. Legionerlar kelishmoqda. Menimcha, bu turnir foydali turnir, ko'p o'yin bo'ladi. Bu ko'plab futbolchilarni ko'rib olishga yordam beradi.

Aziz Turg'unboev: Jamoamiz yaxshi kayfiyatda yig'ildi. Hammaning sog'lig'i joyida. Mashg'ulotlar yaxshi o'tmoqda. O'yinga tayyorgalik yaxshi bo'lmoqda. Bu turnir biz uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman.

- Paulu Bentuning kelishi haqida fikringiz?

Biz mashg'ulotdamiz. Ko'rdik, murabbiy kelganini. Kelishuv bo'lgani haqida xabarimiz yo'q. Bu terma jamoa biz uchun eng yaxshisi bo'lishini tilaymiz. Xayrli bo'lsin. Bu jamoani kim boshqarishidan qatiy nazar O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamiz. Men haqimda iliq fikrlar bildirganlarga minnatdorlik bildiraman. Barchaga rahmat aytaman.

Rahbariyat ham tajribali va JCHni ko'rgan mutaxassisni olib kelish niyatida. O'ylaymanki, bu balki yaxshilikka. Biz ham doim vatanimiz termasi uchun yordam beramiz. 

Rahbariyat qanday qaror qabul qilsa, biz buni qo'llab turamiz. Biz murabbiyga emas, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Birinchi marta JCHga chiqdik. Vaqt oz qoldi va biz bu turnirga yaxshi holatda borishimiz lozim. Kim bo'lishidan qati nazar biz terma jamoaga foydamiz tegsa, xursand bo'lamiz. 

Terma jamoa uchun harakat qilish – sharaf. Biz bu libos uchun munosib bo'lishga harakat qilamiz. 

Xudoga shukrki, menga berilgan vazifani bajardim. 34 yillik orzuni amalga oshirdik. Bundan barcha xursand bo'ldi. Qolgani barchasi yaxshilikka bo'ladi. Ko'ryapsizlar, so'nggi  yillarda yurtboshimiz tomonidan futbolni rivojlantirish uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajagimiz bundan-da yaxshi bo'ladi. 

Biz o'z ustimizda ishlaymiz. Yanada kuchli bo'lishga harakat qilamiz. O'sha gap, terma jamoamiz yaxshi natijalarga erishishini tilab qolamiz. Biz bundan faqatgina xursand bo'lamiz

- Tarkibda yo'qotishlar ko'p. Bir qator futbolchilarimizda jarohatlar bor, bir nechtasi esa hali kelmadi. Bu bir tomondan yangi futbolchilarni ko'rib olish uchun yaxshi bo'lsa, ikkinchi tomondan natijaga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin. Bu haqda fikringiz?

Terma jamoada doim qiyinchilik bor. Chunki kimnidir jamoasi bugun o'ynaydi, kimnidir jamoasi esa ertaga o'ynaydi. Biz 26 avgust kuni yig'ildik. "Paxtakor" futbolchilari esa ertasiga o'ynadi. Xohlaymizmi-yo'qmi futbolchi 2 kun ichida tiklanishi lozim bo'ladi. Yani ular endi bugun to'liq mashg'ulotlarda ishtirok etadi. Bunday vaziyatda har bir terma jamoa ustoziga qiyinchilik tug'diradi. Biroq biz bunga ko'nikkanmiz. Ertangi o'yinga optimal holatda tushishga harakat qilamiz. 

Masharipov va Ashurmatov katta yo'qotish. Ularga sog'liq tilayman. Keyingi yig'inlarda terma jamoaga qo'shilishadi. Qolgan legionerlarda hali ham tur o'yinlari bo'lmoqda. Biz to'liq tarkibda 2 sentyabrga kelib mashg'ulot olib boramiz. 

Ammo bu boshqa futbolchilarga imkoniyat. Ularda 2 ta uchrashuv bor. Kecha Hamrobekov va Yusupov keldi. Nima bo'lgan taqdirda ham ertaga yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Karlush Keyrush haqida nimalar deya olasiz? Uning boshchiligidagi Eronga qarshi bir nechta uchrashuvda ishtirok etgansiz. Hozirda esa O'mon termasini boshqarmoqda. Keyrushning O'monidan qanday qarshilik kutmoqdasiz?

- Har doim har bir jamoaga yangi murabbiy kelsa, unga qarshi o'ynash qiyinroq bo'ladi. Uning o'yin uslubi haqida malumotlar kamayib ketadi. O'monning avvalgi o'yinlarini ko'rdik. Avvalgi murabbiy boshqa uslubda harakat qilgandi. Keyrushning jamoasi esa umuman boshqa taktikadan foydalanmoqda. Tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'ylaymanki, yaxshi bo'ladi. Bunday turnirlar shuning uchun ham kerak. Yangi taktikalar, yangi futbolchilarni ko'rib olish uchun yaxshi turnir. Keyrush ancha tarjibali murabbiy. Lekin bu futbol. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Barchasini o'yinda ko'ramiz.

- Aziz Turg'unboevga savol. Ertaga O'zbekiston MTJ yangi stadionda o'ynaydi. Muxlislarga qandaydir chorlovlar bormi?

- Albatta, bizni qo'llab-quvvatlashga muxlislarni chorlab qolamiz. CAFA turniri – futbol bayrami. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Hammani stadionga chorlab qolamiz.

- CAFA'da g'alaba qozonib, terma jamoani topshirish sizga qanchalik tasir qiladi?

- Ketish-ketmasligini hali vaqt ko'rsatadi. Terma jamoa meniki, men bu erda bo'lishim kerak degan gap bo'lishi kerak emas. Terma jamoa doim men uchun barcha jamoalardan ustun bo'lgan. Bu – nasib narsa. Har doim aytaman-ku, men terma jamoa uchun faqatgina yaxshilik tilayman. Qanday yordam kerak bo'lsa, doim tayyor turaman. Chempion bo'lishga harakat qilamiz. Har doim har bir uchrashuvda maksimal harakat qilamiz. Kim bo'lishidan qati nazar vatan jamoasini muvaffaqiyatga olib borishini istayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
29 avg 19:55:47
Туйгун
Машарипов хеч канакасига катта йукотишмас Темур агар сани фиркингча Машарипов йукотиш булса Сан термани мурабийимассан
+4   
29 avg 13:12:03
Deniz Arslanov
Бу турнирга 1хбет ҳомийлик қиладими? Бошқа ҳомий топилмадими?
+3   
29 avg 13:39:59
Husan Shah
Бу турнирда легионерларсиз ўзимизни чемпионатда ўйнаетган иқтидорли еш ўйинчиларни ўйнатсин, нима кераги бор легионерларни ва қарияларни жалб қилиб? Бу турнир хеч нима бермайди, фақат еш ўйинчиларни топишда ердам беради! Ўзбекистон бу турнирда чемпион бўлмаса ҳам майли, иқтидорли ешларни порлашида ердам берса шуни ўзи етади!
Ўмон термаси ҳам легионерларсиз еш ўйинчиларини олиб келибди. Кападзе легионерларни жалб қилиб, термани бошқаришни жуда хохлаяпти шекилли:)
+2   
29 avg 13:12:02
Deniz Arslanov
Бу турнирга 1хбет ҳомийлик қиладими? Бошқа ҳомий топилмадими?
+2   
29 avg 12:41:43
dilmurod sport
Копадзе мужик. Лекин уни орқасидан кир қидираетганлар ҳам кам эмас экан
+2   
29 avg 12:34:02
Камол Вкккек
Bu turnirda Temur ishlidimi? Bentu ishlasa yaxshidi, o'yinchilani o'rganish tezlashardi
+1   
30 avg 00:34:58
TOMJIQ_OLOT
Кападзени шахсиятини ҳурмат қилган ҳолда, шуни айтаманки Паулу Бенту билан Темур Кападзени таққослаш тўғри эмас. Тан олиш керак, учта терма жамоа билан ишлаган ва иккитаси билан ЖЧда иштирок этаган жуда тажрибали мураббий Бенту. ЖЧ йўлланмаси учун Катанецга, Кападзега катта раҳмат.
+1   
30 avg 00:01:10
G'ulom Murodovich
Bechora ketishi aniq bo'lipti. Ketgani yqxshi. Tanqidlar qutuladi
+1   
29 avg 15:45:12
uzbuzb
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир тийинга киммат пикр
Қалайсан Ҳақиқий КОТ
+1   
29 avg 14:30:27
Абдугаффор . N
Husan Shah foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу турнирда легионерларсиз ўзимизни чемпионатда ўйнаетган иқтидорли еш ўйинчиларни ўйнатсин, нима кераги бор легионерларни ва қарияларни жалб қилиб? Бу турнир хеч нима бермайди, фақат еш ўйинчиларни топишда ердам беради! Ўзбекистон бу турнирда чемпион бўлмаса ҳам майли, иқтидорли ешларни порлашида ердам берса шуни ўзи етади! Ўмон термаси ҳам легионерларсиз еш ўйинчиларини олиб келибди. Кападзе легионерларни жалб қилиб, термани бошқаришни жуда хохлаяпти шекилли:)
Вакт Оз коляпти . Асосий таркиб билан катнашкани макулрок шекили. Янаям шаклланади. Шунака деб уйлайман.
+1   
29 avg 13:52:18
Husan Shah
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир тийинга киммат пикр
Қимматбаҳо фикризни биз билан улашинг, тўғри қабул қиламиз
   
30 avg 19:14:14
Илхом Шомуродов
Туйгун foydalanuvchining fikriga javob berish
Машарипов хеч канакасига катта йукотишмас Темур агар сани фиркингча Машарипов йукотиш булса Сан термани мурабийимассан
Изоҳиз ўзизга кулгили туйилмаяптими? Жалолиддин фойдали ўйинчи ва Темур айни пайтда Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!!! Сиз билан биздан фарқли ўлароқ.
   
30 avg 07:46:00
Vatandoshingiz
Жч га олиб чикган мураббийни урнига Жч дан кувилган мураббийни олиб келиш тутриксизлик еки коррупция бор
   
30 avg 07:43:13
Vatandoshingiz
КАПАДЗЕНИ ЗАХАРЛАШГА УЛГУРИШИБДИ айни дамда куллаб кувватлаш урнига уни захарлаб юрибмиз!Эх узбек
   
29 avg 23:07:43
Orazdurdy Baylarow
Salom Hammaga oyinlarinni kaysi Tv KANALLARDA QORSATAR EKANLAR BILASIZLARMI ERON OYININI KORSATISMADILAR
championat.asia
Яндекс.Метрика